SpaceX: Ilon Maskning shaxsiy kosmik parvozlar kompaniyasi

2001 – 2006-yillar:

Keling, siz bilan dastlabki yillarga qaytamiz va SpaceX kompaniyasi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Ilon Mask kosmosni mustamlaka qilishga ishtiyoqli bo’lgan shaxslardan biridir va u odamlarni Marsga ko’chirishni ham istashi haqida ham ko’p eshitganmiz. 2001-yilgacha Mask xususiy kosmik kompaniya ochish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘ldi. Paypalni Ebayga sotgandan so’ng u 200 million dollarga yaqin daromad topdi. Bu juda katta pul edi, lekin koinotga raketalarni jo’natish haqida gap ketganda, bu albatta juda kichik miqdorga aylanadi.

O’sha paytda Marsga borish g’oyasiga jamoatchilik unchalik ham qiziqish bildirmasdi, lekin Mask o’zining “Mars Oasis” loyihasini boshlaganida, bu imkoniyatni haqiqatga aylantirdi, bu g’oya haqiqatan ham jamoatchilikni hayratga soldi.

Maskga kerak bo’lgan Marsga uchadigan raketa 65 million dollarga tushdi, bu byudjetdan ko’proq edi va shuning uchun u raketani o’zi qurishga qaror qildi. Raketalarni mustaqil o’z zavodida qurish g’oyasi 2002-yilda SpaceX ning yaratilishiga olib keldi.

Falcon 1 (Yulduzlar urushidagi Mingyillik lochin nomi bilan atalgan) SpaceX tomonidan yaratilgan birinchi raketa edi. Dastlab raketani uchirishda bor-yo’g’i uchta xodim ishlagan, ammo bu raketa harbiy sun’iy yo’ldoshni joylashtirish uchun ishlatilgani evaziga AQSh dengiz tadqiqot laboratoriyasidan homiylik olgandan keyin yuz bergan.

2008-yilga qadar Falcon 1 ba’zi muvaffaqiyatsizliklariga qaramasdan muvaffaqiyatli ishga tushirildi. AQSh havo kuchlari akademiyasi bu loyihaga hamkorlik qildi. Taxminlarga ko’ra, ular Falcon Sat 2 ni ishga tushirish uchun atigi 7 million dollar hissa qo’shgan, bu hamkorlikdan ularning maqsadi talabalari kosmosda turli tajribalarni sinab ko’rishlari uchun edi. Shuning uchun SpaceX 100 million dollar atrofida qarz olgan edi. Bundan tashqari, 2006-yilda Falcon 1 raketasi okeanga qulashi bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

2006 – 2009-yillar:

Biroq NASA ularga Falcon 9 va Dragon kapsulalarini ishlab chiqish uchun 278 million dollar berganida, kompaniya omon qolishga erishildi. Ushbu yirik loyihalarga o’tishdan oldin, ular Falcon 1ni muvaffaqiyatli ishga tushirishlari kerak edi. Ular 2007-yilda yana uchishga harakat qilishdi va garchi raketa orbitaga chiqa olmagan bo’lsa ham, ular o’sha sinovni  muvaffaqiyat deb bilishdi, chunki ular 4 yarim daqiqa davomida osmon bo’ylab yuqoriga ko’tarilganida katta hajmdagi ma’lumotlarni to’plashga muvaffaq bo’lishdi.

SpaceX orbitaga yaqinlashayotgani haqidagi xabar NASA, AQSh Mudofaa vazirligi va Celestis (ikkinchisi kulni kosmosga yuboruvchi kompaniya) tomonidan yanada katta qiziqish uyg’otdi. Falcon 1ni uchirishdagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin SpaceX qiyinchiliklarga uchrashni boshladi. Agar raketa keyingi urinishda ham muvaffaqiyatli uchirilmasa, kompaniya yopilishi kerak edi. Ilon Mask o’sha paytda o’ziga juda ishongan bo’lishiga qaramy, ammo u o’shandan beri bu uning hayotidagi eng og’ir yil ekanligini aytgan. Uning avtomobil kompaniyasi Tesla ham yaxshi ishlamayotgan edi o’sha davrda.

Falcon 1 uchirilishida o’zgartirilishi kerak bo’lgan yagona jihati ajratishdagi kechikish bo’lganligi sababli, keyingi uchirish bir necha haftadan so’ng 2008-yil 28-sentyabrda bo’lib o’tdi. Yaxshiyamki bu safar missiya muvaffaqiyatli o’tdi.

2009 – 2012-yillar:

Keyingi jiddiy e’tibor Falcon 9 ni uchirishga qaratildi. U Falcon 1 ga qaraganda ancha katta raketa edi va ancha katta yuk ko’tara olardi. Ular o’z operatsiyalarini AQSh harbiy bazasiga ko’chirishdi, ammo Falcon 9 ning ishga tushirilishi birinchi Falcon 1 uchirilishi bilan bir xil natijaga erishmasligiga ishonch hosil qilish uchun ko’p tekshiruvlardan o’tishlari kerak edi. 2010-yil may oyida ular Falcon 9 ni birinchi urinishlarida muvaffaqiyatli ishga tushirishdi. Yagona muammo shunda ediki, noma’lum sabablarga ko’ra orbitaga chiqqandan so’ng Dragon kapsulasi (u Falcon 9 tomonidan orbitaga chiqarilgan) aylanib ketdi. Ammo bu keyinchalik tuzatildi.

