Qanday qilib muvaffaqqiyatli muhandis bo’lish mumkin?

Bu savol ko’pchiligimizda o’z karyeramizni ko’tarishga va yangi cho’qqilarni zabt etishga harakat qilayotganimizda paydo bo’ladi. Agar siz ham xuddi shu savolga duch kelgan bo’lsangiz, bunda sizga Edmond Launing “Effective engineer” (Samarali muhandis)  kitobi yordam berishi mumkin.

Agarda bu kitob qo’lingizga tushib qolsa, uni varaqlar ekansiz juda ko’plab foydali va samarali yangi g’oyalarga ro’baro kelasiz. Bu maqola esa sizga ushbu kitobdan olingan bir nechta kerakli ma’lumotlarni baham ko’radi. Ammo buni shunchaki kitob reklamasi deb tezda xulosa chiqarmang, chunki unda biz birgalikda o’rganishimiz uchun juda qiziqarli yondashuvlar mavjud.

 

Xo’sh, Edmond Lau kim va nima uchun biz uning kitobini o’qishimiz kerak?

U Googledagi sobiq dasturiy ta’minot muhandisi, Quoraning oldingi yetakchisi, arxitektor, Quipdagi yetakchilik bo’yicha murabbiy va yana ko’plab ishlar namoyondasi hisoblanadi.

Hoziroq O’rganishni Boshlang!

O’z o’sishingizga va yuksalishingizga sarmoya kiritish uchun siz o’zingizning 20% ​​vaqtingizni ajratishingiz kerak bo’ladi. Unga har haftada bir to’liq kun emas, balki har kuni bir yoki ikki soatdan sarflasangiz maqsadga muvofiq, chunki siz o’z mahoratingizni oshirishni har kuni odat qilishingiz lozim. Kompaniyangizdagi eng yaxshi va tajribali muhandislar tomonidan yozilgan asosiy abstraktsiyalar uchun kodni o’rganing. Ayniqsa, agar siz katta va umumiy kod bazasiga ega bo’lgan yirik texnologik kompaniyada ishlayotgan bo’lsangiz, avvalgi muhandislar tomonidan yozilgan ba’zi asosiy kutubxonalardagi kodlarni o’qing. O’zingiz hali bilmagan kodni qo’rqmasdan ishlatishni boshlang. Ko’p yillik kuzatuvlardan so’ng, Facebookning sobiq muhandislik bo’yicha direktori Bobbi Jonson muhandislarning muvaffaqiyati “Ular bilmagan kodga kirishdan qo’rqmaslik“dadir degan xulosaga kelgan. Muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo’rquv hissi ko’pincha bizni orqaga tortadi va  u bizni nimanidir sinab ko’rishimizdan oldin taslim bo’lishimizga olib keladi. Ammo Jonson aytganidek “Siz bilmagan narsalarni o’rganish jarayonida siz kodlash qobilyatingizni yaxshilaysiz”.

Faoliyatingizdagi Eng Ustuvor Maqsadni Aniqlang!

Siz kuningizni boshqarasizmi yoki kun davomidagi chalg’itishlar sizni boshqaradimi? Muntazam ustuvorlik – bu yuqori ta’sir ko’rsatadigan faoliyat, chunki u qolgan vaqtingizdan qanday foydalanishni belgilaydi. Oxir oqibat, agar siz bir necha hafta davomida kam ta’sir ko’rsatadigan va ozgina foyda oladigan loyiha ustida ishlasangiz, bu sizning biznesingiz uchun umuman ishlamaslikdan qanday farq qiladi? To’g’ri, ustuvorlikni belgilash oson emas. Bu vaqt va kuch talab qiladi, ba’zan esa siz hech qanday yangi narsa yaratmayotganingiz uchun umuman unumli bo’lmasligi mumkin. Ehtimol siz dam olishni xohlayotganingizda yoki ishlamayotgan vaqtingizda uni qilishni xohlamassiz. Aslida siz uni doimo birinchi o’ringa qo’yishingiz shart emas. Ammo siz erishishni istagan shaxsiy yoki professional maqsadlarga ega bo’lsangiz, ustuvorlik juda yuqori ta’sirga ega ekanligini bilib olasiz.

Fikr-Mulohazalarni Talab Qiling!

Nimrod Hoofienning fikriga ko’ra “Siz qabul qilgan har qanday qaror … fikr-mulohazalarga ega bo’lishi kerak. Aks holda, siz shunchaki … taxmin qilyapsiz.”

