Meta kompaniyasi Twitter bilan raqobatlashish rejalari ustida ishlamoqdami?

Facebook va Instagramning bosh kompaniyasi Meta mustaqil, matnga asoslangan ijtimoiy tarmoq ilovasi ustida ishlamoqda.

U Twitter va uning markazlashtirilmagan raqobatchisi Mastodon bilan raqobatlasha oladi.

Meta BBCga shunday dedi: “Biz matn yangilanishlarini almashish uchun mustaqil markazlashtirilmagan ijtimoiy tarmoqni o’rganmoqdamiz.”

“Biz ijodkorlar va jamoat arboblari o’z qiziqishlari haqidagi yangiliklarni o’z vaqtida baham ko’rishlari mumkin bo’lgan alohida maydon uchun imkoniyat borligiga ishonamiz.”

Twitterga o’xshash ilova Metaga Elon Mask boshchiligidagi kompaniyadagi mavjud tartibsizlikdan foydalanib qolishga imkon beradi.

Mavzuga oid maqolalar