Buning ortidagi haqiqiy muvaffaqiyat tarixi SpaceX ushbu loyihani qanchalik tejamkorlik bilan amalga oshirishga qodirligini ko’rsatdi. NASA ularga xuddi shunday qilish qanchaga tushishini hisoblab chiqqan edi, biroq SpaceX buni 5 baravar arzonga amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi. Boshidanoq bu ularning muvaffaqiyatiga sabab bo’lgan. SpaceX dan oldin kosmik sanoati faqat yirik davlat korporatsiyalari uchun ochiq bo’lib tuyulardi.

Dragon kapsulasi manevrlar qilish orqali o’zining funksionalligini namoyish etdi. Keyin esa dekabr oyida Dragon kapsulasini olish uchun yana bir Falcon 9 yuborildi. Bu jarayon mukammal o’tdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so’ng, ular kelgusi bir necha yil ichida o’zlarining keyingi rejalari haqida e’lon qilishdi. Bunga ular 2013-yilda uchirmoqchi bo‘lgan Falcon Heavy va Grasshopper raketasi kiradi. Grasshopper Yerga vertikal qo’nishni amalga oshirish uchun yaratilgan edi. Nafaqat bu, balki NASA ham ularga Xalqaro kosmik stansiyaga yuk tashlashga ruxsat berdi (agar ular ko‘plab tekshiruvlardan o‘tgan bo‘lsa). Ular Xalqaro kosmik stansiyaga ulanishga muvaffaq bo’lishdi va bu ishni amalga oshirgan birinchi xususiy kompaniyaga aylandi.

2012 – 2015-yillar:

Dragon 2 SpaceX ufqidagi navbatdagi loyiha edi. Aslini olganda, u Dragon kapsulasini olib, yettita astronavtni Xalqaro kosmik stansiyaga olib borishi uchun o’zgartirdi. Red dragon ularning yana bir missiyasi edi: Marsga qo’nish qobiliyatini sinab ko’rish (hali bortda odamlar bilan emas!). SpaceX raketa dvigatellariga ba’zi katta o’zgarishlar kiritdi. Endi ularning raketa dvigatellari oddiy bo’lib tuyulishi mumkin, ammo o’sha paytda ular uchun juda katta muvaffaqiyat edi. Ular, shuningdek, o’zlarining yoqilg’i turlarini yaratdilar.

Grasshopper (biz yuqorida aytib o’tgan edik) hech qachon kosmosga chiqish uchun mo’ljallanmagan. U shunchaki baland balandroq uchishi va vertikal qo’nishni amalga oshirishi kerak edi. 2013-yilning 7-martida u xover-slam qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin bir oy o’tgach, u 250 metr balandlikka (kuchli shamolda) uchdi va vertikal qo’nishga erishdi. U qayta-qayta sinovdan o’tkazilib, har safar nafaqat vertikal qo’nishni, balki havoda yonboshlab turishga ham muvaffaq bo’ldi.

Keyin ular Dragonfly uchun dengiz barjasini yaratdilar, bu Grasshopper-ning qo’nish uchun edi. Birinchi urinishda raketa barjaga qulab tushdi, ammo bunday kichik qo’nish nishoni uchun u muvaffaqiyatli bo’ldi deb aytish mumkin edi. Yana ikkita Dragonfly raketasi muvaffaqiyatsiz tugadi. Eng so’nggisi noto’g’ri materialdan qilingan (bu havoda portlab ketishiga olib kelgan) kichik raketa edi. 2015-yil 23-noyabrda Blue Origin koinotga muvaffaqiyatli uchib, vertikal qo‘nish orqali qaytib keldi.

2015 – 2020-yillar:

SpaceXning navbatdagi yirik loyihasi Starship bo’lgan. Nihoyat, Elon Maskning orzulari ushala boshladi. Starshipning manzili Mars edi! Starship zanglamaydigan po’latdan yasalgan edi (bu ham foydalanish uchun juda amaliy metall) va juda ajoyib ko’rinardi. Marsga qo’nish – bu loyihaning eng qiyin jihatlaridan biri edi. Rejaga ko’ra, ularning tezligini pasaytirish uchun paraşhyutchi kabi qo’nish kerak bo’lgan.

Yoqilg’i quyish – siz Marsdan uzoqda bo’lganingizda yana bir muammoligi shubhasiz. Ko’zda tutilgan yechim ikkita raketani uchirish edi va ulardan biri ikkinchisiga yoqilg’i olib boradi. Elon Mask nafaqat Marsga, balki Saturnga ham tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etdi. 

2020 – Hozirga qadar:

Dragon ekipajining Xalqaro kosmik stansiyaga birinchi parvozi 2020-yil 30-may kuni bo‘lib o‘tdi. Bu xalqaro sarlavhalarga aylandi, chunki u XKSga astronavtlarni uchirish bo‘yicha birinchi xususiy kompaniya bo‘ldi. Falcon 9 va Falcon Heavy: 100 000 kg yukni past Yer orbitasiga ko’tara oladigan Super Heavy Starship uchun ham yangilanish e’lon qildi. Bortda yuqorida aytib o’tilgan Starship bo’lardi, u keyinchalik Yer, Mars va Oy o’rtasida transport vositasi sifatida qayta ishlab chiqilgan. Asosiy maqsad – Marsda ham, Oyda ham bazalar yaratish hisoblanadi.

2023-yilda yaponiyalik tadbirkor Maezava Yusaku hamda ayrim rassomlarni olib ketish rejalari bor edi. Elon Mask hatto 2025-yilda Marsda yashaydigan odamlarni uchirishni rejalashtirmoqda. Yaqinda SpaceX o‘zining yana 60 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi. Ushbu loyiha dunyoni ishonchli va arzon internet bilan ta’minlashga qaratilgandir. 

Foydalanilgan manba: https://www.underluckystars.com/blog/the-history-of-spacex/

Mavzuga oid maqolalar