Mobil telefonlar, planshetlar, ixcham hamda qulay video o’yin qurilmalari va boshqa texnologiyalar 21-asrda hamma joyda uchratish mumkin bo’lgan vaqt o’g’rilaridir.
Biz ular orqali o’yin o’ynashimiz, oila va do’stlar bilan muloqot qilishimiz hamda ular orqali Internetdagi xabarlarni ko’rishimiz mumkin.
Ba’zilar bu qurilmalarni o’rindiqdan turib harakatlanish mumkin bo’lmagan bir necha soatlik parvoz vaqtida vaqt o’tkazish uchun juda foydali deb bilishadi.
Biroq so’nggi o’n yil ichida parvoz qilganlar parvoz oldi eslatma, ya’ni barcha elektron qurilmalarni o’chirish yoki ularni butun parvoz davomida “samolyot rejimida” (yoki “parvoz rejimida”) ushlab turish kerakligi haqidagi eslatma bilan yaxshi tanish bo’lishadi.
Biz elektron qurilmalarni ishlatganimizda ular samolyotning navigatsiya uskunasiga xalaqit beradi, shuning uchun ham ekipaj a’zolari parvoz vaqtida elektron qurilmalarni o’chirish to’g’risida ogohlantirishadi.
Lekin bu haqiqatan ham sodir bo’ladimi?
Sizning uyali telefoningiz yoki boshqa elektron qurilmangiz haqiqatan ham parvozga xavf solishi mumkinmi?
Bu savolga qisqacha javob berish yetarli bo’lmasa kerak, lekin sizning elektron qurilmangiz parvoz paytida samolyot asboblariga, shuningdek, boshqa yo’lovchilarga qanday ta’sir qilishini bilib olishingiz lozim.
Birinchi qadam – bu elektron qurilmangiz qanday ishlashini va samolyot bilan qanday o’zaro ta’sir ko’rsatishini bilishdir.
Umuman olganda, simsiz tarmoq yoki uyali telefon minorasiga ulanish uchun elektron qurilmalar uyali a’loqa minoralari va boshqa qabul qiluvchilar bilan bog’langan kam quvvatli radio to’lqin uzatgichlariga aylanadi (mobil telefonlar uchun odatda maksimal quvvati 0,25 Vt).
Minora yoki boshqa qabul qilgich nisbatan yaqin joylashgan bo’lsa, qurilma minora signalini qidirish va minora hamda qurilma o’rtasidagi signalni saqlash uchun juda ko’p quvvat sarflashi shart emas.
Elektron qurilma faol yoki uyali rejimda bo’lsa, u radio signallarini tarqatadi, lekin u samolyot rejimida bo’lsa, bunday qila olmaydi. Aksariyat aviakompaniyalar elektron qurilmadan yuborilgan radio signallari samolyotning bir yoki bir nechta muhim tizimlariga, masalan, samolyot asboblarining bir-biri bilan aloqa qilishiga yordam beruvchi sensorlar, navigatsiya uskunalari, to’qnashuvning oldini olish uskunalari, va avionics ya’ni aviatsiya qurilmalarining boshqa shakllariga o’zaro ta’sir ko’rsatishini aytishadi.
Biroq aslida zamonaviy samolyotlardagi sezgir elektron uskunalar radio to’lqinlaridan yaxshi himoyalangan bo’ladi.Ammo shunday bo’lishiga qaramay, 2000-yilda Shveytsariyada va 2003-yilda Yangi Zelandiyada sodir bo’lgan falokatga mobil telefonlarning ham aloqasi bo’lganligi sababli, parvoz paytida qurilmalarning yoniq qolishi ekipaj azolarini bezovta qilishi mumkin.
Buning sababi shundaki, qurilmalarda qayd etiladigan signallar uchuvchilarga ularning quloqchinlarida past va bo’g’iq tovush orqali yetib keladi, agar mana shu vaziyatda uchuvchilarning yonida o’qilmay qolib ketgan xabarlari mavjud bo’lgan mobil telefonlar bo’lsa, bu ularning chalkashishlariga olib kelishi mumkin, sababi mobil telefonlardan chiqadigan tovush xuddi uchuvchilarning qurilmalarida qayd etiladigan signallarga o’xshaydi bu esa uchuvchilarni, navigatorlarni va radio operatorlarini bu qurilmalarni yaxshiroq tushunish uchun intilishga majbur qiladi.
Ayrim aviakompaniyalar parvoz vaqtida yo’lovchilardan mobil qurilmalarini ishlatmasliklari to’g’risida qat’iy tartib o’rnatmaganliklari ba’zi uchuvchilarning noroziligiga sabab bo’ladi, chunki bu holat ularning vazifalarini qiyinlashtirishiga sabab bo’ladi.
2014- yilda Yevropa Aviatsiya xavfsizligi agentligi elektron qurilmalar samolyotdagi ekipajning faoliyati uchun xavf solmasligini e’lon qildi, ammo boshqa mamlakatlarning agentliklari, masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari Federal Aviatsiya ma’muriyati (FAA) va Xitoyning Fuqarolik aviatsiyasi ma’muriyati cheklovlarni saqlab qolishdi. Xitoyda elektron qurilmalar parvoz davomida foydalanilmasligi kerak, aks holda foydalanuvchi qamoqda qisqa muddat qolishi yoki bir necha ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.
Shunday bo’lsa-da, barcha mamlakatlarning sayohatchilari ba’zi samolyotlar taqdim etadigan qimmat qo’ng’iroq qilish xizmatidan foydalanish o’rniga o’zlarining smartfonlari yordamida havodan telefon qo’ng’iroqlarini amalga oshirish imkoniyatini afzal ko’rishadi.
Parvoz ekipajini bezovta qilmasdan buni amalga oshirishning bir usuli – har bir samolyotga pikosellar (kichik aloqa stansiyalari bo’lib, odatda kichik maydonda, bino yoki samolyotlarda o’rnatiladi) ni o’rnatish orqali mobil telefonlarni to’liq quvvatda ishlashdan saqlab qolishdir.
Picocells elektron qurilma foydalanuvchilariga uzatish signallarini minimal darajada ushlab turadigan yaqin uyali a’loqa xizmatini taqdim etadi.
Ko’pgina Yevropa aviatashuvchilari parvoz paytida qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va yo’lovchilarni simsiz a’loqa bilan ta’minlash uchun AeroMobile kabi uyali a’loqa provayderlarining uskunalaridan foydalanadilar.
Amerika aviatashuvchilari pikosel texnologiyasini qabul qilishni nisbatan sekinroq amalga oshirishdi va ular telefon qo’ng’irog’i to’g’risidagi qoidalarni yumshatish nisbatan tinch yo’lovchi reyslarini baland shovqinli va yomon sayohatlarga aylantirishidan xavotirda bo’lgan Federal a’loqa komissiyasining (FCC) qarorini kutishmoqda.
Eng ko’p o’qilgan maqolalar