Texnika mo‘jizasi: Ekransiz kompyuter

Tel-Avivdagi Sightful startapi Spacetop nomli noutbuk taqdim etdi. Unda ekran mavjud emas, foydalanuvchi AR-ko‘zoynak taqqanida qarshisida 100 dyuymli ish stoli, ya’ni virtual ekran namoyon bo‘ladi. Ekranga qanday tasvirlar chiqqanini tashqaridan hech kim ko‘rolmaydi.

Noutbuk Android operatsion tizimi bilan ishlaydi. Ko‘zoynakning har bir oynasi 1080p. Qualcomm Snapdragon 865 chipi va dinamiklar bilan jihozlangan. Xotirasi 8+256 GB. Gabaritlari 266 x 249 x 40 mm. Og‘irligi 1,5 kg. Veb-kamerasi 5 Mp, 2560 x 1920. Wi-Fi 6, 5G, Bluetooth 5.1 ta’minotlariga ega. Qurilmalarga USB-C, USB-A, HDMI vositasida ulanadi.Kamchiligi — faqat veb-ilova orqali ishlay oladi. Devays taqdimoti 31-may kuni Kalforniyada o‘tkaziladi. Narxi — 2 000 dollar.

Mavzuga oid maqolalar