Sun’iy intellekt haqiqiy qo’shiqchilar ovozidan foylanib qo’shiqlar yaratishi mumkin

Mashhur qo’shiqchi Grimes musiqachilarni yangi qo’shiqlar yaratish uchun sun’iy intellekt yordamida uning ovozini klonlashni taklif qildi. Haqiqiy ismi Claire Baucher bo’lgan pop qo’shiqchi “mening ovozimdan foydalangan holda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan har qanday muvaffaqiyatli qo’shiq uchun 50% gonorarni taqsimlashini” ta’kidladi.

“Men hamkorlik qilgan har qanday san’atkor bilan bo’lgani kabi, bemalol ovozimni ishlatishingiz mumkin”, deb yozdi u tvitterda. Uning bayonoti musiqa sanoati ko’plab san’atkorlarning ovoziga o’xshatib yaratilayotgan bir qancha sun’iy intellekt qo’shiqlariga munosabat bildirish uchun kurashayotgan bir paytda paydo bo’ldi.

O’tgan hafta Universal Music striming xizmatlariga o’zlarining artistlari Drake va The Weekndning soxta vokallaridan foydalangan Heart On My Sleeve nomli qo’shiqni o’chirish uchun muvaffaqiyatli ariza bergan edi. Bayonotga ko’ra “Ijodkorlarimiz musiqasidan foydalangan holda sun’iy intellektni o’rgatish – bu mualliflik huquqi qonunini buzish” ekanligi aytilgan edi. The Verge nashri xabariga ko’ra, Universal trekni YouTubedan olib tashlashga muvaffaq bo’lgan.

Mavzuga oid maqolalar