Bugun sizlar bilan Noutbookning sensorli panelida amalga oshiriladigan ishora haqida gaplashamiz.
1. Konteks oynasini ochish
Ikki barmoq bilan teginish odatda sichqonchani o’ng tugmasini bosgandan so’ng paydo
bo’ladigan menyuni ochadi. Ba’zi sensorli panel modellarida xuddi shu narsaga sensorli panelning
pastki o’ng burchagiga bir barmoq bilan tegish orqali erishish mumkin.
Ikki barmog’ingizni sensorli panelga qo’ying va vertikal bo’ylab kerakli tomonga harakatlantiring.
2. Oynani o‘ngga yoki chapga harakatlantirish.
Ikki barmog’ingizni sensorli panelga qo’ying va gorizontal bo’ylab kerakli tomonga harakatlantiring.
3. Dastur oynasini pastga yoki yuqoriga yo’naltirish.
4. Barcha ochiq oynalarni ko’rish.
Ishlayotgan dasturlarning kichraytirilgan oynalari va ochiq veb-sahifalarni koʻrsatish uchun pastdan
uchta barmoq bilan tepaga suring.
5. Barcha oynalarni minimallashtirish.
Agar siz bir yoki bir nechta oynani kattalashtirgan bo’lsangiz, sensorli panelda uchta barmoq bilan
pastga surilsa hamma narsa yig’ilib, faqat ish stoli faol holatda qoladi
6.Ochiq oynalar o’rtasida almashish.
Uch barmoq bilan chapga yoki o‘ngga surish bir nechta ochiq oynalar o’rtasida almashish imkoniyatini
beradi.
7. Qidiruvni chaqirish.
Windows qidiruv paneli yoki Cortana virtual ovozli yordamchisini (ushbu xususiyat mavjud mamlakatlarda) ochish uchun sensorli panelni uchta barmoq bilan bosing.
8. Masshtabni sozlash.
Ikki barmoqni sensorli panelga qo’yib, so’ngra ularni yoyish yoki yig’ishni boshlang. Ushbu imo-ishora
nafaqat grafik muharrirlardagi tasvirlar masshtabini o’zgartirishga imkon beradi, balki ko’plab
brauzerlarda ham ishlaydi, bu sizga sahifadagi matn hajmini tezda oshirish yoki kamaytirish imkonini
beradi.
9. Bildirishnoma markazini ochish.
To’rt barmoq bilan sensorli panelga tegining.
10. Virtual ish stollari o’rtasida almashish.
To‘rt barmog‘ingizni sensorli panelga qo‘ying va o‘ngga yoki chapga suring.
Bugungi o’rgatmoqchi bo’lganimiz shulardan iborat edi. E’tiboringiz uchun raxmat!
Eng ko’p o’qilgan maqolalar