Mikroto’lqinli pechlar 1970-yillardan boshlab xonadonlarda keng tarqala boshladi. Bu esa taomlarni tez fursatda tayyorlab yoki isitib berishi orqali insonlar hayotini bir muncha yaxshi tomonga o’zgartirdi.
Buning sababi esa mikroto’lqinli pechlar yordamida taomlarni qisqa vaqtda tayyorlash va ularni qayta isitish mumkin, bu jarayonlar, albatta, bizga qimmatli vaqtimizni tejashni, hamda ishdan bo’sh vaqtlarimizni faqat taom tayyorlash uchun emas, balki dam olish uchun ham sarflash imkoniyatini beradi.
Mikroto’lqinli pechning mexanikasi avval boshdanoq bizga sirli bo’lib kelgan. Bu olov orqali havo va uning atrofidagi boshqa narsalarni isitishdan ko’ra, ko’rinmas vositalar yordamida taomni aylantirish yo’li bilan isitadigan sehrli metall qutiga o’xshaydi.
Shuningdek, mikroto’lqinli pechning foydalanuvchilari texnologiyaning ba’zi qoidalarini qabul qilishlariga to’g’ri keladi, ya’ni metall va tez erib ketadigan plastmass idishlardan foydalanmaslik va isitish vaqtida bir maromda isishi uchun taomni aralashtirib turish. Xo’sh, aslida mikroto’lqinli pechning ortida qanday sir yashiringan bo’lishi mumkin?
Mikroto’lqinli pechlar, taomlarni 1 gigagertsdan 1 terahertsgacha bo’lgan chastotaga ega elektromagnit nurlanishlar orqali pishiradi. Bu elektromagnit nurlar esa inson ko‘ziga ko‘rinmaydi, shuning uchun ham biz ularni o’z ko’zimiz bilan ko’ra olmaymiz. Mikroto’lqinli pechning ichida magnetron ( oʻta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarni generatsiyalaydigan elektrovakuum asbob) deb ataladigan qurilma elektr energiyasini rozetkadan qizdirilgan filament (tola)ga yo’naltiradi va elektronlar oqimini yaratadi, bu esa o’z navbatida mikroto’lqinlarni antenna orqali pishirish kamerasi(bo’lmasi,xonasi) ga o’tkazadi. Mikroto’lqinlar kamerada aylanib yuradi va narsalarning ichidagi ajoyib molekulalar suv, shakar va yog’larga joylashib, radiatsiyaviy isitish orqali ovqatni pishiradi. Chunki mikroto’lqinlar faqatgina ularni harakatga keltiruvchi kuchni yo’qotgunga qadar taomga o’z ta’sirini o’tkaza oladi, ular quyuq ovqatlarni tashqi tomonidan boshlab isita boshlaydi va asta-sekin o’tkazuvchanlik qobiliyati orqali taomning ichki qismiga o’tib, uni ham isitadi.
Xo’sh, mikroto’lqinli pechning umumiy qoidalari uning ishlash tizimi bilan qanday o’zaro bog’liq bo’lishi mumkin?
Mikroto’lqinli nurlar xuddi taomlarga ta’sir o’tkazgani kabi turli xil plastmass idishlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi va ularning erishiga olib keladi, shuning uchun ham taom plastmass idishlarda isitilsa yoki tayyorlansa, plastmass idish erib, taomga zarar yetkazishi mumkin. Metall buyumlar esa mikroto’lqinli nurlarni qaytaradi, shuning uchun pechlar ichidagi to’lqinlarning harakatiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, bu taomni pishirish jarayonida uni aralashtirib turish, bu issiqlikning tez tarqalishiga yordam beradi va taomning ichi ham, tashqi tomoni ham bir me’yorda pishishini ta’minlaydi.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar