Assalomu alaykum!
Biz sizlar bilan “Aiogram” framework orqali ob-havo ma’lumotlarni ko’rsatib turuvchi bot tayyorlashni o’rganamiz va bu 5 qisimdan iborat bo’ladi:
- “Telegram bot api” va “bot father” bilan tanishuv.
- Kerakli kutubxonalar va botni tuzishda samarali yordam beruvchi qolip ”shablon” yuklab olish.
- Botning asosiy tuzulishi hamda birinchi buyruqlar.
- Botimizdagi jarayonlarni holatlarga tenglashtirib olish.
- Botimiz orqali “API” dan kelgan ma’lumotlarni uzatish.
1-Qism. “Telegram bot api va Bot father bilan tanishuv”
Sizlar bila telegram bot yaratishni o’rganar ekanmiz, avval ularning qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak.
Telegram botlar odatda “Telegram bot api” bilan ishlaydi va “API” ni boshqarish uchun biz “URL”lardan foydalanamiz, ammo “URL” lardan foydalanib botni boshqarish juda noqulay. Buning uchun mahsus kutubxonalar yaratilgan.
Misol uchun “Pytelegrambotapi” ,”Aiogram” yoki “Python-telegram-bot”.
Bu misol keltirgan kutubxonalar “Telegram bot api” ga “URL” orqali murojat qilishadi va telegramdagi bot ni ishlatishadi.
Har bir botda bir xil “Api” bo’ladi, lekin o’sha “Api”ga ulanish uchun bizga “Token” ya’ni kalit kerak bo’ladi.
“Token”ni esa Telegramning maxsus “Botfather”nomli telegram botidan olamiz.
Endi bo’lsi sizlar bilan o’sha “Token” ni olishni o’rganamiz .
Birinchi navbatda botga “/start” buyrug’ini yuboramiz va bot bizga buyruqlar ro’yxatini taqdim etadi.
Ushbu ro’yxatdan esa “/newbot” buyrug’i bosiladi va bot bizdan yangi botingizni qanday nomlashni so’raydi.
Botning nomini yuborgan dan keyin unga “Username” so’raladi. ”Username” @ belgisi bilan boshlanadi lekin siz “Username”ni @ belgisiz jo’natishingiz kerak va siz jo’natgan “Username” mavjud bo’lsa boshqa “Username” o’ylab topishga to’g’ri keladi. To’gri “Username” yuborishingiz bilan u sizga “Api token” taqdim qiladi.
Bot havolasiga o’tib “/start” ni bosib qo’yamiz va bot bizga javob qaytarmaydi. Chunki dastur tuzilmagan!
Biz botni yaratib oldik keyingi qiladigan ishimiz bot “API‘ ga ulanish.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar