2-Qism. Kerakli kutubxonalar va botni tuzishda samarali yordam beruvchi qolip ”shablon” yuklab olish.
Biz ushbu ob-havo botimizni tayyorlashda “Aiogram” kutubxonasidan foydalanamiz.
“Aiogram” kutubxonasidan foydalanar ekanmiz, menda mavjud shablondan foydalanishingiz mumkin va uni ushbu sahifa dan 2 xil usulda yuklab olishimiz mumkin.
1-usul.
Qizil bilan belgilangan havolani nusxalab olib, “Terminal”ga “git clone ” so’zidan keyin qo’yish orqali yuklab olish mumkin.
“Terminalga” kirish uchun esa klavshlardagi “win+r” tugmalar kombinatsiya orqali ochilgan oynaga “cmd” yoki “powershell” so’zini yozib , enter tugmasi bosish orqali ochib olsa bo’ladi.
Ushbu dastur “Terminal” deb ataladi. Biz buyerda birinchi bo’lib “cd Desktop” deb yozib olganmiz sababi biz ish stoliga kerakli “shablon”ni yuklab olmoqchimiz shuning uchun ish toliga kirib oldik va “git clone https://github.com/RedSpider5/AIOTAM.git ” buyrug’i orqali yuklab oldik.
2-usul.
Belgilangan tugmani bosib shablonimizni zip ko’rinishida yuklab olamiz. Ish stoliga “Zip”dan ochish orqali ko’chirib olamiz.
“Shablon”ni yuklab bo’lgandan so’ng terminal orqali “AIOTAM”papkasi dagi “Tamplate” pakasiga kirib olamiz va “pipenv install –r requirements.txt” buyrug’ini kiritamiz.
Shu orqali virtual muhitimizga kerakli kutubxonalarni o’rnatamiz.
Kerakli kutibxonalarni o’rnatib olganimizdan so’ng bot uchun kodlarni yoza boshlaymiz.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar