Sun’iy intellektga asoslangan yangi ilova smartfon batareyasining ishlash muddatini 30 foizga oshirishi mumkin

Hozirda biz yashayotgan zamonaviy texnologiyalar asrini telefonlarsiz tasavvur qilolmaymiz. Ular insonlar hayotini ancha osonlashtirdilar.

Yangi zamonaviy AI(Sun’iy Ong)ga asoslangan texnologiya

Smartfon batareyasining ishlash muddatini 30 foizga oshirish va energiya to‘lovlarida son-sanoqsiz kilovattlarni tejash imkoniyatiga ega zamonaviy AI ixtirosi namoyish qilinishi kutilmoqda.

Esseks universiteti tomonidan ishlab chiqarilgan yangi dastur EOptomizer deb nomlangan ilovaga kiritilgan bo’lib, u mutaxassis tadqiqotchilar va dizaynerlar, shuningdek, Nokia va Huawei kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari uchun namoyish etiladi. EOptomizer ilovasi butun sanoatda qo’llanilishi va iste’mol tovarlarining ishlash muddatini uzaytirish orqali uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam berishi ko’zda tutilgan.

Bu telefonlar, planshetlar, avtomobillar, smart muzlatgichlar va noutbuklardagi batareyalarning samaradorligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshirish uchun dasturiy ta’minotdan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Samsung, Microsoft va HCL Technologies kompaniyalarining sobiq xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot sun’iy ongdan (AI) chip yaratish, issiqlik ishlab chiqarish va samaradorlikni optimallashtirish uchun foydalanadi.

Ishga Esseks kompyuter fanlari va elektron muhandislik maktabidan doktor Amit Singx rahbarlik qilgan.

U shunday deb ta’kidlaydi: “Biz dunyodagi eng yirik kompaniyalarga nimalar ustida ishlayotganimizni namoyish qilishdan juda xursandmiz. Umid qilamizki, ushbu ilova barchaning hayotini yaxshilashga, pulni tejashga va atrof-muhitni saqlab qolishga yordam beradi. Bu bizning ilovamizni butun dunyo bo’ylab iste’molchilar qo’lida ko’radigan paytga birinchi qadam bo’ladi. 2025-yilga kelib taxminan 50 milliard qurilma ishlab chiqariladi.

Eng ilg‘or texnologiya ilovadan kun davomida qanday foydalanilayotganini tahlil qiladi va energiya sarfini optimallashtiradi.

Bu shuni anglatadiki, sun’iy intellekt foydalanilayotgan ilova uchun FPS(sekundiga kadrlar) o’zgarishini tushunadi va o’zgarishlarni sozlash uchun GPU protsessorlarining eng yaxshi ishlash chastotasini topishga harakat qiladi, shu bilan birga qurilmada eng kam quvvat va harorat o’sishini nazorat qiladi. Bu esa hozirda mobil telefonlardagi muhim muammo hisoblanadi.

Foydalanilgan manba:

·      https://scitechdaily.com/new-ai-powered-app-could-boost-smartphone-battery-life-by-30/

 

Mavzuga oid maqolalar