
Ishlarni tahlil qilish:
1-rasm

1-rasmda qizil chiziqlarga etibor qarating, bu yerda birinchi qizil chiziqda u ishga nechta frilanser o’z taklifini yuborilgani ko’rsatilgan, ikkinchi qizil chiziqda esa mijoz platformaga nechta ish yuklagani ko‘rsatilgan. Endi esa pastdagi 2-rasmga qarang!
2-rasm

Bizda hozirda 2 ta ish bor endi esa bu ishlarni tahlil qilib chiqamiz: 1-rasmdagi ishga 4 kishi yani frilanser o’z taklifini yuborgan, 2-rasmdagi ishga esa 24 marotaba taklif yuborilgan va 1-rasmdagi mijoz frilans platformaga 1 marotaba ish yuklagan ekan 2-rasmdagi mijoz esa 21 marotaba.
Bu holatda 2-rasmdagi ya’ni 21 marotaba ish yuklagan mijozning ishiga o’z taklifimizni yuborsak bo’ladi chunki bu mijoz agar bizni ishga olsa to’lov qilishi 100% aniq. Ko’p holarda 1-rasmdagi kabi 1 marotaba ish yuklagan mijozlar firibgar bo’lib chiqadi va biz ishlagan pulimizni ololmasligimiz mumkin. Shuning uchun kamida 2 marotaba ish yuklagan mijozlar bilan ishlagan maqul!
Xo’sh qaysi bir mijoz bizni ishga olsa, aniq tolov qilishini bilib oldik endi esa bizga qaysi bir ish aniq berilishi mumkinligini aniqlaymiz…
1-rasmdagi ishga 4 marotaba taklif yuborilgan ekan, 2-rasmdagi ishga esa 24 marotaba, bunday holatlarda agarda biz yangi frilanser bo’lsak ko’pi bilan 15-20 ta frilanserdan taklif yuborilgan ishlarga yozsak bo’ladi. Bunga sabab agarda biz 2-rasmdagi kabi 24 marotaba taklif yuborilgan ishlarga yozadigan bo’lsak bizning xabarni ko’rmasligi mumkin va ko’p holarda bunday paytda mijoz biron bir frilanserni ishga olayotgan bo’ladi shuning uchun ko’pi bilan 15-20 ta taklif yuborilgan ishlarga yozsak bo’ladi va bizni ishga olish foizi oshadi.

Cover letter “Muqova xati” nima ekanligi va u qanday yozilish kerakligi haqida
“cover letter – atamasi muqova xati va maktubi nomi ostida keltiriladi“

Siz frilans platformada chiroyli profil yaratdingiz, frilans profilingizni yangiladingiz va hatto yaxshi ochiq lavozimlarni ham qisqa ro’yxatga kiritdingiz. Qolgan yagona narsa – muqova maktublaringizni yozish. Ko’p odamlar uchun bu vazifani qilish qiyin bo’lib chiqadi. Ko’p savollar tug’iladi. Bu xatlarga qanday murojaat qilishim mumkin? Ular qancha bo’lishi kerak? Nima yozishim kerak?
Biz sizning barcha savollaringizga javob berish va yaxshi muqovali xat yozish bo’yicha bosqichma-bosqich ko’rsatmalar berish uchun ushbu yakuniy qo’llanmani yaratdik. Ushbu qo’llanma sizga quyidagilarni o’rgatadi:
- Muqova xati nima?
- Muqova hatining frilansdagi o’rni.
- Muqova xatini yozish.
1. “Muqova xati” nima:
Sodda qilb aytganda mijoz ishiga taklif yuborish. Bu atamani frilans platformalarda uchratishingiz mumkin, misol uchun upwork.com da, biron bir ishni ustiga bosganingizda sizga mijozga xabar yuborish oynasi ochiladi va o’sha xabarni cover letter “muqova xati” deb atashadi.
2. Muqova xatining frilansdagi o’rni.
Frilans platformalarda ishni olish uchun birinchi cover letter “muqova xati” yoziladi. Agar biz bunga yaxshi e’tibor qarata olmasak frilans platformalarda ish ololmaymiz. Frilans platformalarda asosiy narsalardan bir cover letter “muqova xati” xisoblanadi.
3. Muqova xatini yozish.
Cover letterni “muqova xati” ni mijozning muamosindan kelib chiqan holda yozgan maqul.
Maslahat: Agar siz yangi boshlovchi “frilanser” bo’lsangiz mijozning ishiga o’zingiz qo’shimcha ravishda bonuslar bering. Bunda mijozning sizga ish berish foizi yanada oshadi. Deylik sizga 60-70% atrofida ishini bermoqchi bo’p turibdi lekin ikkilanyabdi. Bunday holatlarda biron bir bonus berishimiz orqali to’liq ishni olishimiz mumkin!
To’g’ri va notog’ri yozilgan cover letter “muqova xatlari”
Noto’g’ri cover letter:
“salom men siz bilan ishlamoqchiman, ishingizni menga bering men qilb beraman”
Bu holat juda noto’g’ri.
Sababi: biz mijozni muamosini qanday qilib hal qilib beraolishimizni, kimligimizni va nima ish qilishimiz haqida ummuman aytmadik va bu holatda mijozni bizga bo’lgan ishonchi tushib ketadi.
To’g’ri cover latter:
“Salom, mening ismim Xusanboy, men Video montajyorman, bu sohada 1-yildan beri ishlab kelmoqdaman, shu vaqtga qadar 100 dan ortiq video proyektlar bilan ishladim, Adobe Premiere pro, Adobe After Efekts dasturlarda ishlay olaman, menga ishingizni bera olasizmi?
Agar menga ishingizni bersangiz men sizga bonus tariqasida videoyingizning ustki qismiga dizayn ham tayorlab beraman. Xabarimni e’tiborsiz qoldirmaysiz degan umidaman rahmat!”
Bu holatda mijoz bizga ishini berish foizi juda ortadi.
Sababi: Kimligimiz, nima ish qilishimiz, qaysi dasturlarda ishlay olishimiz haqida batafsil aytib berdik va qo’shimchasiga mijozga bonus tariqasida videoning ustki qismiga dizayn ham qilb bermoqchi bo’ldik.
Cover letter “muqova xati” mazmuni yaxshi bo’lsa ish olishimiz foizi ham shuncha oshadi..!
Frilanserlik bo’yicha video darslar: videoni ko’rish.
Bizni kuzatishda davom eting!
Eng ko’p o’qilgan maqolalar