Google Bard va ChatGPT janggi kundan-kunga kuchaymoqda

Google bosh direktori Sundar Pichai xodimlaridan kuniga 2-4 soat vaqtida chatbotni sinab ko’rishni so’radi.

Bard noto’g’ri javob berganidan keyin Google obro’siga katta zarar yetkazdi. O’shandan beri Google chatbot samaradorligini oshirish ustida tinmay ishlamoqda.

Eng ilg‘or sun’iy ong texnologiyasini joriy qilish poygasi tobora kuchayib bormoqda. OpenAI ning shov-shuvlarga sabab bo’layotgan sun’iy intellekti ChatGPT chatbotiga qarshi javobi sifatida 6-fevral kuni Google ham qidiruv tizimi uchun o‘zining Bard chatbotini taqdim etgan edi.

Kompaniya allaqachon yana Bardni sinovdan o’tkazishni boshlagan. Endi Business Insiderning yangi hisobotida aytilishicha, bosh direktor Sundar Pichai Google xodimlaridan har kuni 2-4 soat vaqtlarini kompaniya chatbotini sinab ko’rishga yordam berishlarini so’ragan.

Mavzuga oid maqolalar