Assalomu alaykum!
Hamma dasturchilar o’zlari mustaqil dastur yaratishadi.
Lekin yaratilgan dastur juda foydali bo’lsada, uni dasturlashga aloqasi yo’q foydalanuvchilar dasturni ishlata olishmaydi.
Agar kompyuterga python interpretatori o’rnatilgan bo’lmasa unda python tilida yozilgan dasturlar bu kompyuterda ishga tushmaydi.
Keling sizlar bilan bugun aynan shu masalaga qanday yechim topish mukunligini o’rganamiz.
Siz yaratgan dasturni boshqalar ham ishlata olishi uchun uni biron bir shaklga keltirish, ya’ni foydalanuvchilar uchun qulay formatda taqdim etish lozim.
Foydalanuvchilar bizning dasturimizni ishlata olishi uchun uni “exe” ya’ni “executable” shakliga o’tkazib olishimiz kerak.
“Executable” degani ingliz tilida “Bajariladigan” degan ma’noni anglatadi.
Siz dasturingizni “Python” dasturlash tilida yaratgan bo’lsangiz “PyInstaller” nomli ajoyib kutubxonadan foydalanishingiz mumkun.
O’zim ham bu kutubxonadan juda ko’p foydalanganman.
Dasturlashga qaytadigan bo’lsak. Deylik sizda “Tkinter” kutubxonasida qilingan biron bir dastur bor.
Misol uchun login va parolni kiritganda to’gri kiritilgan bo’lsa ma’lum bir oynada sirli ma’lumotni chiqaradigan dastur bor. Agar dastur kodini ko’radigan bo’lsak qaysi login uchun qaysi parol borligini bilish qiyin emas.
Agarda o’sha dasturni “exe” shakliga o’tkazsak dastur kodi ochilmaydi va “Code editor” da shifrlargina ko’rinadi. Shu yo’l bilan dasturni himoyalash ham mumkin.
Endi “.py” ni “.exe” ga aylantirishni ko’rib chiqamiz.
Birinchi navbatda kerakli kutubxonani yuklab olamiz.
Ushbu buyruqni terminalga yozish yoki nusxalash orqali kutubxonani yuklab olish mumkun.
Kutubxona yuklangach biz “.exe” fayliga aylantirishimiz kerak bo’lgan “.py” falini yaratib olamiz.
Dastur kodi bu yerda: havola.
Dasturni yaratib oldik.
Ushbu dastur yordamida login va parol to’g’ri bo’lsa juda katta sirni bilib olish mumkun.
Agarda uni “.py” shaklida qoldirsangiz uning ichidagi kod yordamida login va parolni bilib olish qiyin emas.
Sababi parol va login yaqqol ko’rsatib qo’yilgan.
Uni himoyalashning bir usuli “.exe” shakliga o’tqazish. Yuqoridagi koddan nusxa olib shu dasturni yarating.
Dasturni yaratganingizdan so’ng unga qo’yilishi kerak bo’lgan “.ico” shaklidagi rasmni tayyorlab olasiz.
Maslahatim iconarchive.com saytidan “.ico” yuklab oling.
Men doyim shundan foydalanaman. Barchasi tayyor bo’lgandan so’ng terminalga ushbu buyruqni nusxalang.
Mana “login.py” va “secure.ico”larni “Login” papkasiga saqlab oldik.
Endi terminalga cod yozishni boshlaymiz.
pyinstaller -F -w -i "C:\Users\User\Desktop\Login\secure.ico" login.py
Kodni terminalga nusxalaganimizdan so’ng u muvofaqiyatli “exe” shakliga o’tqazilgani haqida ma’lumot berdi,
Diqqat ushbu jarayon ozroq vaqt oladi, ko’p emas, asosan sizning kompyuteringizning holatiga bog’liq.
Ushbu buyruq Ish stolidagi “Login” papkasidagi “login.py” nomli faylimizni “login.exe” ga aylantirib beradi va uning “icon”ni sifatida o’sha papkamizdagi “secure.ico“dan foydalanadi.
“-F” bizdagi fayllarni barchasini bittaga o’tqazish uchun kerak bo’ladi.
Agarda sizlar “Python” dasturingizda “modul” lar bilan ishlasangiz “-F” sizlarga qo’l keladi.
“-w” bu bizga “login.exe” dasturi ishga tushirilganda “Terminal” ni ko’rinmasligi uchun hizmat qiladi
“-i” bu buyruqdagi ko’rsatilgan rasmni “icon” sifatida dasturimizga yuklab beradi.
Bizda dastur yaratildi. Uni “dist” papkasidan topasiz.
Uni ishga tushirib ko’ramiz.
Login parolni noto’g’ri yozib ko’rdik.
Login va parol to’g’ri yozildi.
Endi uni “Code editor“bilan ochib ko’ramiz
Mana “login.exe“ning shifrlangan holatini ko’rsatmoqda va bu yerdan hech qanday login va parolni bilib bo’lmaydi.
“.py” ni “.exe” ga aylantirishning qisqacha usuli shulardan iborat edi.
Sizlar uchun foydali degan umiddamiz.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar