Sun’iy Intellekt: Xitoy texnologik kompaniyasi Alibaba ChatGPT raqibini yaratdi

Xitoyning texnologik kompaniyasi Alibaba o’zining “Tongyi Qianwen” nomli sun’iy intellekt (AI) ChatGPT uslubidagi mahsulotini ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Uning bulutli hisoblash bo‘limi chatbotni “yaqin kelajakda” Alibabaning bizneslari bo‘ylab integratsiyalashini aytdi, biroq uning vaqt jadvali haqida hali ma’lumot bermadi.

So’nggi oylarda butun dunyodagi texnologiya kompaniyalari o’zlarining generativ AI chatbotlarini namoyish qilishdi. Joriy yilning boshida Alibaba ChatGPTga raqib chatbot ustida ishlayotganini ma’lum qilgan edi. Tongyi Qianwen taxminan “minglab savol berib javob izlash” deb tarjima qilinadi.

“Biz generativ sun’iy intellekt va bulutli hisoblashlar tomonidan boshqariladigan texnologik o‘zgarishlar davrida turibmiz”, dedi Alibaba raisi va bosh ijrochi direktori Daniel Chjan Tongyi Qianwen ishga tushirilishi chog‘ida. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ingliz va xitoy tillarida ishlovchi Tongyi Qianwen dastlab Alibabaning ish joyidagi xabar almashish ilovasi DingTalkga qo’shiladi. U yig’ilishlardagi suhbatlarni yozma eslatmalarga aylantirish, elektron pochta xabarlarini yozish va biznes takliflarini tayyorlash kabi qator vazifalarni bajaradi, dedi kompaniya.

Mavzuga oid maqolalar