Googlega egalik qiluvchi Alphabet sho’ba korxonasi 12 oy ichida millionlab buyurtmalarni bajara oladigan dronlarni yetkazib berish tarmog’i texnologiyasi loyihasini ishlab chiqishga umid qilmoqda.
Dronlarni tarmoq sifatida ishlatish samaradorlikni oshiradi, deydi Wing. Ushbu texnologiya Avstraliyaning Logan shahrida sinovdan o’tkazilmoqda, u yerda Wing kuniga 1000 tagacha kichik yuklarni yetkazib beradi.
Kompaniya, shuningdek, Dublinning Lusk chekkasida dronlarni sinovdan o’tkazishni boshladi.
Xabarlarda aytilishicha, Google va boshqa kompaniyalar Transport departamenti hamda Fuqarolik aviatsiyasi maʼmuriyati bilan Buyuk Britaniyada dronlarni yetkazib berishga ruxsat berish qoidalarini kelishish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar