AQSh avtomobil bozori Ford, Honda va Chevrolet kabi taniqli avtomobil ishlab chiqaruvchilari sababli butun dunyo bo’ylab mashhur. Biroq ular orasida bir kompaniya boshqalaridan sezilarli darajada ajralib turadi: bu esa elektr orqali harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqarayotgan Tesla Motors ( TSLA ) kompaniyasidir. Tesla va uning bosh direktori Elon Mask 2012-yilda eng yaxshi avtomobili hisoblanuvchi Model Sni chiqarganidan so’ng shuhrat qozongan.
Tesla mashinalarining ishlab chiqarilishi bu kompaniyani aynan shu davrda yanada rivojlanayotgan boshqa mashhur kompaniyalar qatoriga qo’shdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, u avtomobil xaridorlari orasida ham mashhurlikka erishdi. Narxi 89 490 dollardan boshlanadigan zamonaviy hashamatli sedan Model S elektrda harakatlanuvchi mashinalar orasida eng yuqori o’rinlarni egallay boshladi. 2013-yilda Model S premyerasi bo‘lib o‘tdi. Maxsus tajriba davomida elektr tokiga ulangan Tesla avtomobili Consumer Reports tomonidan 100 balldan 99 ballga yaqin ball oldi va natijada bu mashina “Hozirga qadar sinovdan o‘tgan eng yaxshi mashina” deya nom oldi.
2014-yil sentabrida avtomobil AQShda bir oy ichida 2500 dona sotildi va barcha davrlardagi sotuvlar rekordini oʻrnatdi. 2015-yilning 1-choragida sotuvlar 10 030 donaga yetdi va yana rekord yangilandi. Hozirda u elektromobil dunyosining asosiy qismi hisoblanadi. 2022-yil 4-mart holatiga ko‘ra kompaniyaning bozor kapitallashuvi 909,6 milliard dollarni tashkil etdi.
Tesla Motors tarixi
Ko’pchilik o’ylaganidek, Tesla bir kechada muvaffaqiyat qozonmagan. Kompaniya 2003-yilda Kremniy vodiysining ikki muhandisi Martin Eberxard va Mark Tarpenning tomonidan tashkil etilgan bo’lib, ular “elektr transport vositalari benzinli avtomobillarga qaraganda yaxshiroq, tezroq bo’lishini va haydash yanada qiziqarliroq bo’lishi mumkinligini isbotlamoqchi edilar.”
Kompaniyaning paydo bo’lishi 1990-yilga borib taqaladi, Tarpenning o’sha paytda “Wyse Technology” muhandisi bo’lgan Eberxard bilan tanishgan va do’st bo’lishgan. Ularning umumiy jihatlari juda ko’p edi, jumladan, ulardagi endi ochilayotgan yangi kompaniyalarga bo’lgan ishtiyoq sababli ular 1998-yilda “Rocket electron” kitobini nashr qilgan “NuvoMedia” kabi kompaniyalarni ishga tushirishdi.
Avtomashinalarga bo’lgan ishtiyoq Eberxardda sport mashinasini sotib olishga qaror qilganidan keyin paydo bo’ldi. U “AC Propulsion” nomli elektromobil ishlab chiqaruvchisiga sarmoya kiritgandan so’ng elektromobillar sanoatiga kirishni o’ylay boshlagan.
2001-yilda Eberxard va Tarpenning Stenford universitetida “Mars jamiyati” nutqida Ilon Maskning nutqini eshitgandan keyin u bilan uchrashishgan. O’sha paytda Mask allaqachon muvaffaqiyatli startaplarga ega shaxs edi. 1998-yilda Mask, Piter Til va Maks Levchin PayPal onlayn toʻlov tizimiga asos solishgan, keyin esa 2002-yilda uni eBay ga sotishgan. Ajablanarlisi shundaki, Mask bu sotuvdan 165 million dollarlik daromad ishlab topdi. Ko’p o’tmay, Mask ilg’or raketalar va kosmik kemalarni loyihalash, ishlab chiqarish va uchirish bilan shug’ullanadigan Space X kompaniyasini ishga tushirdi.
Tesla rasmiy ravishda 2003-yilda kuchli, chiroyli va nol darajadagi gaz ishlab chiqaradigan elektromobil ixtiro qilish maqsadida tashkil etildi. 2004-yilda kompaniya Venchur kapital firmalari bilan sarmoya kiritishning ilk bosqichlaridan o’tishdi. Mask moliyalashtirishning dastlabki bosqichini boshqardi va tez orada direktorlar kengashi rahbari bo’ldi. Kompaniyaning sarmoyadorlari orasida do’stlar, oila a’zolari va bir qancha VC firmalari, jumladan Valor Equity Partners ham bor edi.
Tesla bosh direktori: Elon Mask
Elon Mask Tesla kompaniyasining yuziga aylandi va uni kompaniya asoschisi deb adashdi. Mask aslida Janubiy Afrikada tug’ilgan muhandis sifatida o’qigan Kanada-Amerikalik hisoblanadi. U Pensilvaniya universitetida fizika va iqtisod bo’yicha ikki tomonlama fan bakalavr darajasini olgan. Shuningdek u tadbirkor va ixtirochi hamdir. 1995-yilda Mask Stenfordning amaliy fizika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga o’qishga kirdi. Ammo dasturni tark etdi. Chunki u qayta tiklanadigan energiya resurslari hamda koinot sohasidagi biznes harakatlariga ko’proq e’tibor qaratishni xohladi.
