“Aiogram” nomli framework orqali Ob-havo ma’lumotlarni ko’rsatuvchi bot tayyorlashni o’rganamiz (3-Qism).

Botning asosiy tuzulishi hamda birinchi buyruqlar.

Barcha kutubxonalarni o’rnatib bo’lgandan so’ng “Code editor” ga kirib shablonimiz papkasini ochib olamiz va birinchi navbatda “.env” faylini yaratib olamiz.

.env” fayli bizga “TOKEN”,”admin id” ni saqlab olish uchun kerak bo’ladi.

admin id” ni olish uchun ushbu bot yordam beradi.

Fayl saqlangandan keyin  “Tamplate” papkasidagi “app.py” faylini ishga tushiramiz.

Ishga tushgandan so’ng “.env” fayldagi “admin id” ga bot ishga tushdi xabari yuboriladi .

Nihoyat endi kod yozamiz. Bizning “shablon”da “echo”, “help” , “start” buyruqlari tayyor qilib yozilgan.

Ularni o’zgartirishingiz mumkin. Buning uchun “handlers/users” papkasiga o’tamiz va endi o’zgartishilar kiritamiz.

Qizil bilan belgilangan qismda qachonki “/ start” bosilganda “Salom” so’zi va foydalanuvchi ismi yuboriladi.

Endi  “/start“ni bosganda bizda ikkita tugma chiqishi uchun yangi fayl ochib ichiga ushbu kodni yozib “keyboards/default” papkasiga “keyboards.py” deb saqlab olamiz.

Endi kodni tushuntirsam. “Aiogram” kutubxonasidan “types”ni chaqirib olamiz va ushbu menyu tugmalrini yaratib olamiz. Tugmalarni yaratishga yaratdik, endi bo’lsa uni botda ko’rsatish kerak.

Endi yana “start” handleriga qaytamiz.

Assalomu alaykum so’zidan so’ng tugmalarni chiqarish buyrug’ini kiritdik.

Tugmalar ishlamoqda. E’tibor bergan bo’lsangiz bu yerda tugmani bosganimizda nima yuborilsa o’sha qaytmoqda bunga sabab “echo handler”imiz ham borligi.

echo handler“da nima yozilsa o’sha qaytib kelishi kodlangan.

Endi bo’lsa biz shu tugmalarga biron bir vazifa yuklashimiz kerak. Misol uchun “about” ni bosganimizda ma’lumot chiqsin deylik. Buning uchun yangi handler yaratamiz uning nomini “search” deya qolaylik. Aynan o’sha handlerning ichiga qidiruv tizimini ham qo’shamiz.

Yangi handlerni yaratib oldik, bu handler ishlashi uchun uni saqlab, “init” faylimizga qo’shamiz .

init” faylga qo’shganda iloji boricha “echo” eng pastda turgani ma’qul. Agar “echo” dan pastga yozib qo’ysangiz u handlerga keladigan ma’lumotlarni “echo” ushlab oladi va “echo handler” ishlaydi.

Biz bo’lsa to’g’ri saqlab oldik va botni ishlatib ko’ramiz.

Ko’rib turganingizday biz tugmaga buyruq kiritdik. Endi bo’lsa huddi shunday qilib ikkinchi tugmaga buyruq kiritamiz.

Botning tuzilishini tayyor qilib oldik. Keyingi qiladigan ishimiz botimizga “state” qo’shib olish.

4-Qism bu yerda: havola.

Mavzuga oid maqolalar