Python dasturlash tilida Ovozni matnga va matnni ovozga aylantirishni o’rganamiz.

Assalomu alaykum!
Sizlar bilan Python dasturlash tili yordamida ovozni matnga, matnni esa ovozga aylantirishning oson usulini o’rganamiz.

“Biz buni qanday qilishimiz mumkin bu juda ham qiyinku…” deyishingiz mumkin.

Lekin men shuni ayta olamanki bu rostanham qiyin masala ammo,dasturchilar bu ishni oson amalga oshirishga yordam berishgan.

Qanday deysizmi ?

Mana bunday:
Biz Python dasturlash tilidan foydalanganda mahsus kutubxonalardan samarali foydalanish mumkun ekanligini bilamiz.

Huddi shunday kutubxonalar ovozni matnga , matnni esa ovozga aylantirish uchun ham mavjud.

Ushbu kutubxona “Speech_Recognition” deb ataladi va uning ishlabturishi uchun “PyAudio“, “Pyttsx3“kutubxonalari ham kerak bo’ladi.

Keling bu ishni kerakli kutibxonalarni yuklash bilan boshlaymiz.

Terminalga kirib:

 "pip install SpeechRecognition"
"pip install pyaudio"
"pip install pyttsx3"

buyruqlari orqali kutubxonalarni o’rnatib olamiz.

Endigi qiladigan ishimiz ovozni matnga aylantiruvchi kodni tuzib olish bo’ladi.

Eslatib o’tamiz quyidagi kodlar Sizning uskunangizda mikrofon o’rnatilgan bo’lsagina ishlaydi!

Birinchi navbatda ovozni matnga aylantiruvchi kutubxonani “sr” ga import qilib olik va bitta funksiya yaratib ,uning ichiga “sr” dan mikrofonga javob beruvchi funksiyani “sourse”ga yuklab qo’ydik va “Marhamat qilib mikrofonga gapiring” jumlasidan so’ng 1 soniya o’tgach mikrofon sizning ovozingizni yozib oladi.

Agar ovoz yozib olinsa va yozib olingan ovozni matnga aylantira olsa matn o’zbek tilida chop etiladi .

Agar yozib olingan ovoz bilan muammo chiqib qolsa biz yana huddi shu funksiyaga murojat qilamiz.

Natija:

O’zingiz sinab ko’ring .

Biz endi matinni ovozga aylantirishimiz kerak.

Ko’rib turganingizdek ko’p narsa qo’shilmadi. Kutubxonani import qilib unga kerakli matnni ko’rsatdik holos.

Natija:

Dastur sekin ishlaydiku deyishingiz mumkin lekin bu mening ishlatayotgan texnikam tufayli siz buni sinab ko’ring.

Ha aytgancha, mikrafonga “Salom” deb gapirgan edim lekin mening “Noutbook“imdagi “Kuler”ning baland ovozi tufayli mikrafonni video uchun o’chirib qo’yishimga to’g’ri keldi.
Bu qisqacha “TTS-STT” bo’ldi.

Izohlarda sizlarni qiziqtirgan mavzularni yozib qoldiring, biz ular haqida maqolalar tayyorlaymiz!

Mavzuga oid maqolalar