Bill Geyts haqida siz bilmagan 7 ta qiziqarli fakt

Foto: Bill Geytsning Facebook’dagi rasmiy sahifasi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi va Amerikaning eng boy odami – Microsoft bosh direktori Bill Geyts haqida ko’pchilik bilishi shubhasiz. Ammo u haqida siz hali eshitmagan ko’p narsalar bor va biz ularni siz uchun aytib beramiz.

Mashhurligiga qaramay Amerikaning Microsoft transmilliy kompaniyasi ortida turgan odam Bill Geyts haqida dunyo bilmagan ko’plab narsalar mavjud. Agar siz Geytsning sahnadan tashqarida va kameralar ortida qanday odam ekanligiga qiziqsangiz, bir nechta qiziqarli faktlar bilan tanishishga ruxsat bering.

1. U kollejni tark etgan

Kollejda ta’lim olayotganiga ikki yil bo’lganida, Geyts hayotni o’rganish va Microsoftni boshlash uchun Garvard universitetini tashlab ketdi. Biroq oxir-oqibat, biznes olami uni 26 yoshida millionerga aylantirdi. 2010-yilda Garvard Crimson Geytsni ” Garvarddagi eng muvaffaqiyatli o’qishni tark etgan inson ” deb atagan.
2007-yilda Geyts huquq fanlari doktori unvonini olish uchun Garvardga qaytib kelgan. Ushbu mukofot universitet tomonidan ma’lum darajadagi odatiy talablarni to’ldirmasdan beriladi.

2. U 1977-yilda Nyu-Meksiko shtatining Albukerke shahrida hibsga olingan

Geytsning eksantrik shaxsiyati u haqidagi ko’plab maqolalarda ko’pincha ta’kidlanmaydi. 1977-yilda Nyu-Meksiko shtatidagi Albukerkeda yo’l harakati qoidalarini buzganligi uchun bosh direktorga ayblov qo’yilgan. Time jurnalining Geyts haqidagi maqolasida u amerikalik biznes magnati Pol Allen tomonidan qutqarilganini tan olgan.

3. U nihoyatda yuqori SAT balliga ega hisoblanadi

Geyts SAT testlarida 1600 balldan 1590 ball olgan. SAT Amerika Qo’shma Shtatlarida kollejga kirish uchun keng qo’llaniladigan standartlashtirilgan test tizimidir.

 4. Uning bolalari boyligining faqat bir qisminigina oladi

Bill Geyts farzandlari bilan oilaviy suratga tushmoqda (Foto: Business Insider)Geytsning uchta farzandi bor va siz ularni juda omadli deb o’ylashingiz mumkin, chunki ular oxir-oqibat otalarining butun boyligiga vorislik qilishi mumkin-da. Ammo ularning har biri atigi 10 million dollar meros qolishini bilarmidingiz? Bu ularning otasining 81,1 milliard dollarlik sof boyligining faqat bir qismi xolos. “Bolalarga katta miqdorda pul qoldirish ular uchun yaxshilik emas”, deb aytadi u intervyusida .

5. U hech qanday chet tilini bilmaydi

Foto: Bill Geytsning Facebook’dagi rasmiy sahifasi.

 Geyts oilasida ko’p tillarda muloqot qiluvchi odamlar ko’p bo’lsa ham, u faqatgina ingliz tilida bemalol gapira oladi. “Men hech qanday chet tilini bilmasligim uchun o’zimni juda ahmoq his qilaman”, deb tan olgan Geyts intervyularidan birida.

6. Agar Microsoft muvaffaqiyatsizlikka uchraganida, u Sun’iy Ong (AI) bo’yicha tadqiqotchi bo’lardi

Agar Microsoft hozirgidek katta bo’lmaganida, Geyts boshqa kompaniyada AI tadqiqotchisi sifatida ishlagan bo’lardi . 

7. U haqida Netflixda hujjatli film mavjud

Surat: Netflix

Bill Geytsning hayotini 2019-yilda Netflix tomonidan suratga olingan      “ Billning miyasi ichida: Bill Geytsning dekodlanishi” nomli uch qismli hujjatli filmida kuzatib borishingiz mumkin .

NYPD Blue , ER , 24 , taxallus , The Shield va Deadwood kabi asarlari bilan tanilgan Devis Guggenxaym rejissyori boʻlgan teleserialda Geytsni nima qiziqtirgani, uni nima va kim shakllantirgani hamda u qanday qilib shunday buyuk ishlar qila olgani haqidagi savollarga javob topishingiz mumkin.

Foydalanilgan manba: https://www.tatlerasia.com/the-scene/people-parties/ph-most-fascinating-bill-gates-facts-you-probably-did-not-know

Mavzuga oid maqolalar