Vaqtingizni turli xil sog’liq va fitnesga oid ilovalarga sarflamasdan, sogʻligʻingiz haqidagi maʼlumotlarni faqatgina bitta dastur orqali tartibga soling.
Google Health Connect – bu Android API va platforma. U bir nechta qurilmalar va ilovalardan ma’lumotlarni bitta ekotizimga birlashtira oladi. Android ishlab chiquvchilari uchun u foydalanuvchining sog’lig’i va fitnes ma’lumotlarini o’qish hamda yozish uchun yagona interfeysni taqdim etadi. Android foydalanuvchilari uchun esa bu platforma qanday ilovalar turli xil ma’lumotlarni o’qish va yozish huquqiga ega ekanligini nazorat qilish uchun imkoniyat taklif etadi.
Eslatma: Agar ilovangiz Health Connect bilan integratsiyalashgan boʻlsa, ishlab chiqarishga oʻtishdan oldin ilova qaysi maʼlumotlarni oʻqishi/yozishi va o’sha maʼlumotlardan qanday foydalanilishi mumkinligini tushuntiruvchi shaklni toʻldirishingiz kerak.
Ko’plab qurilmalar, smartfonlar, sog’liqni saqlash, fitnes va sog’lomlashtirish ilovalari Android tizimida ishlaydi. Android API va texnologiyalari turli xil ma’lumotlarni taqdim etadi. Biroq Android foydalanuvchilari o’zlarining sog’lig’i va fitnes haqidagi ma’lumotlarini yagona ma’lumotlar omboridan oson va qulay boshqarishni xohlashadi. Health Connect esa salomatlik va fitnes maʼlumotlariga kirishni birlashtirish va foydalanuvchilarga oʻz maʼlumotlarini nazorat qilish imkoniyatini berish orqali ushbu ehtiyojni qondira oladi. U foydalanuvchilarga saqlaydigan va baham koʻrishni xohlaydigan salomatlik hamda fitnes maʼlumotlarining umumiy koʻrinishini hamda maxfiylik boshqaruviga kirishning yagona usulini taqdim etadi. Health Connect – bu telefonimizdagi bir nechta ilovalarning funksiyalarini o’zida mujassam etadi.
Health Connect bir qator ma’lumot turlarini taklif etadi. Mavjud ma’lumotlar turlari ro’yxati juda xilma-xil va yetarlicha keng bo’lib, foydalanuvchilarga velosiped tezligidan tortib tana haroratigacha hamma narsani yozib olish va kuzatish imkoniyatini beradi.
Health Connect quyidagi asosiy ma’lumot toifalarini o’z ichiga oladi:
Faoliyat: Bu foydalanuvchi bajaradigan har qanday faoliyatni qamrab oladi. Bu yugurish, suzish, meditatsiya va uyqu kabi salomatlik hamda fitnes mashg’ulotlarini o’z ichiga olishi mumkin.
Tana o’lchovi: Bu tanaga tegishli umumiy ma’lumotlarni bildiradi. U boshqa ma’lumotlar turlari qatorida foydalanuvchining vaznini yoki foydalanuvchining bazal metabolizm tezligini ko’rsatadi.
Oziqlanish: Bu hidratsiya va oziqlanish ma’lumotlarining turlarini qamrab oladi. Birinchisi, foydalanuvchi bir ichimlikda qancha suv ichganligini ko’rsatadi. Ikkinchisi kaloriyalardan shakar va magniygacha bo’lgan ko’plab o’lchovlarni o’z ichiga oladi, ular foydalanuvchi iste’mol qilgan ozuqaviy moddalarni qayd etadi.
Kuzatish: Bu foydalanuvchi uyqusining davomiyligi va turiga oid interval maʼlumotlarini ko’rsatadi.
Muhim ma’lumotlar
Bu foydalanuvchining umumiy salomatligi haqidagi muhim ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu qon glyukozasidan tana harorati va qonning kislorod bilan to’yinganligiga qadar hamma narsani ko’rsatadi.
Mijoz ilovasi
Health Connect bilan integratsiya qilish uchun mijoz ilovalari birinchi navbatda SDK ni sog‘liqni saqlash va fitnes ilovasiga bog‘laydi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish to’plami
SDK mijoz ilovasiga Health Connect APK bilan IPC orqali bog‘lanish imkonini beradi.
Health Connect APK
Bu Health Connect dasturini amalga oshiradigan APK. U Health Connect API ning asosiy mazmunidir va uning Ruxsatlarni boshqarish hamda Ma’lumotlarni boshqarish komponentlarini o’z ichiga oladi.
Ruxsatlarni boshqarish
Health Connect foydalanuvchi interfeysini ham qamrab oladi, bu orqali ilovalar foydalanuvchidan ma’lumotlarni ko’rsatish uchun ruxsat so’raydi. Shuningdek, u mavjud foydalanuvchi uchun ruxsatnomalari ro’yxatini ham taqdim etadi. Bu foydalanuvchilarga turli ilovalarga ruxsat berilgan yoki rad etilgan urinishlarni osongina boshqarish imkonini beradi.
Ma’lumotlarni boshqarish
Health Connect foydalanuvchining qadamlar soni, velosiped tezligi, yurak urish tezligi kabi ma’lumotlarning umumiy ko’rinishi bilan foydalanuvchi interfeysini taqdim etadi.
Quyida Health Connect API ning asosiy funksiyalari berilgan.
Platforma yozilgan ma’lumotlar uchun standart kiritish, yangilash va o’chirish funksiyalarini taqdim etadi. Health Connect shuningdek mijoz ilovalariga Health Connectdan ma’lumotlarni sinxronlashtirish imkonini beruvchi funksiyani ham o’z ichiga oladi. Bu ishlab chiquvchi va foydalanuvchiga ma’lum bir ma’lumot turlari boshqa ilovalar tomonidan kiritilgan yoki o’chirilganligini ko’rsatadigan ma’lumotlar o’zgarishlarining jurnalini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- https://developer.android.com/guide/health-and-fitness/health-connect/platform-overview/architecture
Eng ko’p o’qilgan maqolalar