Dasturlash uchun qanday Noutbook olish kerak?

Assalomu alaykum! Dasturchi uchun asosiy ish qurollari bu bilim va texnika.

Ko’pchilikni dasturlashda qanday noutbook ishlatish kerak degan savol qiynaydi.

Siz ushbu maqolada qaysi yo’nalish uchun qanday noutbook yoki kampyuter kerakligini bilib olasiz.

Dasturlash uchun noutbook tanlayotganingizda 3ta asosiy narsaga ahamiyat berishingizni tavsiya etamiz:

  • Markaziy protsessor;
  • tezkor xotira;
  • SSD nvme turidagi asosiy xotira.

CPU ya’ni protsessor o’z nomi bilan jarayon, amalyot olib boruvchi degan ma’noni bildiradi. Texnikadagi amallarning tezligi CPU ga bog’liq. CPU larning ham turlari ko’p bo’lib, Intel hamda AMD mashhur kompaniyalarning protsessorlari bugungi kunda juda ommalashgan.

Ammo Dasturlash uchun Intel protsessorlaridan foydalangan ma’qul.

Intel protsessorlarining Core (protsessor toshi yoki ishni bajarishdagi darajasi) larning turlari bor.

Misol uchun hozirgi kunda Core I3, I5, I7, I9 lar mavjud.

Dasturlash uchun I3, I5, I7 turdagi protsessorlar yetarli bo’ladi.

Ko’pchilik core i3 protsessorlari core i5 dan eskiroq deb o’ylashadi. Yo’q ushbu raqamlar faqatgina amallar oqimi bilan farq qiladi.

Protsessorni tanlayotganda chastotasi hamda nechinchi avlodda ekanligiga ham e’tibor bering.


Keyingi e’tibor qaratish kerak bo’lgan narsa bu RAM, ya’ni tezkor (vaqtinchalik) xotira.

Dasturchi ishlatadigan kerakli dasturlarning ishlashi uchun 4GB RAM yetarli bo’ladi, lekin RAM qancha katta bo’lsa – shuncha yaxshi. Ammo RAM katta bo’lgani bilan CPU kuchsiz bo’lsa RAM ning foydasi yo’q.

Keyingi e’tibor berilishi lozim bo’lgan narsa bu – noutbookning hajmi, ekranining dyumi.

Noutbook hajmi iloji boricha ihcham bo’lishi lozim. Katta noutbooklar og’ir va noqulay. Men, odatda, noutbookimni o’zim bilan olib yuraman va bu ko’pincha qo’l keladi.

Sababi tushlik vaqtida kafeda yoki boshqa joyda ishlaganingizda katta noutbook bilan ishlash noqulaylik tug’diradi.

Displayga keladigan bo’lsak, ekran ramkasi qanchalik kichik bo’lsa, noutbookning sifati shunchalik yaxshi bo’ladi.

Back-end dasturlash uchun CPU: Core i3, 2.20 GHz chastota, RAM: 4gb, SSD: 256gb parametrlarga ega noutbook yaxshi.

Lekin siz Game-dev yoki dizaynerlikni tanlagan bo’lsangiz kuchliroq kampyuter olishingizga to’g’ri keladi.

Yana bir gap, agarda siz macOS uchun dastur yozsangiz yoki iPhone smartfonlari uchun dastur yozsangiz sizga faqat Apple kompaniyasi mahsulotlaridan (macbook, iMac, …) foydalanishingiz lozim.

Imkon qadar macbook olgan ma’qul, sababi macbooklar istalgan soha uchun ishlatishga moslashtirilgan, dasturchilar uchun ham qulay noutbook deyishga arziydi.

Yuqorida keltirilgan parametrli kampyuterlar hozirgi kunda 5 000 000 so’mga to’g’ri kelmoqda.

Sizga HP, DELL, Acer, Asus, Lenovo kabi brendlar mahsulotlarini dasturlash sohasida foydalanish uchun xarid qilishingizni maslahat bergan bo’lar edik.

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzatib boring Texnokun.uz.

Mavzuga oid maqolalar