📰 Bloomberg muxbiri Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, Apple’ning dasturiy ta’minot muhandisligi va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlari “muqobil” ilovalar do‘konlariga ruxsat berish uchun Apple platformasiga katta o‘zgarishlar kiritmoqda. Ya’ni Apple qurilmalariga boshqa do‘konlardan ilovalarni o‘rnatish mumkin bo’ladi.
Bu mijozlarga Apple nazoratisiz (va 30% komissiya) iPhone yoki iPad-ga ilovalarni yuklab olish imkonini beradi. Bu Apple kompaniyasining App Store siyosatidagi katta o’zgarishlarni anglatadi, chunki u so’nggi Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga rioya qilishga harakat qiladi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar