“Qaysi Dasturlash tilini tanlasam ekan?” 9ta taniqli dasturlash tili.

Assalomu alaykum!

Siz dasturchi bo’lmoqchisiz, lekin qaysi dasturlash tilidan boshlashni bilmayabsizmi.
Men sizga bu tanlovda yordam berishim mumkin. Dasturlashni o’rganishda eng asosiysi dasturlashning asosini o’rganishdir.

Sizga aytsam bir dasturlash tilida bajarilgan ishni boshqasida qilsqa bo’ladi.Chunki barchasining asosi bir va faqatgina sintaksis bilan farq qiladi. Shunday bo’lsada har bir dasturlash tilining o’z yo’nalishi bor.

Sizlarga ma’lum bir yo’nalishlarda ishlatilinadigan dasturlash tillari haqida ma’lumot bersam.

C — Ushbu dasturlash tili asosan operatsion tizimlarni yaratishda yoki biron bir yangi dasturlash tilini yaratish uchun va dasturda tezlik juda katta rol o’ynaganda ishlatiladi. Dasturlashni endi boshlaganlar o’rganishi juda qiyin bo’ladi.

C# — Juda kuchli dasturlash tili. Sintaksis jihatdan Javaga juda o’xshaydi. C#da yozilgan dasturlar faqatgina Microsoft sistemalaridagina ishlaydi.


C++ — dasturlash tili orqali siz Kampyuter, AndroidArduino uchun dastur yozsa bo’ladi.


Swift —Iphone smartfonlari uchun dasturlar yozish uchun ishlatilinadi.

Go — 1970-yillarda Google tomonidan yaratilgan dasturlash tili bo’lib, u C ning o’rnini bosishi kerak edi. Ammo u hali juda yosh dasturlash tili va shuning uchun hali hech kim C dan voz kechib Go ga o’tgani yo’q.


Java — Juda ajoyib til. Java yaratilgan davrida juda mashhur bo’lgan. Lekin Android sistemasi ishlab chiqilgandan so’ng yanada mashhur bo’ldi. Sababi, Android dasturlar ham aynan Javada yaratilar edi.

Python — C++ dasturlash tili ustiga qurilgan dasturlash tili bo’lib, u ham OYD(obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili).

U yordamida turli xil dasturlarni yaratish mumkin va o’rganish uchun juda oson. Asosan matematik masalalar , sun’iy ong, serverlar bilan ishlaganda ishlatiladi. Juda ko’p kutubxonalari va frameworklari mavjud. Boshqa tillarga qaraganda bir necha soniyaga sekinroq ishlaydi.


Php — Asosan Web saytlar yaratish uchun ishlatiladi.

JavascriptJava bilan faqatgina nomi bilan o’xshash dasturlash tili. Dastlab faqat “Front-end” uchun mo’ljallangan bo’lsada, hozirda barcha platformalar uchundastur yozishda qo’llaniluvchi haqiqiy dasturlash tili hisoblanadi. O’rganish uchun qiyin til emas.

Dasturlash asoslarini o’rganish uchun sodda sintaksisga ega dasturlash tillaridan boshlashni tavsiya etaman. Misol sifatida Python dasturlash tilini olishimiz mumkin.

Juda ko’p platformalarda ishlay olishi tufayli juda mashhur til. O’zim ham dasturlash asoslarini Pythonda o’rganganman.

Misol tariqasida “Hello world” so’zini chop etish uchun boshqa tillarda va pythonda necha qator kod kerakligini ko’rib chiqamiz

C dasturlash tilidagi “Hello world”:

#include <stdio.h>
 
int main() {
    printf("Hello World!\n");
}
C

Java dasturlash tilida “Hello world”

public class Hello {
    public static void main(String[] args) {
        System.out.println("Hello World!");
    }
}
Java

Python dasturlash tilida “Hello world”

print('Hello World!')
Java

Python juda ko’p sohalarda, jumladan hozirgi kunda “Telegram bot”, “Web sayt (back-end)”, “Sun’iy ong”, “Neyron tarmoqlar” kabi yo’nalishlarda yetakchilik qilmoqda.

Dasturchi sifatida sizga shuni ayta olamanki, hech qachon bitta tilni o’rganish bilan kuchli dasturchi bo’la olmaysiz. Kichik dasturlarni faqatgina bir tildan foydalanib yozishingiz mumkin. Lekin katta loyihalarda bir dona til kamlik qiladi.

Python 2018-yilning yarmidan boshlab ommalashib ketdi va bugungu kunda juda ko’plab gigant kampaniyalar pythondan foydalanadi.

Instagram” – “Instagramning back-end qismi bugungi kunda to’liq pythonda yozligan” deydi instagram dasturchilari. Shu qatorda Facebook, Pinteres va hatto N.A.S.A.da ham pythondan foydalaniladi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga tayanib sizga dasturlash asoslarini o’rganish uchun Python dasturlash tilini o’rganishingizni maslahat bergan bo’lar edim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Texnokun.uz.

Mavzuga oid maqolalar