AQSh banklaridan biridagi muammolar moliya sektori uchun yanada kengroq muammo yuzaga kelishidan qo’rqishni keltirib chiqargandan so’ng, butun dunyo bo’ylab banklardagi aksiyalar pasayib ketdi.
9-mart kuni texnologiya startaplari uchun asosiy kreditor bo’lgan Silicon Valley Bank (SVB) aksiyalari o’z moliyasini mustahkamlash rejalarini e’lon qilganidan keyin tushib ketdi.
Bu o’z ta’sirini o’tkazdi va AQShning to’rtta yirik banki bozor qiymatidan 50 milliard dollardan ko’proq zarar ko’rdi.
Osiyo va Yevropadagi bank aksiyalari ham keskin tushib ketdi. Buyuk Britaniya banklari orasida HSBC aksiyalari 4,8 foizga, Barclays esa 3,8 foizga tushdi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar