Bugungi kunda ko’pgina hisoblash qurilmalari Intel protsessoriga yoki smartfon va planshetingizdagi protsessor kabi ARM (ing. Advanced RISC Machine) protsessoriga ega. Ikkala chip arxitekturasi ham mobil qurilmalarni uzoq vaqt batareya quvvati bilan ta’minlash maqsadida kam quvvatda ishlash uchun optimallashtirilgan.
Biroq ular texnologik nuqtai nazardan turli xil tushunchani aks ettiradi. ARM arxitekturasi energiya isrofgarchiligini minimallashtirish maqsadida imkon qadar oddiy bo’lishi uchun ishlab chiqilgan, Intel assortimenti esa murakkab dizayndan foydalanadi.
Siz ushbu maqolada quyidagilarni o’rganasiz:
- ARM va Intel protsessorlar: ular nima?
- ARM va Intel o’rtasidagi farq
- Windows va Android uchun maqbul tanlov
- ARM yoki Intel – qaysi protsessor yaxshiroq?
- Nega hamma hozirda ARM dan foydalanmoqda?
ARM va Intel protsessorlari: Ular nima?
Protsessorlar yoki markaziy protsessorlar – bu kompyuterlar va uyali telefonlarning miyasi bo’lib xizmat qiladigan mikroskopik chiplardir. Hisob-kitoblar, tezkor kirish uchun muhim ma’lumotlarni keshlash va boshqa vazifalar CPU tomonidan amalga oshiriladi.
ARM texnologiyasi Apple va Android kompaniyalarining mobil qurilmalarida, Intel esa kompyuterlarda qo’llaniladi.
Bundan tashqari, ARM uzoq vaqtdan beri ishlaydigan portativ qurilmalarga ega, Intel esa nisbatan yangi kelgan hisoblanadi. ARM – ingliz tilida “Advanced RISC Machines” degan ma’noni bildiradi.
Ularning kelib chiqishi:
Zamonaviy Intel va ARM ga asoslangan protsessorlarni 1980-yillarning boshlarida bozorga chiqarilgan kompyuterlardagi dastlabki protsessorlarida kuzatish mumkin bo’lgan. Ular bugungi kunda eng ko’p ishlatiladigan ikkita protsessor dizayni uchun yo’l ochgan.
ARM va Intel o’rtasidagi farq:
Ularni taqqoslashdan oldin, ikkalasining ham afzalliklari va kamchiliklari borligini ta’kidlashimiz kerak. Umuman olganda, yaxshiroq variant yo’q, lekin siz undan qanday maqsadda foydalanmoqchi ekanligingizga qarab biri ikkinchisidan ustun bo’lishi mumkin.
Dasturiy ta’minot muvofiqligi:
Intel protsessorlari ARM kodini tushunishga qodir emas va aksincha jarayon ham kuzatiladi. Natijada, operatsion tizim va dasturiy ta’minot bitta CPU turiga moslashtirilgan bo’lishi kerak.
Bir turdagi CPU uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotni boshqasida bajarish mumkin, garchi bu odatda sezilarli darjada tezlik va samaradorlikni yo’qotishiga olib kelsa ham.
Quvvat iste’moli:
ARM ga asoslangan protsessorlarning quvvat iste’moli Intel va boshqa x86 protsessorlariga nisbatan sezilarli afzalliklarga ega hisoblanadi. Telefoningiz bir marta quvvatlanganda 24 soatgacha xizmat qilishi mumkin, Intel noutbukingizning batareyasi muddati esa bir necha soatga yetadi.
Yadro simmetriyasi:
Asimmetrik protsessor yadrolaridan foydalanish ARMdagi qiziqarli afzallikdir. Intel va boshqa x86 protsessorlarida bir nechta, ammo bir xil yadrolar mavjud. ARM protsessorlari ko’pincha bir-biridan farq qiladigan ko’plab yadrolarga ega.
Masalan, smartfondagi 8 yadroli ARM protsessorida to‘rtta kam quvvatli yadro bo‘lishi mumkin, ular internetni ko‘rish, videolarni tomosha qilish, musiqa tinglash va boshqa yumushlarini boshqarish kabi umumiy operatsiyalar uchun yetarli tezlikka ega hisoblanadi.
Windows va Android uchun maqbul protsessor:
Windows uchun
Agar siz Windows planshetini sotib olishni o’ylayotgan bo’lsangiz, ARM va Intel o’rtasidagi farqlarga e’tibor bering. 2019-yilda Surface ProX kirib kelishi bilan ko’p narsa o’zgardi. Planshetning korpusi avvalgisidan unchalik o’zgarmagan bo’lsa ham, Microsoft ARM protsessoridan voz kechmadi. Surface Pro X – Windows operatsion tizimida ishlaydigan ARMga asoslangan planshetdir.
Ehtiyojlaringizga qarab, ARM CPU Windowsga asoslangan planshetingiz uchun yetarli bo’lishi mumkin. Biroq, agar siz kompyuter o’yinlarini o’ynashni istasangiz, Intel yaxshi tanlov bo’lishi mumkin.
Android uchun
Intel asosidagi qurilmalar Android ilovalarining butun spektrini, shu jumladan, ARM arxitekturasi uchun maxsus ishlab chiqilganlarni ham ishga tushirishi mumkin. Agar ilovada ARMga xos kod bo’lsa, uni ishga tushirishdan oldin tarjima qilish kerak bo’ladi.
Bu vaqt va energiya talab qilganligi sababli, batareyaning ishlash muddati va umumiy unumdorligi yomonlashishi mumkin. Bizning testlarimiz shuni ko’rsatadiki, Intel batareya quvvati bo’yicha ARMdan ortda qolmoqda, ammo farq unchalik katta emas va umumiy ishlash jarayoni odatda a’lo darajada.
ARM yoki Intel – qaysi protsessor yaxshiroq?
Yuqorida aytib o’tganimizdek, hozirgi vaqtda ARM va Intel protsessorlarining afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Intel protsessorlari ARM protsessorlariga qaraganda kuchliroq va tezroq. ARM chiplari esa Intel protsessorlariga qaraganda mobil qurilmalar uchun ancha qulayroqdir (ko’p hollarda). Ikkala protsessor ham doimo takomillashib bormoqda.
Nega ko’pchilik hozirdaARMdan foydalanmoqda?
Protsessor sanoati murakkab soha bo’lib, yuqori darajadagi raqobatga qodir bo’lgan bir nechta kompaniyalar mavjud. X86 protsessorlarini ishlab chiqaradigan Intel yoki AMD odatda birinchilikni qoladi. Amazonning Graviton2 protsessorlari Intelning serverdagi “hamkasblari” kabi tezkor emas, lekin u hamyonbop va kamroq energiya sarflaydi.
Xulosa
Shunday qilib ARM va Intel protsessorlari o’rtasida unchalik katta farq yo’q. Ammo ba’zi odamlar uchun eng muhim farq shundaki, eski Intel dasturlari ham ARMda ishlash uchun qayta kompilyatsiya qilinishi kerak bo’ladi. Bu ba’zi hollarda muammoli bo’lishi mumkin. Shunga qaramay hozirda Windows taklif qila boshlagan Intel emulyatsiyasi odatda uni ham boshqarishi mumkin.
Foydalanilgan manba:
Eng ko’p o’qilgan maqolalar