Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov HP kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha boshqaruv direktori Svetlana Vyrypaeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Memorandumga asosan, IT ta’lim hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar, treyninglar va tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarga HP Gaming Garage, HP Life online resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratish masalalari borasida istiqboldagi rejalar kelishib olindi.
Foydalanilgan manba:
Eng ko’p o’qilgan maqolalar