ChatGPT yordamida qilishingiz mumkin bo’lgan 11 ta narsa

Sun’iy intellektga asoslangan chatbotlardan foydalanish juda qiziqarli, shunday emasmi? Ammo ChatGPT sizga ko’plab vaziyatlarda amaliy yordam berishi ham mumkin.

Sun’iy intellekt qurilmalari so’nggi bir necha yil ichida yuqori tezlik bilan rivojlanishda davom etmoqda.  AI (Sun’iy intellekt) yozish vositalari, AI matnni tasvirga aylantirish generatori va hattoki AI avtoportretlari  bizni g’oyatda hayratda qoldirmoqda. ChatGPT esa Internet olamini qisqa muddatda xuddi shiddatli shamoldek tezlik bilan egallab oldi va texnologiyalardan foydalanishning yuqori bosqichga olib chiqdi.

Ko’pchilik ChatGPT haqida eshitgan, ammo undan qanday qilib amaliy foydalanish lozimligini bilmasligi mumkin. Biz esa sizga ChatGPT dan foydalanishning 11 usulini taqdim etamiz.

Agar siz  ChatGPT haqidagi shov-shuvli xabarlarni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz yoki hali ham uning nima ekanligini aniq bilmasangiz, sizga u haqida qisqacha tushuncha beramiz. ChatGPT – bu sun’iy intellektga asoslangan suhbatdosh bo’lib , u siz bergan har qanday savolga javob bera olish kuchiga ega.

Siz buni Google qidiruvi deb o’ylashingiz mumkin, ammo u sizga Google kabi bir qancha ma’lumot manbalarini shunchaki tashlab qo’ymaydi. U savollaringizga javob berishda xuddi odam singari javob berishga harakat qiladi. Bundan tashqari, u deyarli har qanday sohadagi savollarga javob berishi mumkin: Ilm-fan, matematika, din, sport, siyosat va shu kabi.

1. Rezyume va muqovali xat tayyorlash

Agar siz hozirda ish qidirayotgan bo’lsangiz, ishga ariza berish jarayonining eng charchatadigan qismlaridan biri siz murojaat qilgan har bir ish uchun shaxsiy rezyume va muqovali xat yozishdir. Afsuski, har bir ish uchun alohida-alohida nusxa yoza olmaysiz. ChatGPT – rezyumeni onlayn qilishning eng tezkor usullaridan biri . Bu sizga bir necha soniya ichida har bir ish e’loni uchun maxsus rezyume tayyorlab berishi mumkin.

ChatGPT dan texnologiya sohasiga ishga kirish bo’yicha ariza berish uchun rezyume yozish so’raldi va natijaning bir qismini quyida ko’rishingiz mumkin. ( Savollar Ingliz tilida so’ralgan, shuning uchun, ChatGPT ham inglizchada javob bergan.)

Shuningdek, undan Modalar bo’yicha dizayn firmasida veb-dasturchi vazifasi uchun ishga ariza berishga muqovali xat tayyorlashni taklifi so’ralgan.

2. Haqiqiy hazillar yaratish

Birozgina kulgusiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Chin dildan kulishni xohlaysizmi yoki do’stlaringizni hayratda qoldirish uchun kulgili hazillar yaratmoqchimisiz, unda ChatGPT siz uchun foydali bo’lishi mumkin. Albatta, AI chatbotlari ajoyib komediyachilar kabi ekanligi borasida sizda shubhalar paydo bo’lishi mumkin, lekin ChatGPT ba’zi imkoniyatlarni sizga ko’rsata oladi. ChatGPT dan Apple va yig‘iladigan smartfonlar haqida hazil aytib berishni so‘raldi. Biz sizga natijalarni quyidagi rasm orqali o’zingiz baholashingizga ruxsat beramiz:

Hazil: Apple kompaniyasi nega yig’iladigan smartfonlar ishlab chiqarmayapti?

Chunki ular narxlarni qanday qilib yig’ib olishni bilishmayapti!

3. Murakkab mavzularni tushuntirish

Ba’zida mavzularni shunchaki Google orqali qidirish sizga aniq tushuncha bermasligi mumkin. Magistrlik dissertatsiyangizdagi qurt teshiklari, qorong’u materiya va boshni aylantiruvchi barcha nazariyalar kabi murakkab mavzular haqida bir o’ylab ko’ring. Siz o’zingiz xohlagan va sizga tushunarli bo’lgan usulda yozilgan ma’lumotlarni topishingiz mushkul. Shunday emasmi?

ChatGPT esa ularni oddiy tilda tushuntirishda ancha foydali bo’lishi mumkin. ChatGPT dan 5 yoshli bolaga qurt teshigi to’g’risida tushuntirishi kerakligi so’ralgan va natijani quyida ko’rishingiz mumkin:

Internetdan ham xuddi shunday tushuntirish so’raldi. Natija esa yomon emas.

