Apple 2025-yilgacha akkumulyatorlarda 100% qayta ishlangan kobaltdan foydalanishni rejalashtirmoqda. U allaqachon mahsulotlarda qayta ishlangan volframdan katta miqdorda foydalanishni boshlab yuborgan va qismlarga ajratishni qo‘llab-quvvatlash uchun ARdan foydalanmoqda.
Xalqaro miqyosda uglerod gazini kamaytirish maqsadlariga erishishga jiddiy e’tibor qaratmoqchi bo’lgan har qanday korxona Apple kompaniyasiga taqlid qilishi mumkin. Chunki Apple tomonidan ishlab chiqilgan barcha batareyalarda 100% qayta ishlangan kobaltdan foydalanishni rejalashtirayotganini e’lon qilindi.
Apple aprel oyi boshida o’zining ta’minot zanjiri bo’ylab qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bo’yicha keng ko’lamli yutuqlarni oshkor qildi va har bir mahsulot e’lonida uglerod neytralligi bo’yicha jarayonni muhokama qilish uchun vaqt ajratishda davom etmoqda.
Ushbu urinishlar kompaniyaning 2030-yilga borib uglerodni neytrallash va oxir-oqibat yopiq ishlab chiqarish tizimini yaratishga qaratilgan ko’p qirrali urinishining bir qismini tashkil qiladi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar