Andersen’dan offer oldim

Andersen logo

andersenlab.com bu yettiga yaqin Yevropa davlatlarida va AQSHda o’z filialiga ega outstaff va outsource kompaniya. Kompaniya judayam katta. Unda 3400 dan oshiq odam ishlaydi. Kompaniya haqida bu yerda ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Recruitment

Hammasi qanday boshlangan edi? Men 9-10 oktabr kunlari yana o’zimni sinab ko’rish uchun ushbu kompaniyalar saytiga o’tib “careers” degan bo’limidan ish uchun CV (resume) yuborib chiqqan edim.

12-oktabr kuni Andersendan bir recruiter menga aloqaga chiqdi va bir nechta savollarni so’radi. Bular NodeJsda ishlash bo’yicha qancha tajribam bor ekanligi, taxminiy kutayotgan oylik maoshim, ingliz tili darajam, B2B shartnoma turi menga mos kelish yoki kelmasligi. Savollariga javob berdim. Shuningdek u meni kompaniya va intervyu bosqichlari bilan tanishtirdi. Intervyu quyudagi ketma-ketlikda bo’lishini aytdi:

  • Ingliz tili darajasini aniqlash uchun interview (15 daqiqa)
  • HR interview (30-40 daqiqa)
  • Texnik interview (1.5 – 2 soat)
  • Resurs va Proyekt menejerlar bilan interview (1 soat)

Taxminiy oylik maosh so’ralayotganda, ular maoshni “Gross” yoki “Net” da aytishni so’rashadi. Gross – barcha soliq va xarajatlar ichiga qo’shilgan oylik maosh summasi. Net – soliq va xarajatlardan tashqari (qo’lga tegadigan) summa. Agar siz oylikni gross’da aytsangiz, soliq va xarajatlarni aytgan oyligingiz ichidan olib qolishadi yoki siz to’laysiz. Agar net’da aytsangiz, ular o’zlari soliq va boshqa xarajatlarini hisoblab, sizning qo’lingizga tegishi kerak bo’lgan summa ustiga qo’shib yozishadi.

Ingliz-tilidan interview. Kompaniya mijozlari asosan Yevropa va Amerikadan bo’lganligi, bundan tashqari ishdagi asosiy so’zlashish tili ham ingliz tili bo’lganligi sababli, ular har bir kandidatni ingliz tili darajasini tekshirib olishar ekan.

13-oktabr kuni kechga yaqin intervyu bo’ldi. Oxirgi oylar ichida judayam ko’p miting va intervyularga qatnashaverganim uchun 1 gramm ham hayajon bo’lmadi. Suhbat davomida xuddi HR’larga o’xshab avvalgi ishlarim va o’zim haqimda gapirib berishimni so’radi. Aynan shu mavzu gapirilaverib yod bo’lganligi uchun juda ravon gapirdim.

Agar ingliz-tilingiz yaxshi bo’lmasa, interyularda beriladigan eng ko’p va takrorlanuvchi savollarni avvaldan bilib oling va o’zingizning shu savollarga javobingiz yaxshilab o’ylab, kerak bo’lsa yozib, yodlab oling. Chunki suhbat davomida oson savollar berilganda, kishi unga ravon va to’liq javob berishi, o’ziga nisbatan confidence(ishonch)ni oshiradi. (Shaxsiy tavfsiya)

Inliz-tilidan suhbat yakunlandi va menga hammasi yaxshi ekanligi va keyingi HR intervyu bosqichiga o’tganligimni aytishdi.

HR intervyu. Keyingi bosqichda menga Oksana ismli HR/recruiter aloqa chiqib, keyingi intervyuni qachonga o’tkazishimiz mumkinligini so’radi. Kunni va vaqtni aniq qildik.

Bir nechta intervyulardan keyin shuni tushundimki, HR bu texnik narsalarni tushunadigan odam emas. U suhbat davomida odatda sizni soft skil’laringizni, turli jamoa va ishdagi ijtimoiy muammolardan qanday chiqib ketishingizni, umuman olganda, siz ishonchli odam ekanligingiz yoki yo’qligini tekshiradi. Shuning uchun ularga ko’plab texnik narsalarni aytib berishdan foyda yo’q. Yaxshisi, avvalgi ishingizdagi jamoda yuz bergan turli muammoli vaziyatlarni o’ylang, unda siz qanday yo’l tutgansiz, muammoga qanday yechim bergansiz, shularni gapiring. Lekin albatta, shunga o’xshash savol bersagina ayting bularni. Ba’zan so’ramasliklari ham mumkin. Menda HR intervyuda doim takrorlangan umumiy savollar: “Avvalgi ishing haqida gapirib ber”, “Avvlagi ishingdan nega ketgansan?”, “Nima uchun bu kompaniyada ishlamoqchisan?”. HR’lar bilan imkon boricha hushmuomala bo’ling. Ularda o’zingiz haqingizda, “xushchaqchaq”, “o’chiq ko’ngil”, “samimiy”, “tajribali” degan xulosalarni qoldiradigan qilib harakat qiling, garchi unaqa bo’lmasa ham ))).

HR intervyu muvaffaqqiyatli o’tdi. Ochig’i fireart.studio va leverx.com bilan bo’lgan intervyudan ancha oson bo’ldi. Men bilan gaplashgan HR’ning ingliz tilisi juda ham yaxshi emas ekan. Balki, shuning uchun suhbatni cho’zmadi deb o’yladim. Farq qiladigan jihati, HR texnik intervyuni belgilashdan avval, mening nomzodimni texnik bo’limga ko’rsatishi kerak ekan. Suhbat oxirida shuni aytdi, xayrlashdik. Lekin javob ha deganda chiqavermadi. Uch kun kutdim, keyin oxiri javobni bilgani va keyingi bosqichlar haqida ma’lumot olish uchun yozdim. Texnik intervyu oladigan odamdan javob kelishini kutib turishgan ekan. Ular mening nomzodimni tasdiqlab, javob berishgach, texnik intervyuni belgiladik.

Texnik intervyu. Andersen bilan recruiting jarayonidagi eng qiyin va qiziqarli bo’lgan jarayon bu texnik intervyu bo’ldi. Aniq esimda yo’q lekin adashmasam, intervyu 1,5-2 soat davom etdi. Texnik intervyu quyidagi qismlardan tashkil topdi:

  • JavaScript savollari (og’zaki va yozma)
  • NodeJs, server va databazaga doir savollar (og’zaki)
  • Umumiy dasturlash, paradigma, pattern’larga doir savollar (og’zaki)

Bular ichida JavaScript’ga doir savollar eng ko’p vaqtni oldi. JavaScriptdan ham og’zaki, ham online text editor yordamiga turli kod misollarini yozish orqali savol-javob bo’ldi. Bundan tashqari orada ba’zi TypeScript’ga doir savollar ham so’rab ketdi. Bular taxminan quyidagicha edi:

  • JavaScriptda qanday data-tiplar bor?
  • Let, const, var ning farqi nima?
  • Regular function va arrow function orasidagi farq nimada?
  • Hoisting nima?
  • JavaScriptda obyekt yaratishni qanday yo’llari bor? Yozib ber.
  • JavaScriptda objectni qanday qilib copy(nusxa olish) qilish mumkin?
  • Objectni qanday qilib immutable(o’zgartirib bo’lmas) qilsa bo’ladi? Yozib ber?
  • Map va Object orasidagi farq nimada?
  • Symbol nima maqsadda ishlatiladi?
  • Symbol iterator haqida bilasanmi?
  • Scope va Lexical enviroinment haqida gapirib ber.
  • This keyword’ining vazifasi nima?
  • IIEF funksiyalarining vazifasi nima?
  • Arrayning reduce metodini xuddi filter kabi ishlatish mumkinmi? Qanday?
  • Qanday qilib funksiya scope’ini boshqa scope’da ishlatish mumkin? (call, apply bind haqida gap ketayapti?
  • Bind metodining qolgan ikkitasidan farqi nimada?
  • Promise nima maqsadda ishlatiladi?
  • Promise’da nechta state bor? Ular qaysilar?
  • Promise va async funksiya orasidagi farq nimada?
  • Qanday qilib bir nechta promise’ni birdaniga handle qilish mumkin?
  • Vaqtiga nol berilgan setTimeout va birdaniga resolve bo’ladigan promise ikkalasidan qay biri birinchi ishga tushadi? Nima uchun?
  • Event Loop nima? U nima ish qiladi?
  • Microtask va Micro queue’lar haqida bilasanmi?
  • TypeScript’da generic type’lar nima uchun ishlatiladi?
  • TypeScriptda class’ning qanday property flag’lari bor?
  • Protected va Private property’lar orasidagi farq nimada?
  • Qanday property’lar inherit bo’ladi, qandaylar yo’q?

Orada, bazi savollarni yozma tarzda ham berdi. Ularni yoza olmadim. Ya’ni kod misol yozib uni qanday ishlashini tushuntirib berishimni so’radi. Microtask, micro-queue va SetTimeout va Promise’dan qay biri birinchi ishlashi haqidagi savollardan tashqari deyarli hammasiga to’g’ri javob berdim. Chunki ikkalasi bir biriga aloqador ekan. Yana ko’plab JavaScript’ga doir savollar bor edi. Esimda qolganini yozdim. Keyin NodeJs savollarga o’tdik. Ular unchalik ko’p bo’lmadi.

  • NodeJs modullari haqida gapirib ber?
  • HTTP moduli bilan tanishmisan? U nima vazifa bajaradi?
  • Process qanday object?
  • process.nextTick va process.setImmediate funksiyalari orasidagi farq nima?
  • Fs moduli nima qiladi?
  • ExpressJs’dagi middleware vazifasi nima?
  • Rest API va GraphQL orasidagi farq nimada?
  • GraphQL’dagi asosiy uchta amal qaysilar?
  • Subscription nima uchun ishlatiladi?
  • Caching haqida bilasanmi?
  • Serverda maxfiy token va key’larni qanday usulda va qayerda saqlagan afzal?
  • SQL va NoSQL orasidagi farq nimada?
  • SQL’da transaksiyalar nima?
  • Qaysi ORM’larni ishlatishni bilasan?

NodeJs’ga doir savollar taxminan shular edi. Esimda qolganlarini yozdim. Suhbatning uchunchi qismida OOP, SOLID, Testing, Design pattern’lar haqida gaplashdik. U uzoq davom etmadi. Garchi suhbatda javob bera olmay qolgan savollarim bo’lsada, judayam ko’piga javob berdim. Keyin javob chiqishini kutdim.

21-oktabr kuni javob chiqdi. Meni intervyuning oxirgi bosqichiga taklif qilishdi. Unda men resurs va proyekt manejerlar bilan gaplashishim kerak edi.

Oxirgi intervyu. Oxirgi intervyuning birinchi qismi qisman HR intervyuga o’xshab ketdi. Avval ular men haqimda, tajribamni, men ishlaydigan loyihalar haqida xoxish va istaklarimni va yana taxminiy kutayotgan oylik maoshimni so’rashdi.

Suhbatning ikkinchi qismida esa, ular meni taklif qilmoqchi bo’lgan loyiha haqida tanishtirishdi. Ular meni shu loyihaga tavfsiya qilishmoqchiligini aytdi va loyihani tushuntirishdi.

Suhbat davomida ular menga yana bir o’zlarini “outstaff” kompaniya ekanligini va ular qanday ishlashini eslatib o’tishdi.

Outstaff kompaniyalar odatda yaxshi kadrlarni test qilib o’zlariga yig’ib olishadi. So’ngra ularga kadr so’rab murojat qilgan boshqa kompaniyalarga kadrni “ijaraga” beradi. Lekin kadrning oylik maoshlarini, sog’lik-salomatlik va hokazolarini o’zlari bo’yniga olishadi. Outstaff kompaniyaga kirayotgan vaqtingiz alohida intervyu jarayoni, kompaniya sizni boshqa kompaniyaga ijaraga berayotgan vaqt yana boshqa intervyu jarayoni bo’lib o’tadi. Lekin u ikkinchisiga tayyorlanishingiz uchun ancha yordam beradi. Sizga qaytadan CV tayyorlaydi. Kurs sotib olib berib o’qitadi va hokazo.

OFFER

Oxirgi suhbatdan so’ng kompaniya menga offer yubordi. Lekin bu oddiy offer emas, conditional offer. Ya’ni meni bir oy davomida tayyorlab, turli kompaniyalarga tavfsiya qilishadi. Agar birortasiga qabul qilinsam, kelishilgan oyligimni olib, ishlab yuraveraman. Agar qabul qilinmasam, kompaniya men bilan bir oydan so’ng xayrlashadi. Lekin bir oylik oyligimni beradi.

https://t.me/donishmand23

Mavzuga oid maqolalar