4. Murakkab matematik masalalarni bosqichma-bosqich yechish

Siz murakkab algebra masalalarini yoki yechish uchun juda qiyin bo’lgan oddiy matematik muammolarni hal qilmoqchi bo’lsangiz, ChatGPT sizga ajoyib yordamcha vazifasini o’tashi mumkin. Eng yaxshi natijalarga erishish uchun muammolaringizni aniq va qisqacha bayon qilishingiz kerak bo’ladi. ChatGPT dan oddiy, ammo qiyin matematik masalaga javob berishni taklif qilindi va natija mana:

5. O’zaro munosabatlar bo’yicha maslahat so’rash

ChatGPT, har qanday AI tizimi kabi, his-tuyg’ularni aniq tushuna olmaydi. Biroq shunday bo’lsa ham u do’stlar, oila va yaqinlar bilan munosabatlarni boshqarishingiz uchun foydali maslahatlar berishi mumkin. Agar siz to’g’ri maslahat bersangiz, bu sizning shaxsiy terapevtingiz yoki munosabatlar bo’yicha mutaxassis bo’lishi mumkin. ChatGPT dan norozi sherik bilan muomala qilishda yordam so’rashgan va u shunday javob bergan:

6. Deyarli har qanday janrda musiqa yozish

ChatGPT ning eng kuchli tomonlaridan biri bu “o’rganilgan ijodkorlik” dir. Ba’zi sun’iy intellekt yechimlaridan farqli o’laroq, ChatGPT shunchaki ruhsiz robot tushunchalari bilangina shug’ullanmaydi. Shuningdek, u ijodiy ishlarda, jumladan musiqa yozishda ham ancha yaxshi natijalarni ko’rsatmoqda. Ko’pincha asosiy musiqa janrlarida deyarli har qanday qo’shiqni yozishingiz mumkin. ChatGPT dan Elon Maskga bag’ishlangan rep qo’shig’ini yozish taklif qilindi va uning javobining bir qismi bilan tanishing:

7. Kodlarni yozish, tuzatish va tushuntirish

Tajribali dasturchi bo’lasizmi yoki yangi boshlovchi bo’lasizmi, vaqti-vaqti bilan kodingizda bir nechta xatolarga duch kelishingiz mumkin. ChatGPT sizning kodingizdagi muammoni toraytirishga yordam beradi va noto’g’ri joylashtirilgan vergulni qidirish uchun sarflaydigan vaqtingizni tejaydi. Bundan tashqari, noldan boshlab funksional kod parchalarining butun bloklarini yozishingiz ham mumkin. Biroq ChatGPT kodini ishlab chiqarish serveriga joylashtirish unchalik yaxshi fikr bo’lmasligi mumkin.

ChatGPT dan PHP da oddiy shakllar bilan ishlash skriptini yozish taklif qilingan va natija mana:

8. Ko’p tillarda kontent yaratish

Agar siz kengroq auditoriyani qamrab olishni xohlaydigan kontent yaratuvchisi bo’lsangiz, ChatGPT ko’p tillarda kontent yaratish uchun juda foydali bo’lishi mumkin. Albatta, Google Translate bor , lekin bir tilda yozish va boshqa tilga tarjima qilish juda koʻp konteks va tilga xos ohanglarni yoʻqotishi mumkinligini anglatadi. ChatGPT to’g’ridan-to’g’ri bir nechta tillarda kontent yaratishi mumkin. ChatGPT dan Ingliz va Xitoy tillarida she’r yozish taklif qilingan va natija mana:

9. Ish bo’yicha suhbatga tayyorlanish

Bir necha sohalarda boy bilimga ega bo’lgan ChatGPT ish suhbatiga tayyorgarlik ko’rishga yordam beradigan eng yaxshi AI vositalaridan biridir. Siz undan ish intervyusida faraziy ssenariylarni, mumkin bo’lgan savollarni, mumkin bo’lgan savollarga aqlli javoblarni va boshqa ko’plab foydali intervyuga tayyorgarlik bo’yicha maslahatlarni yaratish uchun foydalanishingiz mumkin. Suhbat davomida biz taxminiy vaziyat yaratdik va ChatGPT dan yordam so‘radik. Mana natija:

10. Deyarli har qanday mavzuda insholar yozish

Biz sizga insholaringizni o’zingiz yozishingizni qat’iy tavsiya qilsak-da, ChatGPT turli mavzularda, hatto eng murakkab mavzularda ajoyib insholar yozishi mumkin. Biz ChatGPT ni Donald Tramp haqida insho yozishga undadik va natija mana:

11. Suhbatdosh

ChatGPT AI chatboti ekanligini unutmang! Deyarli cheksiz foydalanish holatlariga qaramay, siz suhbatlashish uchun kimdir (yoki robot) kerak bo’lganda, ChatGPT sizga juda qulay hamroh bo’ladi. Siz u bilan suhbatlashishingiz mu mumkin. U nafaqat ilmiy savollaringizga, balki kundalik gaplaringizga ham javob qaytara oladi. U bilan istalgan mavzuda suhbatlashishingiz mumkin.

ChatGPT aql bovar qilmaydigan darajada aniq AI chatboti bo’lsa-da, u hali ham ba’zi noaniqliklarga moyil. Garchi uning noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish tezligi tashvishlantirmasa ham, ChatGPT taqdim etgan ma’lumotni ishlatishdan oldin tekshirish muhimdir.

Ehtiyot chorasi sifatida shuni tavsiya qilishimiz joizki, ChatGPT tomonidan yaratilgan maʼlumotlardan jiddiy tekshiruvsiz sogʻliq yoki moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun foydalanmang. ChatGPT haqiqatan ham hayotimizni o’zgartira oluvchi AI mahsuloti bo’lsa-da, u hali ham davom etayotgan jarayondir.

Mavzuga oid maqolalar