Microsoft kompaniyasi haqida siz bilmagan 10 ta hayratlanarli fakt

Microsoft kompaniyasi butun dunyo bo’ylab tanilgan bo’lsa-da, ammo hali hanuz kompaniyaning ko’pchilikka noma’lum bo’lgan jihatlari mavjud. Biz sizga ulardan ba’zilarini ulashishga harakat qilamiz.

Microsoft qiziqarli faktlarga boy tarixga ega dunyodagi eng taniqli kompaniyalardan biridir. Microsoftning eng mashhur dasturiy mahsulotlaridan biri Microsoft Office ilk marotaba Macda o’zining debyutini qilganini bilasizmi? Yoki original aqlli soat, Timex Datalink Microsoft bilan hamkorlikda ishlab chiqilganichi? Sizni ajablantirishi mumkin bo’lgan Microsoft haqida ba’zi qiziqarli faktlar bilan tanishing.

1.Microsoft dastlab birozgina boshqacha nom bilan tanilgan

Bir nechta kompaniya nomlari Microsoft kabi taniqli hisoblanadi. Biroq kompaniya dastlab kompaniya asoschilaridan biri Pol Allen tomonidan Micro-Soft nomini oldi, bu mikrokompyuter va dasturiy ta’minot so’zlarining birikmasidan iborat bo’lgan.

2.Birinchi Microsoft logotipi bir kundan kamroq vaqt ichida yaratilgan

Microsoft ko’p yillar davomida bir nechta turli xil logotiplarga ega bo’lib, ularning har biri keyingisi kabi taniqlidir. Biroq Microsoft kompaniyasining ilk logotipini ishlab chiqish uchun Bill Geyts va Pol Allenga bir kundan kamroq vaqt kerak bo’lgan.

3.Musiqachi Brayan Eno Mashhur Microsoft 95 Jingle musiqasini yaratgan

Devid Boui va Coldplay kabi musiqiy aktlar bilan hamkorligi bilan tanilgan, sermahsul musiqachi Brayan Eno Microsoft Windows 95 startup mavzusining bosh ijodkori edi. Eno BBC Radio 4 ga bergan intervyusida Macda ovoz yaratganini va umrida hech qachon shaxsiy kompyuterdan foydalanmaganligini tan olib, “Microsoft Sound” nomi bilan tanilgan olti soniyali qo’shig’i bilan chiqdi .

4.Windows OS bir paytlar juda boshqa nomga ega bo’lgan

Biz hammamiz Bill Geytsni juda muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida bilsak-da, biroq uning marketing qobiliyatlari vaqti-vaqti bilan yordamga muhtoj bo’lishi mumkin.

Ilk Windows operatsion tizimi hali ishlab chiqilayotgan paytda, Geyts uni “Interfeys menejeri” deb nomlashni xohladi. Bu nom bir muncha vaqt davomida  ishlatilgan. Biroq Microsoft kompaniyasining marketing bo’limi bu nomni eshitgach, Geytsni uni Windowsga o’zgartirishga ko’ndirishdi, ya’ni foydalanuvchilar operatsion tizimdan foydalanish paytida o’zaro aloqada bo’lgan kompyuter ekranidagi “oynalar”ga ishora sifatida. Operatsion tizim Windows 1.0 sifatida 1985yilda ishlab  chiqarilgan .

5. Microsoft Office aslida Macda o’z debyutini qilgan

Microsoft Office – bu kompaniyaning eng mashhur dasturiy mahsulotlaridan biri bo’lib, Microsoft Word, Excel va Power Point kabi sevimli dasturlarga ega. Microsoft bilan aniq aloqaga ega bo’lishiga qaramay, Microsoft Office dastlab Windowsga tushishidan oldin Macda debyut qilgan. Microsoft Officening birinchi versiyasi 1989-yilda Mac uchun chiqarilgan va bir yildan so’ng Windowsga tomon yo’l olgan.

6. Microsoft xodimlariga “Softies” laqabini berishadi

Odatda ko’pchilik Microsoft xodimlarini jiddiy dasturchi sifatida tasavvur qilishi mumkin bo’lsa-da, ular “Softie” laqabini olishgan. Bu kompaniya 100 dan ortiq mamlakatlarda 180 000 dan ortiq xodimlarga ega hisoblanadi.

