Sony World Photography Award 2023: Sun’iy ong tomonidan yaratilgan surat mukofotni qo’lga kiritdi

Yirik fotografiya mukofoti g‘olibi esa o’z asarini aslida sun’iy intellekt yordamida yaratganligini tan oldi va mukofotni qabul qilishdan bosh tortdi.

Germaniyalik ijodkor Boris Eldagsenning “Pseudomnesia: The Electrician” nomli asari o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan Sony World Photography Award mukofotining ochiq ijodiyot nominatsiyasida g‘olib bo’lgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u rasmdan shunchaki tanlovni sinab ko‘rish va fotografiyaning kelajagi haqida munozara yaratish uchun foydalangan.

O’z veb-saytida bergan bayonotida Eldagsen sudyalarga “mening suratimni tanlagani va buni tarixiy lahzaga aylantirgani” uchun  deya minnatdorchilik bildirgan va ulardan birortasi “bu sun’iy intellekt ekanligini bilganmi yoki shubha qilganmi?” deya yozib qoldirgan.

Shuningdek yana u “Sun’iy ong tasvirlari va fotografiya bunday mukofotlarda bir-biri bilan raqobatlashmasligi kerak”, deydi u. “Ular turli xil obyektlar. Sun’iy ong fotografiya emas. Shuning uchun men mukofotni qabul qilmayman.” deb ta’kidlagan.

Mavzuga oid maqolalar