Imkoniyati Cheklangan insonlarga kompyuterlar qanday yordam berishi mumkin?

Bugungi texnologiyalar asrini kompyuterlarsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Ular kundan-kunga hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Deyarli har bir sohada ularning o’ziga xos ahamiyati va muhimlik darajasi mavjud.

Kompyuterlar ko’plab soha vakillari ishlarini ancha yengillashtirdi: tibbiyot, sanoat, ishlab chiqarish, transport va albatta ta’lim. Butun dunyo bo’ylab tahsil olayotgan o’quvchi, talabalar kompyuterlardan samarali foydalanib kelishmoqda. Ammo shu o’rinda ba’zi savollar tug’iladi: Hamma odamlar ham ulardan unumli foydalanyaptimi? O’zlashtirishida nuqsoni bo’lgan insonlarga kompyuterlar qanday yordam berishi mumkin? Ushbu maqolada yuqoridagi savollaringizga javob topasiz!

Informatika va STEM

Kompyuter fanlari hozirgi iqtisodiy hayotning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Bandlik darajasi bo’yicha statistik ma’lumotlarga ko’ra mutaxassislar 2020-yildan 2030- yilgacha  kompyuter orqali bajariladigan kasblarda 13 foizga o’sishni –  taxminan 667 000 yangi ish o’rinlarini bashorat qilishmoqda. Biroq so’nggi yillarda bu ish joylarini to’ldirish uchun IT sohasi bo’yicha kadrlar hamma joylarda ham yetarli emas ekan.  Hozirda kompyuter fanlari kurslari o’rganishda nuqsoni bo’lgan talaba va o’quvchilarga STEM  (ta’lim tizimi orqali bolada ijodkorlik, qunt, qiziquvchalik vo hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat – muammoni hal qilish (problem-solving skills) qobiliyati shakllantirish)ga bo’lgan ijobiy munosabatni rivojlantirishga yordam beradi. Bu munosabatlar kompyuter fanida va umuman STEMda juda muhim ahamiyatga egadir. O’qituvchilar  talabalarni o’qishga hamda informatika va STEMga asoslanib ishlashlariga  undashi, shuningdek, o’sha talabalarning shu kabi kompyuter kurslariga kirishiga ishonch hosil qilishi kerak.

Ayni paytda o’rganishda nuqsoni bo’lgan talabalar kollej va mehnat bozorida informatika sohalarida kam ko’rinish bermoqdalar. Xususan tahminan 8% nogironligi bo’lgan talabalar kompyuter fanalari bo’yicha Bakalavriatni tugatishadi. Bizni o’ylantirayotgan asosiy savol shuki, nima uchun o’rganishda nuqsoni bo’lgan talabalar kollejni informatika sohalarida davom ettirmaydilar? Ehtimol o’rta maktabdagi informatika kurslari ularda o’zlariga bo’lgan ishonch va maqsad tuyg’usini rivojlantirishga yordam bergan bo’lsa-da,  ularni bu sohani uzoq muddat davom ettirishga undash uchun yetarli bo’lmagandir. Balki o’rganishda nuqsoni bo’lgan talabalar o’zlarini STEM hamjamiyatining bir qismi sifatida ko’rmagan bo’lishlari ham mumkin. Menimcha STEM va Informatika darslari o’rtasidagi bog’lanish oddiy sog’lom talabalarda mustahkam bo’lganidek  nuqsonli talabalar uchun unchalik ham kuchli emas.

Yana bir muhim bo’lgan jihat: o’rganishda nuqsonlari bo’lgan o’quvchilar o’rta maktabni STEMga bo’lgan ishonch darajasining pastligi va kompyuter fanining kelajakda ular uchun foydali bo’lishini kamroq his qilishlari sabab bo’lishi mumkin. Faqatgina kompyuter fanlari kurslarida qatnashish bu boradagi farqni to’ldirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.

Nogironlarga yordam beruvchi kompyuterlar va dasturiy ta’minotlar

Hozirda jismoniy va ruhiy jihatdan zaif bo’lgan foydalanuvchilar uchun zamonaviy kompyuterlar bir qator qulayliklarni bermoqda. Bu esa ularga xuddi boshqa odamlardek bemalol, qiynalmasdan kompyuter va undagi dasturlardan foydalana olishga hamda texnologik jihatdan rivojlanayotgan jamiyatning bir bo’lagi ekanliklarini anglashga yordam bermoqda.

