“Aiogram” nomli “framework” orqaliOb-havo ma’lumotlarni ko’rsatuvchi bot tayyorlashni o’rganamiz. Yakuniy qism

5-Qism. Botimiz orqali “API” dan kelgan ma’lumotlarni uzatish.

Botimizning asosiy qismi ishlamoqda endi bo’lsa unga “API”dan kelayotgan ma’lumotlarni chiqarishni ko’rib chiqamiz.

API”dan foydalanish uchun avval uning qanday ishlashini tshunib olish kerak.

API”lar hozirgi kundagi barch sayt yoki dasturlarda mavjud.

API”lar bizga aynan o’sha sayt yoki dasturning “Backend” qismiga so’rov yuborish uchun va ma’lumotlarni “json” shaklida olish uchun kerak bo’ladi.

API”larni mahsus saytlardan yoki o’sha dastur yoki saytlarning “API”bo’limidan sotib olish va bepul olish mumkin.Biz Butun dunyo ob-havo ma’lumotlarini olish uchun “Open Weather” saytining “API”dan foydalanamiz.Telegram botning “API”ga ulanish uchun “TOKEN”kerak bo’ladi degan edik , boshqa “API”larda ham huddi shunday va men sizlarga o’zimda bor tokenni taqdim etaman.

Biz “search.py” nomli faylimizga “requests” nomli kutibxonani chaqirib oldik
lekin “Aiogram”da ishlaganda “Asyncio”,”Aiohttp” lardan foydalanish kerak .

Shunday bo’lsada dasturlashni yangi o’rganyotganlar uchun “requests”dan foydalanilsa o’rganish uchun qulay bo’ladi deb hisobladik .

Kodga qaytadigan bo’lsak “try” blogiga “API” ,“Token”ni, foydalanuvchi kirtigan shar yoki davlat nomini o’zgaruvchilarga tenglab oldik va “response” nomli o’zgaruvchiga “json”shaklidagi ma’lumotlarni biriktirib qo’ydik  ma’lumotlar esa:

Mana shunday shaklda bo’ladi ,biz esa uni chiryliroq  qilib foydalanuvchiga yuborish uchun “city_info” dictini yaratib oldik va faqat kerakli ma’lumotlarni  yozib oldik.
Uning ostida foydalanuvchiga yuboriladigan habarni kiritib qo’ydik .Faylni saqlab botni ishga tushirib ko’ramiz.

Botimiz nuqsonsiz ishlamoqda agar yo’q davlatni yozsangiz to’g’ri nom kiritishingizni so’raydi .Faqat bittagina lekin bor “Ob-havo” ga berilayotgan tarif ingliz tilida kelmoqda  shuni o’zbekcha qilish uchun tarjimon kutib xonalardan foydalansak bo’ladi lekin u tarjima qilganda faqatgina so’zni tarjima qiladi shuning uchun bitta “Dict”ga “json” ma’lumotlarga tarif yozib chiqamiz.

h” nomli dict ochdik va “Ob-havo” dan keying inglizcha so’zning ta’rifi chiqarilishi kerak  yozdik .Faylni saqlab qayta ishga tushiramiz.

Ko’rib turganingizday Ob-havo ma’lumotlarini chiqaruvchi bot tayyor bo’ldi.

Siz ushbu maqola oraqali “Aiogram”dan foydalanishning qisqacha yo’lini va “API”lardan foydalanishni o’rganib olishingiz rejalashtirilgan edi.

Botni Git hub dan yuklab olib sinab ko’ring va “Bot Token”, “Admin id”larni o’zgartirishni unutmang.


Murojat va takliflar uchun :Sarvarbek

Qo’shimcha yordam uchun esa : Aiogram[uz]

E’tiboringiz uchun raxmat!

Mavzuga oid maqolalar