Biz ba’zan kopirayterlik strategiyalari va kontent marketingi bir xil jarayon deb o’ylaymiz. Ammo ular bir xil emas – ular bir-birini to’ldiradi va shuningdek, alohida aniq maqsadlarga xizmat qiladi.
Hozirda kontentlar hamma narsani qila oladi. Ularning asosiy maqsadlaridan biri qandaydir mahsulotlarni sotish bo’ladi. Xoh u moddiy mahsulot bo’lsin, xoh ma’naviy. Kuchli kontent seriyasi tomoshabinlarni jalb qiladi, ularning doimiy e’tiborini tortadi, ularning muammolarini hal qilish qobiliyatingiz borligini namoyish etadi va yakunida xarid uchun yo’l ochadi.
O’z ishining ustalaridan kopirayterlik strategiyalari
Kontent marketingi reklama sohasidagi yangi ajoyib yo’nalish bo’ldi desak adashmaymiz. Veb-saytlar bizga nisbatan cheklangan resurslar bilan ko’p narsalarni bajarish uchun kontentdan foydalanish imkonini beradi. Ammo haqiqatan ham aqlli kontent sotuvchilari o’zlarining kopirayter “aka-uka va opa-singillari”dan o’g’irlashni yetarli darajada bilishadi. Chunki siz kopirayter bo’lishni o’rganganingizda, ishontirishning eski, ammo sinalgan usullari kontentingizni yaxshiroq ishlatishga yordam beradi. Quyida siz 7 ta kopirayterlik strategiyalari bilan tanishasiz.
#1: Sarlavhalar, sarlavhalar, sarlavhalar
Kopirayterlar birinchi navbatda shuni bilishi lozimki, agar sarlavha zaif bo’lsa, reklama hech qachon o’qilmasligi mumkin. Sizning kontentingiz uchun ham xuddi shunday. Hatto eng yaxshi kontentga ham noaniq sarlavha qo’ysangiz, u hech qachon ochib o’qilmasligiga guvoh bo’lasiz. Agar sizda katta o’lchamdagi auditoriya bo’lsa ham, siz baribir ularni har kuni sizga e’tibor berishni davom ettirishga ko’ndirishingiz kerak. Ajoyib sarlavhalar esa bunda yordam beradi.
# 2: Haddan ziyod aqlli bo’lishni bas qiling
So’z o’yinlari, hazillar va lingvistik o’yinlar yozuvchining zavqi hisoblanadi va siz aynan shuning uchun ham yozuvchi bo’lishni xohlaysiz. Ammo ba’zan ular sizning tinglovchilaringizga zavq keltirmasligi mumkin. Yozuvchilik yaxshi narsa. Til haqida ehtiyotkorlik bilan o’ylash uni yanada aniqroq hamda kuchliroq qiladi va bu aynan siz xohlagan narsadir. Ammo buyuk kopirayterlar aqllilik qilish ko’pincha tomoshabinlarni chalkashtirib yuborishini yaxshi bilishadi.
#3: Ulkan g’oyangiz atrofida kopirayterlik strategiyangizni ishlab chiqing
Kontent yozuvchisi sifatida siz shunchaki savollarga javob beradigan quruq, faktik ma’lumotlarning cheksiz sahifalarini yozmayapsiz (umid qilamizki). Siz o’quvchilaringizni qiziqtiradigan va ularga nimadir o’rgatadigan ma’lumotlarni nashr qilyapsiz va siz buni o’zingizning ulkan g’oyangiz doirasida qilyapsiz. Dizayn, moda yoki ota-onalik haqida blog yuritadigan odatiy yozuvchi bo’lmang. Kontentingizni jozibali, o’ta maxsus nooadatiy g’oya bilan tuzing.
# 4: Tadqiqotlar qiling
“Eng yaxshi kopirayterlar eng yaxshi tadqiqotchilardir. Ular konchilarga o’xshaydilar: qimmatbaho rudalarni vagonni to’ldirguncha qazishadi, burg’ulashadi, dinamit qilishadi va zichlaydilar. Jon Kapls menga foydalanishim mumkin bo’lganidan yetti marta ko’proq qiziqarli ma’lumot to’plashni maslahat bergan.” – deydi afsonaviy kopirayter Gari Benchivenga. Agar siz qanday qilib yaxshi blog postini yozishni bilsangiz, bu siz mavzuingizni yaxshiroq tushunishingizni anglatadi. Chuqurroq izlaning. Mavzuingizdagi hamma o’qiydigan “katta bloglar”dan tashqariga chiqing – kamdan-kam uchraydigan, tushunarsiz manbalarga o’ting, ayniqsa ular oddiy o’quvchi uchun chaynash va tushunish qiyin bo’lsa. Siz ularni kuzatuvchilaringizga eng oson yo’llar bilan yetkazishga harakat qiling.
#5: Odamlar aynan nimani o’qishni istayotganini aniqlang
Mashhur kopirayter daho Gari Xalbert o’z shogirdlariga muvaffaqiyatli restoranning kaliti joylashuv, ajoyib taom yoki arzon narxlarda emasligini aytishni yaxshi ko’rardi – bu sizning restoraningiz taklif qilayotgan taomlariga muhtoj va uni yeyishni xohlaydigan och olomonning mavjudligidadir. Har qanday biznes uchun ham xuddi shunday. “To’g’ridan-to’g’ri marketing haqida gap ketganda, siz rivojlantirishingiz mumkin bo’lgan eng foydali odat – bu ma’lum bir mahsulot uchun “och” odamlar guruhlarini (bozorlarni) qidirib topish odatidir.” – deydi Gari Xalbert. Shunday ekan siz ehtiyojlardan kelib chiqqan holda o’z kontentingizni yarating.
#6. Qayerga ketayotganingizni biling
Siz aynan nima uchun yozayotganingizni bilishingiz kerak. Sizda qandaydir rejalashtirilgan aniq maqsad bo’lishi kerak. Agar siz bunday xatti-harakatga ega bo’lsangiz, siz g’alaba qozonasiz. Kopirayterlik strategiyalaringiz auditoriyangizni kengaytirishga, bozorlardagi bo’lajak mahsulot haqida ma’lumot berishga yordam berishi mumkin.
# 7: Zerikarli bo’lmang
“Haqiqatni ayt, lekin haqiqatni maftunkor qil. Bilasizmi, odamlarni mahsulotingizni sotib olishdan zeriktira olmaysiz. Siz ularni faqat uni sotib olishga qiziqtirishingiz mumkin”. – Devid Ogilvi. Biz Devid Ogilvining muxlislarimiz, D.O. ta’limga asoslangan marketing bo’yicha uzoq vaqt chempion bo’lgan. Ammo u buni amalga oshirish uchun bu ta’limni qiziqarli qilish kerakligini juda yaxshi bilardi. Siz kontent yaratayotgangizda uni odamalarga qiziqarli ham qilishingiz kerak.
Foydalanilgan manba:
Eng ko’p o’qilgan maqolalar