Ko’p o’tmay, u bir nechta kichik muvaffaqiyatli kompaniyalarni, shu jumladan, Zip2 onlayn nashriyot kompaniyasini ishga tushirdi.
Tesla Motors: dastlabki yillarda
2004-yildan 2008-yilgacha bo’lgan davrda Tesla sezilarli darajada o’sdi va o’zining birinchi avtomobili The Roadsterni ishlab chiqardi. Kompaniya Fremontda (Kaliforniya shtati) o’zining ishlab chiqarish zavodini ochdi, 5,3 million kvadrat futli bu zavod ilgari Toyota va General Motorsga tegishli edi. Zavod Nummi nomi bilan tanilgan, u ikkita bo’yoq uskunasi va 1,5 milya bo’lgan yig’ish liniyalarini o’z ichiga oladi.
2008-yilda Mask kompaniyaning bosh direktori va mahsulot yaratuvchisi boʻldi. (2022-yilning mart oyi holatiga koʻra hozir ham Mask bu mavqeni egallab turibdi.) Oʻsha yili Tesla oʻzining birinchi avtomobili Roadster sportmashinasini chiqardi. “Bu shunchaki avtomobil emas, balki yo’ldagi eng kuchli avtomobillardan biri”, deb yozadi “Car and Driver.”
Tesla Motors: hozirgi kunda
Tesla o’zining muvaffaqiyat siri sifatida elektromobillarni yaratish va elektr transport vositalarining (EV) quvvat tizimi hamda komponentlarini yaratishga e’tiborini qaratishda davom etmoqda. 2021-yil holatiga ko’ra, kompaniya 438 ta do’kon va galereya, 100 ta xizmat ko’rsatish markazlari va 3100 dan ortiq joylarda 30 000 dan ortiq Superchargerlar (zaryadlovchi portallar) tarmog’iga ega.
Tesla Model S ishlab chiqarishda davom etar ekan, mijozlar bazasini kengaytirish uchun yangi modellarni ham ishlab chiqarmoqda. Boshqa modellarga arzonroq Model 3 sedani, SUV uslubidagi Model X va krossover Model Y kabilar kiradi.
Tesla Motors strategiyasi
Hozirgi kundan-kunga rivojlanayotgan zamon bilan hamnafas bo’lish uchun Tesla kengroq iste’molchilarga mo’ljallangan yangi takliflarni ishga tushirishga e’tibor qaratadi. Xalqaro bozorda raqobatbardosh bo’lish maqsadida Tesla Motors o’z faoliyatini AQSh va Xitoyda ham global miqyosda kengaytirdi.
Lityum-ion batareyalar paketlari xarajatlarini kamaytirish uchun Tesla va asosiy strategik hamkorlar Panasonic Nevada shtatida Model 3, batareya paketlari va energiya saqlash mahsulotlarini ishlab chiqaradigan Gigafactoryni qurdilar.
Tesla Motors kelajagi
Elektr avtomobillar bozori o’sib bormoqda, Mercedes Benz va BMW kabi hashamatli avtomobil ishlab chiqaruvchilari rivojlanishda davom etmoqda. Tahlilchilarning bashoratlariga ko’ra, 2030-yilga borib elektr transport vositalarining global sotuvi barcha yangi avtomobillar sotuvining taxminan 29,5 foizini tashkil qiladi.
Teslaning uzoq muddatli muvaffaqiyati ko’pchilikning taxminidir deb aytishimiz mumkin. Ammo hamma ham bunday fikrda bo’lmagan, masalan, 2014-yil dekabr oyida Morgan Stanley avtotahlilchisi Adam Jonas kompaniya 2020-yilga borib 500 000 ta avtomobil ishlab chiqarish maqsadining 40 foiziga ham yeta olmaydi deb bashorat qilgan edi. Biroq Tesla 2020-yil oxirigacha 510 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqardi va bu orqali esa kompaniya o’z maqsadini hatto 2 foizga oshirishga erishdi.
Xulosa sifatida:
Tesla Motors asoschilari kimlar?
Ehtimol Tesla Motors bilan bog’liq eng ko’zga ko’ringan shaxs Elon Maskdir. Biroq kompaniya 2003-yilda amerikalik muhandislar Mark Tarpenning va Martin Eberxard tomonidan tashkil etilgan.
Tesla Motors qachon tashkil topgan?
Tesla Motors 2003-yilda elektromobil ishlab chiqaruvchisi sifatida tashkil etilgan. Uning birinchi mahsuloti – Roadster 2008-yilda taqdim etilgan.
Tesla qachondan mashinalar ishlab chiqarishni boshladi?
Tesla 2003-yilda ishga tushirilgan va 2008-yilda o’zining birinchi avtomobilini chiqargan. Bu vaqt oralig’ida Tesla o’z faoliyatini tadqiqot va ishlanmalarga hamda birinchi mahsulotini ishlab chiqarishga qaratgan.
Tesla qachon mashinalar sotishni boshladi?
Tesla 2008-yilda avtomobillar sotishni boshlagan.
Tesla Motors qanchalik muvaffaqiyatli?
Tesla Motors 900 milliard dollardan ortiq bozor kapitallashuvi bilan elektromobillar bozorida yetakchiga aylandi.
Foydalanilgan manba: https://www.investopedia.com/articles/personal-finance/061915/story-behind-teslas-success.asp
Eng ko’p o’qilgan maqolalar