Meta nihoyat foydalanuvchilarga bir nechta qurilmalardan turib bitta WhatsApp akkauntiga kirish imkonini beruvchi anchadan beri kutilayotgan funksiyani ishga tushirdi.
WhatsAppning veb va ish stoli foydalanuvchilari bir nechta qurilmalardan foydalangan holda bitta hisob qaydnomasiga kirishlari mumkin. Meta endi foydalanuvchilarga to’rttagacha miqdordagi smartfon orqali bitta WhatsApp akkauntidan foydalanish imkonini beruvchi yangilanishni namoyish etdi. Shuni esda tutingki, bunday funksiya shu paytga qadar ko’plab dasturlar uchun ishlamoqda edi va hozirga kelib esa doimiy WhatsApp foydalanuvchilari uchun ham xuddi shunday imkoniyati taqdim etildi.
Har bir bog’langan qurilma (to’rtta qurilma ulanishi mumkin) mustaqil ravishda ishlaydi va hatto asosiy qurilmada tarmoqqa kirish imkoni bo’lmasa ham, boshqa qurilmalar xabarlarni qabul qilishda davom etadi. Agar asosiy qurilma uzoq vaqt davomida nofaol bo’lsa, WhatsApp avtomatik ravishda barcha yordamchi qurilmalarda tizimdan chiqadi. To’rtta qo’shimcha qurilma to’rtta smartfon, shaxsiy kompyuterlar yoki smartfonlarning kombinatsiyasini o’z ichiga olishi mumkin.
Meta yangilanish butun dunyo bo’ylab tarqalayotganini va kelgusi haftalarda esa barcha qurilmalarga yetib borishini tasdiqladi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar