Ilon Mask Twitter’ning yangi rahbarini e’lon qildi

Ilon Mask ijtimoiy media kompaniyasini ko’plab bahslarga sabab bo’lgan holda egallab olganidan atigi olti oy o‘tib Twitter’ning yangi bosh direktorini tayinladi.

Milliarderning aytishicha, NBCUniversal’ning reklama bo‘yicha sobiq rahbari Linda Yakkarino foyda ko’rishda muammolarga uchrayotgan saytdagi biznes operatsiyalarini nazorat qiladi. U Twitter’da olti haftadan keyin rasman ish boshlashini aytdi.

Janob Mask ijrochi rais va bosh texnologiya direktori sifatida faoliyat olib boradi. “Ushbu platformani hamma narsa topish mumkin bo’lgan ilovaga aylantirish uchun Linda bilan ishlashni intiqlik bilan kutmoqdaman”, deb yozdi u Twitter’da.

O’tgan yili ijtimoiy media platformasini 44 milliard dollarga sotib olgan janob Mask kompaniyani boshqaradigan boshqa odamni topish va e’tiborini o’zining boshqa bizneslariga, jumladan, elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla va SpaceX raketa kompaniyasiga qaratish uchun ko’pchilik tomonidan bosim ostida edi.

Mavzuga oid maqolalar