Neyron tarmog’ini Yandex ilovasida , brauzerda hamda televizorda ishlatish mumkin .”Yandex ”kompaniyasi ”YandexGPT” neyron tarmog’i ”Alisaga” kiritdi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi .
- Natijada tarmoq mavzuni tushunib ,odam kabi matn yozishni va g’oyalarni taklif qilishni o”rgandi .Kompaniyaning ta’kidlashicha , ”YandexGPT” super kompyuterlarda ikki bosqichda o’qitilgan.
Dastlab ,unga kitoblar va internetdagi ommaviy matnlar ko’rsatildi,undan keyin ”mazmunli va yaxshi yozilgan javoblarning yuz minglab misollari ” o’qitilgan .Ta’kidlanishicha, ”Yandex” xodimlari neyron tarmog’ini o’qitish uchun 36 mingta matn yozgan.
”Yandex” yangi avlod neyron tarmoqlarni o’zining boshqa mahsulotlariga , birinchiu navbatda , qidiruv tizimga kiritmoqchi.
Avvalroq ”Google” qidiruv tizimini sun’iy intellekt bilan birlashtirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar