Kontent yozuvchilar kimlar?

Kontent yozuvchilari bugungi kundagi eng zamonaviy kasblar sirasiga kiradi. Ammo qanday qilib kontent yozuvchisi bo’lish mumkin? Ular qanday vazifalarni bajaradi? Ushbu savollarga quyidagi maqola orqali javob topasiz!

Kontent nima?

Kontent – bu ma’lum bir guruh odamlari o’qiydigan, yangiliklardan xabardor qiladigan, zerikkan paytlaringizda kayfiyatingizni ko’taradigan, sizga ilhom beradigan, ishontiruvchi xususiyatga ega bo’lgan har qanday ma’lumotlar manbaidir.

Kontent yaratish nima?

Kontentni yozishning maqsadi muayyan auditoriya uchun qandaydir muammolarni hal qilish jarayoni hisoblanadi. O’z auditoriyangiz duch kelayotgan muammolarga kerakli yechimlar topish orqali siz ular oldida ma’lum bir qiymatga erishasiz. Agar siz ularga e’tiborli bo’lsangiz, ahamiyat bersangiz, siz o’zaro ishonchni o’rnata olasiz. Bu esa siz uchun o’z brendingizni yaratishda eng zaruriy komponent hisoblanadi.

Kontent mualliflarining turlari

Kontent mualliflarining beshta eng keng tarqalgan turlari mavjud:

1.   Blog muallifi

Blog muallifi  murakkab, tushunishga qiyinchilik tug’diradigan mavzularni oson usullar bilan odamlarga yetkazadi. Ular blog materiallarini rivojlantiradigan ma’lumotlarni topish va ularni kerakli manbaga aylantirish uchun o’zlarining tadqiqot qila olish qobiliyatlarini ishga soladilar. Ular bitta maqola loyihasi ustida soatlab vaqt sarflashadi va u uchun mos tushishi mumkin bo’lgan ko’plab sarlavhalar haqida bosh qotirashadi. Blog muallifi oxir-oqibat eng munosib bo’lgan, kuzatuvchilarga yoqishi muqarrar bo’lgan sarlavhani tanlaydi.

Blog muallifi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

–     Maqolalar yozish

–     Intervyular o’tkazish

–     Blog xabarlar yozish

–     Tadqiqotlar olib borish.

2. Brend jurnalisti

Brend jurnalisti – bu hikoya qiluvchi shaxsdir. Ular o’z maxsus hikoyalarini  yaratmaguncha to’xtamaydilar. Ular brend haqida ijobiy fikrlar berishadi va brend obro’sini oshirishga yordam beradilar. Ular o’z maqolalarini chop etishdan oldin undagi faktlar, iqtiboslarni ikki marta tekshirib ko’radilar. Shuningdek  ular odamlarni brendga jalb etishga undaydigan sarlavhali maqola, hikoyalar yaratish qobilyatiga egalar.

 

Brend jurnalisti quyidagilar bilan shug’ullanadi:

–     Brend hikoyalari yaratish

–     Mijozlar fikrlarini o’rganish

–     Intervyular tashkil qilish

–     Matbuot xabarlari bilan ishlash

–     Kompaniya biosi haqida yozish

–     Ichki aloqalarda faol bo’lish.

3. Kopirayter

Kopirayter  ijodiy fikrlar yaratuvchi shaxs hisoblanadi. Ular  turli mavzular va loyihalarda ishtirok etadi. Ular sizning brendingiz va mijozingiz tilida gaplashadi. Kopirayterlar mahsulot tavsiflaridan tortib, veb-sayt sahifalarigacha o’z xizmatlarini taklif qilishadi.

 

Kopirayter quyidagilarni yaratadi:

 

–     Veb-sayt matnlarini yaratish

–     Chop etish vositalari bilan ishlash

–     Infografika

–     Mahsulot tavsiflarini yozish.

3. Yashirin muallif (Ghost writer)

Yashirin muallifi xameleonga o’xshaydi, u ham brendlar, ham oddiy odamlar tomonidan yozishi mumkin.  Yashirin yozuvchini yollashda korxona va tashkilotlar o’zlariga nisbatan ishonch va sodiqlikni namoyon eta oladigan odamni tanlashadi. Ular yashirin yozuvchilarga tashkilot brendi nomidan yozishni  va brend ortida turgan odamlarni ishonib topshirishadi.

 

Yashirin muallif quyidagilar bilan shug’ullanadi:

–     Maqolalar yozish

–     Elektron kitoblar yaratish

–     Fikrlar yetakchiligi

–     Veb-sayt nusxasi ustida ishlash

–     Sahifadan tashqari materiallar to’plash.

5. Texnik yozuvchi

Texnik yozuvchi – bu yangi va murakkab texnik mahsulotlarni odamlarga tushunarli qilishga yordam beruvchi  mutaxassisdir. Ular texnologiyani, undan qanday foydalanishni, uni yaratishni, protseduralarini, komponentlarini, ichki tuzilishi va mexanizmini batafsil tushuntiradilar. Ular maxsus qo’llanmalar yaratishadi va mahsulotlaringizni texnikani tushunmaydigan oddiy odamlarga yetkazishga harakat qilishadi.

 

Texnik yozuvchi quyidagilarni yaratadi:

 

–     Intruksiya berish

–     Tez-tez so’raladigan savollarga javob topish

–     Qo’llanmalar yaratish

–     Ko’rsatmalar berish.

 

Qanday qilib kontent muallifi bo’lish mumkin?

Mahoratli kontent muallifi bo’lishni istasangiz bir nechta bosqichlarni bosib o’tishingiz kerak:

1-qadam: Maxsus Portfel yarating;

2-qadam: Ijtimoiy dalillarni yoritishni boshlang;

3-qadam: Blog yozish orqali kuzatuvchilaringiz bilan o’zaro aloqa  o’rnating;

4-qadam: Frilanserlar uchun tashkil etilgan veb-saytlardan na’muna olishingiz mumkin;

5-qadam: Linkedin profilingizni yarating;

6-qadam: Maxsus firmalarga murojaat qiling;

7-qadam: Kontent platformalarida ishtirok eting.

Xulosa

Kontent yozish ham san’at, ham fandir. Kontent yozishni ko’pincha ijodiy yozish bilan chalkashtirib yuborishadi, lekin u ijodkorlikdan ko’ra ko’proq foyda ko’rish haqidaligi hech kimga sir emas. Agar siz o’z bilimmingiz va ijodkorlik qobilyatingizni birlashtira olsangiz, shubhasiz,  mahoratli kontent yaratuvchisi bo’lishingiz mumkin.

 

Foydalanilgan manba:

https://www.simplilearn.com/how-to-become-content-writer-article

 

Mavzuga oid maqolalar