Bloggerlar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan 7 xato

Blog yozish jarayonida xatolar hammada ham sodir bo’ladi.

 Sizda qiziqarli kontent g’oyasi paydo bo’lgan vaqtlarda tezda undan ajoyib post tayyorlashni istaysiz. Ammo uni yozganingiz sari sizda ba’zi muammolar paydo bo’la boshlaydi. Ba’zan fikringizni bir joyga to’play olmaysiz, chalkashishni boshlaysiz, muammo nimada ekanligini aniq bilmaysiz va sizda ishtiyoq o’rnini qo’rquv yoki ikkilanish egallab olishni boshlaydi. Shubhasiz, bunday holatda siz muvaffaqqiyatli va mukammal post yarata olmaysiz.

Agar siz ham shu kabi blog yuritishdagi muammolarga uchrayotgan bo’lsangiz, quyida  aynan nimalar sizga xalaqit berayotgani bilan tanishishingiz mumkin.

1. Gap nima haqida ketmoqda?

Sizning postingizning xulosa qismiga kelgandan so’ng o’quvchi o’ylashi mumkin bo’lgan eng yomon narsa: “Bu o’zi nima haqida edi?” Agar siz qimmatli vaqtingiz va e’tiboringizni hech qanday ma’noga ega bo’lmagan postga sarflasangiz, keyin  bundan xursand bo’lmasligingiz aniq. Postni boshlashdan oldin aynan nima demoqchi ekanligingizni bilishingizga ishonch hosil qiling. Bu sizga blog yuritishda keng tarqalgan xatolardan qochishga va o’quvchini A nuqtadan B nuqtaga qiyinchiliksiz olib borishga yordam beradi.

2. Menga nima?

O’quvchi sizning xabaringiz boshida o’ylashi mumkin bo’lgan eng yomon narsa: “Nega men bu haqida o’ylashim kerak?” Sizning sarlavhangiz postni o’qishning foydasini aniq ko’rsatishi kerak. Blogingizning kirish qismi o’quvchiga va’da qilingan foydani yanada jozibador qilishi kerak. Shundagina siz ko’plab insonlar e’tiborini o’z postingizga qarata olasiz.

3. “Bad Chi” (Yomon Chi)

Xitoy tibbiyotida tana bo’ylab oqadigan “Chi” oqimi sog’liqning siri bo’lib, unga ko’ra yomon yoki buzilgan oqim kasallikka olib keladi. Yozishda ham shunday: yomon oqim  hikoya va o’quvchilarni chalkashtirib yuboradi. Bir zum o’qishni yaxshi ko’radigan postlaringiz haqida o’ylab ko’ring. Fikrlaringiz ketma-ketligi mantiqiy va jozibali boʻlishi kerak va oʻquvchingizni A nuqtadan B nuqtagacha silliqqina yetkazishingiz, ularni jumladan-jumlaga olib borishga ishonch hosil qilishingiz lozim.

4. Haddan ziyod ko’p yozish

Meni noto’g’ri tushunmang – noaniq yozish hech kim uchun yaxshi xususiyat emas. Ammo haddan tashqari batafsil yozish ham yomon yoki undan ham yomonroq bo’lishi mumkin. Agar o’quvchingizning ko’zlari “kattalashishni” boshlasa, demak siz blog yuritishdagi eng jiddiy xatolardan biriga yo’l qo’ygansiz. Tushunishga yordam berish uchun yetarli ma’lumot bering, lekin keraksiz ravishda mavzu ichiga juda chuqur sho’ng’ib ketmang.

5. Muhimlilikni yo’qotish

Har qanday yaxshi kontent g’oyasining ham o’z umri bo’ladi, ya’ni vaqti kelganda siz bu mavzuda yozishdan to’xtashingiz lozim. Bugungi kunda tinglovchilar va kuzatuvchilar  e’tiborini yo’qotish juda oson, hatto ular dastlab sizning blogingizdagi postlar g’oyalari bilan haddan ziyod qiziqqan bo’lsalar ham. Shuning uchun agar postlaringiz o’quvchilarni zeriktirishni boshlaganini sezsangiz, uni o’zgartirishga, yangi g’oyalar, kontentlar haqida yozishga harakat qiling.

6. Kopirayter kontentidan ko’ra nusxa ko’chirish kontentini afzal ko’rish

Boshqa bloggerlardan ko’chiryapsizmi? Agar shunday bo’lsa, hoziroq to’xtating, tashlab qo’ying hamda o’zingizni ushbu rejimdan chiqarib tashlang va qanday qilib haqiqiy kopirayter bo’lishni o’rganing. Sizga e’tiborni jalb qiladigan va odamlar e’tiborini ushlab tura oladigan o’ziga xos savdo taklifi kerak. Bu sizning auditoriyangiz eshitishni xohlaydigan narsa va siz taklif qiladigan maxsus istiqbol bo’ladi. Siz ko’chirmakashlik qilmasdan, alohida, qandaydir yangi g’oya va takliflar yaratishishingiz kerak.

7. Zaif sarlavhalar

Postingiz ma’nosi, mazmuni qanchalik kuchli bo’lmasin, agar unga mos sarlavha tanlay olmagan bo’lsangiz, barcha mehnatingiz bir pul. Chunki hozirda odamlar ko’proq narsalarning nomiga yoki faqat ularning ko’rinishlariga e’tibor berishadi. Sarlavhalar ham shunday. U odamlarni o’ziga jalb qilish kuchiga ega bo’lishi kerak. Asosiysi u postingizning aniq g’oyasini, u nima haqida ekanligini ko’rsatishi zarur. Agar sizning sarlavhangiz aniq va to’g’ri tanlangan bo’lmasa, undagi ma’lumotlarning qanchalik yaxshi ekanligi ahamiyatga ega emas.

Xulosa

Endilikda siz blog yozishda boshqa qiynalmasligingiz mumkin. Chunki sizda blog yuritishni boshlaganingizda uchrashi mumkin bo’lgan xatolar bo’yicha qisqacha ma’lumotlar bor.

Shu kabi IT sohasiga oid nihoyatda dolzarb va qiziqarli texnologik yangiliklarni Ilmiy-texnologik maqolalar (texnokun.uz) sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

Foydalanilgan manba: 

Mavzuga oid maqolalar