Assalomu alaykum!
Bundan oldingi postda siz API lar haqida ma’lumotlarga ega bo’ldingiz.
Bugun esa qiziqarli API larni qayerdan topishni o’rganib olasiz.
Siz uni internetdan o’zingiz izlasangiz kerakli narsani topa olmaysiz.
Agarda siz avvaldan dasturlash bilan shug’ullanib kelmayotgan bo’lsangiz.
Men juda ajoyib saytlarni, Github repositorie larni bilaman.
Birinchi navbatda sizga Rapidapi.com saytini tanishtirmoqchiman
Rapidapi qadirdon sakkiz oyoq.
Juda ko’plab dasturchilar uchun yaqin do’st bo’lib qolgan desam adashmayman sababi men ham bu saytdan juda ko’p foydalanganman.
Qulay interfeys,Kategoriyalash,ommaviy va shaxsiy API lar to’plami barchaga manzur keladi.
Rapidapi ning juda ko’p qulayliklari bor.
1-dan API larni izlash uchun juda qulay interfeys.
2-dan API larni bepul yoki pulli ekanligi hamda ularning qanday tuzilganligi haqidagi ma’lumotlar va filterlar,tasdiqlangan API lar.
3-dan kerakli API dan foydalanish mumkun bo’lgan dasturlash tillarida misol keltirishi.
Bu yerdan API larni izlash eng to’g’ri yo’l.
Lekin yana bir huddi shunday to’g’ri yo’l mavjud
Jonajon Githubda Public-apis nomli repositorie mavjud.
Aynan o’sha repostirorie da ham juda qulay api topsangiz bo’ladi muhumi kerakli kategoriyadan kerakli API ni topish kerak holos.
Public-apis repositorie sidan readme bo’limidan Index ni topasiz va uyerdan o’zingizga kerak bo’lgan mavzudagi API ni tanlaysiz.
“Animals” nomli Index ning ustiga bosdim va menga jadvalni berdi
Ushbu jadvalda API uchun havola tavsif autenifikatsiya HTTPS ning mavjudligi va boshqa ma’lumotlar bor.
Ro’yxatdan birinchisidagi havolaga o’tamiz.
Bizda shunday sahifa ochiladi.
Ushbu sahifada biz tanlagan API ga murojat qilish haqidagi qo’llanma bo’lib u bilan tanlangan API ga murojat qilishni o’rganib olish mumkin.Hulas havolaga bosganingizdan so’ng barchasi haqida bilib olasiz.
Agarda sizlar API lar haqida tshunchalar va ularni qayeradan topish mumkin ekanlgini bilib olgan bo’lsangiz,demak biz o’z vazifamizni muvofaqiyatli bajara oldik.
Agarda sizni qiziqtirgan biron bir mavzu bo’lsa Izohlarda qoldiring
Har bir izohni qoldirmasdan o’qib chiqamiz.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar