Ilon Musk masofadan ishlashni bekor qildi, chunki u “Uydan ishlash yaxshi natija bermaydi” deydi

Ilon Musk

Musk “24/7” ish madaniyatini joriy qilmoqchi.

Agar masofaviy ish odamlar uchun yechim bo’lsa, nega ko’p texnologiya kompaniyalari xodimlarni ishdan bo’shatishmoqda?

Deyarli barcha texnologiya kompaniyalari iqtisodiy holatdan kelib chiqib, o’z ishchi kuchlari hajmini qayta ko’rib chiqmoqdalar, aksariyat hollarda ishga yollash to’xtatilmoqda va 1000dan ortiq xodimlar ishdan bo’shatilmoqda.

Ilon Musk Twitter platformashini sotib olgach ishchilarning yarmini ishdan bo’shatdi, qolgan yarmini ofisga kelib ishlashini ta’kidlab o’tdi: “Musk kompaniyaning mavjud siyosatini o’zgartirdi va Twitter xodimlaridan hisobot berishni so’radi”.

Masofadan ishlashni afzal ko’rgan ishchilarning ko’pchiligi uzoqda yashaganliklari tufayli ofisga kelib ishlashni imkonsiz deb hisoblaydilar. Masofadan turib ishlashga ruxsat bergan ko’pgina texnologiya kompaniyasi rahbarlari ishchilarni bir qismini ishdan bo’shatishga qaror qildi.

Ishga boring yoki uyda qoling.

Musk masofadan ishlashga butkul qarshi emas, hodimlarning ofisda kamida 40 soat ishlashingizni xohlaydi, undan so’ng ular o’z xohishlari bilan uylarida yana 40 soat ishlashlari mumkin.

Musk o’zining yangi sotib olingan Twitter kompaniyasi uchun nima yaxshi ekanini bilmaydi deb ayta olmaysiz. Musk SpaceX va Teslada ham xuddi shunday yondashuvdan foydalangan. U ushbu kompaniyalardagi xodimlariga “Sizdan haftasiga kamida 40 soat ofisda bo’lishingiz talab qilinadi” der edi. Buni qilmaganlar ishdan bo’shatilgan. Bu yondashuv unga ikkita foydali kompaniyani saqlab qolishga yordam bergan.

Musk odamlar masofadan samarali ishlashlariga ishonmaydi, ammo ular ofisda 40 soat ishlagandan keyin masofaviy ishlashlari mumkin deydi.

Ilon Musk ish uchun haftasiga juda ko’p vaqt sarflaydi.

Ilon Musk o’z ishiga juda ko’p vaqt sarflaydi, mashhur kompaniya haftasiga 120 soatdan ortiq ishlaydi va asoschilar haftasiga 80 dan ortiq soat ishlashlari kerakligi haqida o’z fikrini aytib o’tgan.

U o’zining haddan tashqari sadoqatini va o’z ishiga sodiqligini himoya qilishini ta’kidlab: “Agar men Tesla kompaniyasida haftasiga 120 soat ishlamaganimda, xodimlar haftasiga 100 soat ishlagan taqdirda ham, Tesla bunday muvaffaqiyatga erishmagan bo’lar edi” deydi.

Shunday qilib, Muskning masofaviy ishlashga nisbatan pozitsiyasini tanqid qilishdan oldin uning muvaffaqiyatli biznes rekordlarini ko’rib o’rganib chiqish kerak. Shu bilan birga boshqa kompaniyalar unga qanday qarshi turgan kompaniyalar ham bo’ldi. Misol uchun, Salesforce bosh operatsion direktori Mark Benioffning ta’kidlashicha, uning ish joylarini qisqartirish bo’yicha aniq rejasi bor va u xodimlarning masofadan turib ishlashiga qarshi emas.

Shunday qilib, foyda va zarar hisobotlarini o’rganib chiqqandan so’ng ko’plab bosh direktorlar Ilon Musk bilan bir fikrda. Masalan, Netflix bosh direktori Rid Xastings: masofadan ishlashning hech qanday ijobiy tomonlarini ko’rmaganligini aytib, Hastings Wall Street Journalga shunday intervyu bergan edi: xalqaro miqyosda uchrasha olmaslik – bu kompaniya rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Twitterning eski bosh direktori Parag Agraval o‘z xodimlariga uydan ishlashga ruxsat bergan edi, Twitter kuniga 4 million dollar yo‘qotdi, shuning uchun unumdorlik haqida gapirishni bas qiling deydi.