7.Microsoft hatto Appleni bankrotlikdan qutqargan

Ular doimo raqobatchilar sifatida tanilgan bo’lsa-da, Microsoft Appleni bankrotlikdan qutqarishga yordam bergan paytlar ham bo’lgan.

1997-yilda Apple bankrotlik yoqasida bo’lganida, Microsoft kompaniyaga 150 million dollar sarmoya kiritdi. Bu Apple kompaniyasini qulashdan qutqargan bo’lsa-da, Stiv Jobs 1997-yilda Macworld Boston konferensiyasida Apple bosh direktori sifatida ilk marotaba paydo bo’lganida o’sha sarmoya haqida gapiradi, ammo bu Microsoftning muxlislari tomonidan uncha yaxshi kutib olinmaydi.  

Ehtimol Microsoftning investitsiyadagi eng katta foydasi o’sha paytda Microsoftni shaxsiy kompyuterlar bozorida noqonuniy monopoliyada ayblab, monopoliyaga qarshi da’vo qo’zg’atmoqchi bo’lgan Adliya Departamenti bilan bog’liq huquqiy muammolardan xalos bo’lishi mumkin. Kompyuter sohasida raqobatchiga yordam berish Microsoftni ikki obyektga bo’linishdan qutqarib qolgan.

8.Microsoft record darajadagi patentlar egasi hisoblanadi

Microsoft 70 000 dan ortiq patentga ega, ulardan 50 000 dan ortig’i hozirda ham faoldir. Har yili topshiriladigan minglab patentlar, masalan, tumanni koʻra oladigan AR koʻzoynaklari bilan hamda kompaniyasi xaridlari natijasida olinganlar bilan birgalikda Microsoft dunyodagi eng yaxshi patent egalari qatoriga kiradi.

9.Microsoft ilk aqlli soatlardan birini ishlab chiqqan

Aqlli soatlarning mashhurligi juda yaqin davrda paydo bo’lgan hodisa bo’lsa-da, Microsoft ilk aqlli soatni loyihalashda ishtirok etgani ba’zilar uchun ajablanarli bo’lishi mumkin. Timex soat ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda Timex Datalink 1994-yilda chiqarildi va o’sha paytda mashhur bo’lgan PDAlarga muqobil tur sifatida ilhomlantirildi.

Soat LCD displeyga ega bo’lib, yuqori texnologik imkoniyatlarga ega edi, jumladan, kompyuterdan ma’lumotlarni simsiz yuklab olish va telefon raqamlarini soat xotirasida saqlash. Soat, shuningdek, NASA tomonidan kosmik missiyalar uchun sertifikatlangan va hatto kosmosda ishlaydigan astronavtlar tomonidan kiyiladigan soatning turli modellari bilan ishlatilgan.

Dizayn o’z davri uchun asos bo’lgan bo’lsa-da, soat hech qachon tijorat maqsadlarida chiqarilmagan va yangi ming yillikda ham davom etmagan.

10.Nima uchun lyuklarning qopqoqlari dumaloq?

Dunyodagi eng yaxshi texnologik kompaniyalaridan biri sifatida Microsoft eng yaxshi iste’dodlarni jalb qilish uchun o’z usulini ishlab chiqdi. Kompaniya suhbat jarayonida bo’lajak xodimlarga g’alati va kutilmagan savollar berishi bilan obro’ qozondi.

Mish-mishlarga ko’ra, Microsoft “Nima uchun quduq qopqog’i yumaloq” kabi savollari texnik mutaxassis uchun g’alati tuyulishi mumkin, ammo suhbatdoshdan javob topish uchun odatdagidan boshqacha o’ylashni va ijodkorlikdan foydalanishni talab qiladi.

Microsoft kompaniyasi texnologiya olamida hukmronlik qilishda davom etmoqda

1975-yilda Microsoft tashkil topganidan beri  uzoq yo’l bosib o’tildi. O’shandan beri kompaniya rivojlanib, bugungi kunda biz foydalanayotgan ko’plab ajoyib dasturiy va apparat mahsulotlarini ishlab chiqishga erishdi.

Microsoft kompaniyasining texnologiya sohasidagi ustunligi also sekinlashish belgilarini ko’rsatmaydi va biz kompaniya kelgusi yillar davomida yangi mahsulotlar, xizmatlarni loyihalash va innovatsiyalarni yaratishda davom etishiga aminmiz.

Foydalanilgan manba: https://www.makeuseof.com/microsoft-interesting-facts/

Mavzuga oid maqolalar