 

Ko’pgina dasturiy ta’minot muhandislari bu saboqni birinchi ishlaridayoq o’rganadilar. Taxmin qilish – qimmat, vaqt qancha uzoq bo’lsa – muvaffaqiyatsiz loyiha, g’oya, amalga oshirishning oqibatlari shunchalik qiyin bo’ladi. Shuning uchun quyidagi fikrni o’ylab ko’ring:

 

·       Yakuniy loyihani tasdiqlash uchun katta miqdordagi muhandislik vaqtini sarflaganingizdan keyin aslo kutmang. Buning o’rniga, prototiplarni yaratishni, dastlabki ma’lumotlarni to’plashni, foydalanuvchilar bilan tadqiqotlarini o’tkazishni yoki loyihaning dastlabki ma’qullanishini olish uchun zarur bo’lgan boshqa narsalarni birinchi o’ringa qo’ying.

 

Loyihada ishlashning dastlabki bosqichlarida har doim ko’proq tafsilotlar va keng qamrovni talab qiluvchi sohalar mavjud bo’adi.

Samaradorlik Va Ortiqcha Ish Vaqti

Agar siz qo’shimcha ish soati ishlasangiz, bu har soatdagi unumdorlik va mahsuldorlikni kamaytirishi mumkinligini bilasizmi?

Bir asrdan ortiq vaqt davomida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, uzoq ishlangan soatlar unumdorlikni pasaytiradi. 1890-yillarda 23ta ish beruvchi tashkilotlar 8 soatlik ish kuni bilan tajriba o’tkazganlarida, har bir ishchiga to’g’ri keladigan umumiy ishlab chiqarishning yuqori ko’rsatkichlariga erishdilar. Biroq  1909-yilda Sidney Chapman ish vaqtidan tashqari ishlash ish unumdorligining tez pasayishiga olib kelishini aniqladi, chunki charchagan ishchilar xato qila boshlaydilar va ishlab chiqarishning qisqa muddatli o’sishi keyingi kunlardagi ishlab chiqarish hisobiga keladi. Genri Ford 1922-yilda 40 soatlik ish haftasini joriy qildi, chunki ko’p yillik tajribalar unga ishchilarning umumiy ishlab chiqarish hajmini oshirishini ko’rsatdi.

 

Xo’sh, dasturiy ta’minot muhandisining ishini zavod bilan taqqoslab bo’lmaydi, lekin biz kuniga sarflash uchun cheklangan miqdordagi e’tibor va aqliy harakatlarnigina olamiz. Demak  ko’proq soat ishlash ishlab chiqarishni ko’paytirishning eng samarali usuli emasligini bilib oldingiz. Aksincha ko’p soat ishlash unumdorlikning pasayishiga va charchashga olib keladi. Haddan tashqari ishlagan va charchagan muhandislar tomonidan qilingan xatolarni tuzatish zarur bo’lganda, natija hatto salbiy bo’lishi ham mumkin.

Oldindan Rejalashtiring!

Favqulodda vaziyat rejasini tuzmaslik uchun qo’shimcha ish vaqtiga tayanmang. Agar siz xuddi boshi berk ko’chaga kelib qolgan bo’lsangiz va boshqa imkoniyatingiz bo’lmasa, vahima qilish hamda qattiq tirishish ehtimoli ko’proq bo’ladi, negaki oxirgi muddat yaqinlashmoqda. Ammo haqiqiy muhandis oldindan rejalashtirishni biladi.

 

Bill Uolsh, San-Fransisko 49ers futbol jamoasining sobiq murabbiyi. Uolsh “The Score Takes Care of Itself” asarida “Muvaffaqiyat uchun qoralama yaratish” strategiyasini muhokama qiladi. Uolsh barcha turdagi o’yin ssenariylariga qanday javob berish haqidagi favqulodda rejalar yozgan. Unda birinchi chorakdan keyin jamoa ikki yoki undan ko’p gol ortda qolsa, nima qilish kerakligi haqida rejasi bor edi, shuningdek, asosiy o’yinchi jarohat olgan taqdirda nima qilish kerakligi rejasi va yana boshqa ko’plab rejalar mavjud edi. Uolsh o‘yinning muhim nuqtalarida, ayniqsa, minglab muxlislar g‘ala-g‘ovur qilayotganida, xiyonatkorlar sizga hot-dog, pivo stakanlarini uloqtirganda va taymerda bir necha soniya o‘tib ketayotganda fikringizni tozalash hamda samarali qarorlar qabul qilish qiyinligini tushundi. Darhaqiqat, har bir 49ers o’yinining dastlabki 20 dan 25 gacha o’yinlari oxir-oqibat qo’lyozmaga  aylandi, bu esa jamoaning turli ssenariylarda nima qilishi kerakligi haqidagi kodlashtirilgan qoidalar daraxtiga aylandi. Muvaffaqiyat uchun rejalar tuzish orqali Uolsh 49ersni 3 ta Superkubokga olib chiqdi.

 

Shunday qilib, agar haqiqatda mahoratli hamda kerakli muhandis bo’lishni istasangiz yuqorida berilgan maslahatlarga amal qiling va ko’zlagan maqsadlaringizga erishing.

 

Foydalanilgan manba: How to be an effective engineer? / Хабр (habr.com)

Mavzuga oid maqolalar