Ko’pgina kompaniyalar uchun masofadan ishlash kompaniyaning tezroq rivojlanishga to’sqinlik qiladi. Apple kompaniyasi odamlarga uyda faqat ikki kun ishlashga ruxsat beradi. Agar xodimlar ish joyiga hisobotni  bermasa, Tim Kuk kompaniyani boshqarishni tasavvur ham qila olmaydi.

Apple kompaniyasini bosh direktori Tim Kuk o‘z jamoasiga ishga qaytishlarini aytib o’tdi: “Umid qilamanki, hamma o‘zini men kabi izlanishda ijod qilishda olg’a qadam tashlaydi. Hamkasblaringiz bilan yaqin haftalarda shaxsan uchrashishni intiqlik bilan kutyapsiz degan umitdaman”.

Kompaniya direktori Kuk dushanba, seshanba, payshanba kunlari ofisda bo’lib odamlarni chorshanba va juma kunlari “moslashuvchan” ishlashlarini xohlashini tushuntirdi. Albatta, ba’zi xodimlar buni tushunishlari qiyin bo’lmoqda, lekin Kuk bunga ahamiyat bermay kompaniyasini yaxshiroq rivojlanishi uchun ishlashda davom etmoqda.

Masofadan ishlash innovatsiyalar uchun o’rtacha holatdir.

Jeyms Dimon – amerikalik milliarder biznesmen va JP Morgan Chase bosh direktori ham masofaviy ishda hech qanday manfaat ko’rmasligini ta’kidladi.

Dimon bir guruh biznes egalariga masofadan ishlash hamma uchun ham ish bermasligini, ayniqsa kompaniyasini xalqaro miqyosda rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun masofaviy ishlash to’gri kelmasligini aytdi.

Men kuzatib boradigan ko’pincha bosh direktorlar, xodimlari bilan aloqalarini masofaviy qilish, ishda sog’lom madaniyatni saqlab qolishiga ishonmaydilar. Ba’zilari texnologiyalar bir-birimiz bilan samarali muloqot qilishimizga imkon beradi deb aytadi. Men sizga shuni aytamanki: “Raqamli aloqalarni haqiqiy munosabatlar bilan chalkashtirib yuborishmang. Hech qanday texnologiya sizni xodimlar bilan haqiqiy suhbatingiz o’rnini bosa olmaydi. Agar siz bilan ishlaydigan odamlar sizni qiziqtirmasa, boshqa ish topish vaqti keldi”.

Hamkasblari bilan bir joyda bo’lib ishlash kompaniyaning innovatsion va daromadli bo’lishiga imkon yaratadi.

Ostindagi Texas universitetining psixologiya va marketing professori Art Markman ham shunday fikrda. “Nima uchun ofisga qaytib ishlashingiz kerak” nomli maqolada u boshqalarning ishini kuzatish, ofisdagi hodimlar qanday ishlashini ko’rish, kompaniyaga muvaffaqqiyat olib kelishi mumkinligini tushuntiradi.

Markman shunday deydi: “Boshqa odamlarning harakatlarini kuzatganingizda, siz ularning ishlash jarayonini o’rganasiz. Umumiy vazifaga intilayotgan bir guruh odamlar atrofida bo’lish ish joyidagi har bir kishida bu maqsadni kuchaytiradi.”

Xodimlar 100% masofadan turib ishlayotgan bo’lsa, o’zaro bilim va tajriba almashish qiyinroq bo’ladi. Ofisda hamkasblar bilan vaqt o’tkazishning yana bir afzalligi shundaki, siz bunda vazifangizni jamoa bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Ammo, agar siz o’zingizni jamoaga tegishli deb his qilmasangiz, ishingizdan voz keching. Siz yaxshirog’iga loyiqsiz.

Shunday qilib, o’z xodimlarini ofisga qaytib oflaynga kelishlarini so’ragan bosh direktorlardan nafratlanish o’rniga, ularning vaziyatlarini, kompaniyaning taqdirini tushunishga harakat qiling.

Mavzuga oid maqolalar