Mumbayda Apple: Tim Kuk Hindistondagi birinchi do’konini ochdi

Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning Hindistondagi birinchi chakana savdo do‘konini moliya poytaxti hisoblanuvchi Mumbay shahrida ishga tushirdi.

Ochilish marosimi to’g’risidagi videolarda janob Kuk mijozlarga qo‘l siltab, do‘kon eshiklarini ochayotgani, xodimlar esa qarsak chalib, olqishlayotgani aks etgan. Shuningdek, u do‘konga tashrif buyurgan xaridorlar bilan salomlashgan va ularning ba’zilari bilan selfi ham tushgan.

Janob Kuk 20-aprel kuni Hindiston poytaxt Dehlida ikkinchi do‘kon ochilishida ham ishtirok etishi kutilmoqda. Xabarlarda aytilishicha, odamlar Mumbayga mahalliy musiqa va xalq raqslari namoyish etilgan ochilish marosimida ishtirok etish uchun Hindistonning turli burchaklaridan odamlar kelgan.

Mumbaydagi do’konning dizayni shaharda hamma joyda ko’rish mumkin bo’lgan qora-sariq rangli taksilardan ilhomlanilgan. Shu paytgacha Apple mahsulotlari Hindistonda onlayn yoki tarmoqli sotuvchilar orqaligina mavjud edi xolos.

 

Mavzuga oid maqolalar