“Freelancer”. Frilanserlik ortidagi million dollar daromad.

Keling avval Frilanser kim ekanligini va u nima ish qilishini ko’rib chiqamiz.
Frilanser deb, biz onlayn, ya’ni masofadan turib “Amerika, Rossiya, Australiya, Turkiya va boshqa davlatlar bilan” ishlaydigan insonlarni tushunsak bo’ladi. Bir vaqtning o’zida onlay va offline ham ishlay olishadi.

Frilanser kim ekanligini va nima ish qilishini bilib oldik endi qanday frilanser bo’lib ishlashni ko’rib chiqsak.

Qilishimiz kerak bo’lgan ishlar ro’yhati:

  1. Frilans platformalar – “saytlar” haqida,
  2. Ro’yhatdan o’tish haqida qisqacha,
  3. Platformada ishlash haqida,
  4. Ishlangan pulni chiqarish.

Frilans platformalar

Frilans platformalarni biz Googlega qidiruv berish orqali ham topishimiz mumkin, lekin men sizlarga o’zim ishlab kelayotgan platformalarni maslahat beraman,
bular: upwork.com, kwork.ru platformalari, hozirgi kunda men bilgan eng yaxshi frilans platformalar bo’lib kelmoqda…!

Ro’yhatdan o’tish haqida

Biz bu platformalarda ishlashimiz uchun, 18+ yosh va biron bir Dasturlash, Grafik dizayn, Video montaj, Kopirayting, va boshqa shu kabi soxani yaxshi mutaxasisi bo’lishimiz va bu soxa bo’yicha portfolio “ishlarimiz” bo’lishi, rus tili yoki ingliz tilini bilishimz kerak bo’ladi!

Platformada ishlash tartibi

Royxatdan o’tib bo’lib biz ishlarni tahlil qilib “tekshirib” chiqishimiz kerak, ya’ni u ish bizga to’g’ri keladimi va bu ishni biz qila olamizmi shuni aniqlab olgandan so’ng u ishga biz taklif yuborsak bo’ladi.

Upwork.com da biz kamida bitta loyiha uchun $5 dan boshlab pul olsak bo’ladi va istasak soatiga ham ishlashimiz mumkin, bunda biz soatiga pul to’lanadigan ishni qidirib topishimiz kerak va u ishni biz olganimizdan so’ng bizga ishlagan soatimizga pul to’lashadi.

Misol uchun deylik mijoz bizga soatiga $5 dan pul to’lanadigan ish taklif qildi va biz u ishni olishga rozi bo’lsak mijoz bizga har bir ishlagan soatimizga $5 dan pul to’laydi, ya’ni 10 soatga $50″.

Kwork.ru da soatiga emas har bir ishga alohida pul to’lanadi. Bita ish uchun kamida 500 rubldan boshlab to’lashlari mumkin va bu ish oson yoki murakabligiga bog’liq.

Ishlangan pulni chiqarish

Upworkdan pul chiqarishimiz uchun bizga payoneer kartasi kerak bo’ladi. Bu kartani biz payoneer.com sayti orqali ochib upworkga ulasak bo’ladi.

Payoneer kartasiga buyurtma berish uchun upworkdan payoneer kartaga kamida $100 pul chiqargan bo’lishimiz kerak undan so’ng bemalol buyurtma bersak bo’ladi. “Karta ochish bepul va karta 1 oy ichida keladi”.

kworkdan esa qiwi, visa, mastercardlarga to’g’ridan-to’g’ri pul chiqara olamiz! Uwpork va kwork biz ishlagan, ya’ni har bir ishimizni pulidan 20% ushlab qoladi. Bunga asosiy sabab, platforma mijoz va bizning o’rtamizda turib to’lovni tasdiqlab, to’lov va xizmat to’g’ri bajarilishiga kafolat bergani uchun 20% oladi. Misol uchun kworkda 500 rublik ish qilsak 400 rubl bizga qoladi!

Frilanserlik qilish bo’yicha video qo’lanmalar: videoni ko’rish.

Keyingi maqolalar, frilansdagi ishlarni to’liq tahlil qilb chiqish va ishlarga cover latter yozish bo’yicha bo’ladi, bizni kuzatishda davom eting!

Mavzuga oid maqolalar