Spotify o’tgan yili 2030-yilgacha bir milliard foydalanuvchiga ega bo’lish va yillik daromadni 100 milliard dollarga yetkazish rejalarini bayon qilgan edi.
25-aprel kuni aytilishicha, Spotify Technology SA birinchi marta oylik faol foydalanuvchilar soni bo’yicha yarim milliarddan oshib ketdi, bu esa musiqa striming kompaniyasining yanada keng miqyosda shov-biznes bozoriga kirib borishi mumkinligini anglatadi.
Refinitivdan olingan IBES ma’lumotlariga ko’ra, birinchi chorakda oylik faol foydalanuvchilar soni 515 millionga ko’tarilib, Spotify ko’rsatmalari va tahlilchilarning oldinroq tahmin qilgan 500 millionlik bashoratini ortda qoldirdi.
Kompaniya daromadining katta qismini tashkil etuvchi Premium obunachilari 15 foizga oshib, 210 millionga yetdi. Kompaniya ikkinchi chorakda esa 530 million oylik faol foydalanuvchilarni ko’rishi mumkin.
Spotify o’tgan yili 2030-yilgacha bir milliard foydalanuvchini to’plash va yillik daromadni 100 milliard dollarga yetkazish rejalarini ishlab chiqdi. Shuningdek, u podkastlar va audiokitoblardan ham yuqori daromad keltirishni va’da qildi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar