Qanday qilib texnik rahbar bo’lish mumkin?

Bu maqola sizga muvaffaqqiyatli texnik rahbar bo’lishingizda g’oyatda foydali qo’llanma bo’lishi shubhasiz!

Ko’plab  yuqori tajribaga ega bo’lgan dasturiy ta’minot muhandislari o’z sohalarida ma’lum bir darajaga erishganlarida o’zlariga shunday savol berishadi:   “Keyingisi nima bo’ladi?”. Ular o’zlarini xuddi baland binoning eng yuqori qavatiga yetib borgandek va endi hech narsa ularga qiyinchilik tug’dira olmaydigandek his qilishadi.  Ko’p yillik tajribalari sababli ular o’z bilimlariga ishonishadi va o’sha nuqtada qolishni afzal ko’rishadi.

Biroq hammasi ham emas, ko’plab dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari o’z martabalaridan yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarilishni istashadi. Bugungi kunda esa ular uchun bunday imkoniyatlar nihoyatda ko’p.

Hozir men sizga texnik yetakchi roli haqidagi muhim ma’lumotlarni aytib bermoqchiman. Tayyormisiz? Demak boshladik!

Birinchi navbatda sizda quyidagi savollar tug’ilishi mumkin:

Qanday qilib texnik yetakchi bo’lish mumkin?

Asosiy ko’nikmalar nimalardan iborat?

Tizimli o’ylash

Texnik rahbarlar odatda boshqalardan bir qadam oldinda o’ylashadi va butun tizimning barcha qismlarini yodda tutishadi. Ular har doim yangi takliflarni shubha ostiga qo’yadilar: u qanday miqyosda bo’ladi, qanday bog’liqliklar mavjud bo’ladi va biror narsa muvaffaqiyatsiz bo’lsa uning oqibatlari qanday bo’ladi. Keyin esa ular nimanidir amalga oshirishni boshlashlaridan oldin ishonchli javoblari borligiga ishonch hosil qilishadi.

Biznes ehtiyojlar uchun samarali yechimlarni taklif qiling

Bugungi kunda texnologiya bozori juda katta. Har qanday korxona uchun kerakli yechimlar mavjud. Biz hozirda quyidagi so’zlarni tez-tez eshitamiz: blockchain, cloud computing (bulutli hisoblash), Kubernetes, va artificial intelligence(sun’iy intellekt). Ammo tadbirkorlar va ishbilarmon shaxslar har doim ham ularning ma’nosini to’liq tushunmaydilar va bunda ular dasturchilar fikrlariga hamda qarorlariga suyanishadi. Bu esa dasturchilar uchun ayni muddao bo’lishi mumkin. Sababi ular yangi taxnologiyalardan foydalanib ko’rishga juda ishtiyoqmand bo’lishadi. Shunga qaramasdan, bunday qarorlar keraksiz harajatlar va murakkab vaziyatlarga olib kelishi ham mumkin. Texnik rahbar barcha talablarni to’playdi, ularni yaxshilab tahlil qiladi va keyin esa zaruriy yechimni taklif qiladi. Shunday qilib ular biznesni rivijlantirish uchun jamoa o’yinchisiga aylanishadi.

Jamoalar nima qilishini oldindan biling!

Texnik rahbarning yana bir ajoyib qobiliyatiga jamoa ichida va tashqarisida sodir bo’layotgan voqealardan xabardor bo’lish kiradi. Bu esa ba’zi ijtimoiy ko’nikmalarni talab qiladi. Masalan, turli savollar bilan odamlarga murojaat qilishdan qo’rqmaslik kerak. Jamoa ichidagi ish yukini bilganingizdan so’nggina, uni muvofiqlashtirish va taqsimlash mumkin. Texnik rahbar imkoniyatlarni rejalashtiradi va aloqaning aniq va mukammal bo’lishini ta’minlaydi. Ular jamoa vakillari hisoblanishadi.

Ular shuningdek  ba’zi vaziyatlar yuz berganda, boshqa jamoalar nima qilishlari mumkinligini ham bilishadi. Bunday holatlarda esa faol muloqot juda muhimdir.

Xulosa

Texnik rahbarning roli hamma uchun ham emas. Bu har bir muhandisda ham uchrayvermaydigan yoki rivojlantirishni xohlamaydigan ma’lum ko’nikmalarni talab qiladi. Agar siz kelajakda o’zingizni ushbu lavozimda ko’rishni xohlasangiz, kod yozishni o’rganishdan tashqari biznesga yoki liderlik borasidagi tajribangizni ham rivojlantirishni boshlang.

Bunda sizga quyidagi ko’nikmalar zarur bo’ladi:

  • Butun bir tizim va yagona qismlar haqida xabardor bo’lish;
  • biznes uchun eng yaxshi yechimlarni bilish;
  • jamoangiz bilan hamkorlik qilish va muloqot qilish.

Agar siz ushbu ko’nikmalarga ega bo’lsangiz kelgusida mahoratli texnik rahbar bo’lasiz.

Foydalanilgan manba:

Mavzuga oid maqolalar