Ko’rish qobilyati zaif va ko’zi ojiz insonlar uchun imkoniyatlar:

Hozirda ko’zi ojiz odamlarga yordam beradigan ko’plab tizimlar mavjud. Ulardan ba’zilari yangilanadigan Brayl (Braille) displeylari, portativ CCTVlar va katta hajmli klaviaturalar kabi noyob uskunalar hisoblanadi. Ammo eng foydali texnologiyalar dasturiy ta’minot shaklida bo’ladi. Masalan, JAWS kabi ekranni o’qish dasturi ko’pincha ko’r odamlar tomonidan qo’llaniladi. Windows 10 va OS X kabi ko’plab yirik operatsion tizimlar kompyuterni ko’rish va boshqarish uchun sun’iy ovozni taqdim etishi mumkin. Ko’zi ojiz odamlarga kompyuter tizimlarini “ko’rish” va yanada samaraliroq navigatsiya qilishga yordam beradigan bir nechta ilovalar ham mavjud. Eng so’nggi mobil ilovalar fotosuratlardagi obyektlarni ovozli ravishda aniqlashga qodir.

Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun imkoniyatlar:

Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga kompyuterlarda ishlashlarida yanada qulayliklar yaratish maqsadida IT dasturchilar doimo izlanishdalar va yanada yaxshiroq natijalarga erishmoqdalar. Klaviatura va sichqonchani ko’p odamlar osongina ishlatishadi, ammo falaj, oyoq-qo’llaridan judo bo’lgan yoki mushak distrofiyasi kabi kasalliklarga chalinganlar uchun bu kabi oddiy jarayon ham ancha qiyin bo’lishi mumkin. Shuning uchun nogiron insonlardagi muammollarning og’irlig darajasiga qarab turli xil qurilmalar taqdim etilmoqda. Masalan, jismoniy nuqsonlari uncha kuchli bo’lmagan foydalanuvchilarga trekbol yoki joystik  (trackball va joystick) samaraliroq bo’lishi mumkin. Jiddiy jismoniy nuqsonga ega bo’lgan foydalanuvchilarga esa sichqonchani bosh harakati, ko’z harakati va puflash harakatlari bilan boshqarish imkoniyatlari ham mavjud. Yuqori samarali bir qo’lli klaviaturalar ham faqat bir qo’lidan foydalana oladiganlar uchun  ajoyib imkoniyatdir.

Kar va eshitish qobiliyati past shaxslar uchun imkoniyatlar:

Kar odamlar kompyuter va Internetni boshqa guruhlarga qaraganda to’liqroq o’zlashtira oladilar, chunki yozish va o’qish orqali kompyuterda ko’p ish qilish mumkin. Bundan tashqari, YouTube kabi ko’plab onlayn video provayderlar yopiq taglavhalarni ham ular uchun qulaylik yaratish maqsadida taklif qilishadi. Shunga qaramay, kar odamlar uchun yordamchi texnologiya (AT) bilan ko’proq qurilma va ilovalar yaratilgan. Ularning ko’pchiligi karlarga umumiy muammolari bilan yordam berishga qaratilgan. Ovozni matnga avtomatik tarzda aylantiruvchi yoki turli tillarda subtitrlar yaratadigan ilovalar, shuningdek, audio signallarni  yozuvga aylantiradigan qurilmalar juda mashhurdir.

Boshqa nogironligi bo’lgan foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar:

Kognitiv, o’rganish yoki xotira muammolari bo’lgan odamlar ko’pincha yuqorida aytib o’tilgan vositalarning kombinatsiyasidan foydalana olishlari mumkindir. Misol uchun, o’rganish imkoniyati cheklangan ba’zi odamlar ham ko’zi ojiz foydalanuvchilar uchun mavjud bo’lgan yordamchi tinglash vositalaridan foydalanishlari mumkin. Keng omma uchun xotira va eslatmalarga yordam beradigan ko’plab dasturiy ta’minot variantlari hamda ilovalari ko’pincha kognitiv qobiliyatini yo’qotganlar uchun o’zgartirilishi ham mumkin.

Mustaqil yashash va kompyuter bilan ishlash imkoniyati:

Ushbu variantlarning aksariyati nogironlarga mustaqil hayotni ta’minlash maqsadida yaratilgan. Mustaqil hayotga ko’pincha texnologiyalar kombinatsiyasidan foydalanish orqali erishiladi. Bundan tashqari, ish beruvchining hamkorlik darajasi ham ko’pincha katta yordam beradi. Nogironligi bo’lgan amerikaliklar to’g’risidagi qonunga (yoki ADA) ko’ra, xodimlar ariza berish jarayonida yoki istalgan vaqtda EEOC ko’rsatmalaridan foydalangan holda rasmiy ravishda turar joy so’rashlari mumkin. Agar siz nogiron bo’lsangiz, ish joyingizda biron bir to’siqga duch kelsangiz, menejeringizga yoki HR xodimingizga xabar berishingiz kerak bo’ladi.

 Shunday qilib bugungi Kompyuterlar asrida dasturchi-muhandislar nafaqat sog’lom odamlar uchun, balki imkoniyati cheklangan odamlar uchun ham zamonaviy va foydalanishga oson maxsus dastur hamda ilovalar yatib ularning hayotlarini ancha yengillashtirishyapti.

 Shu kabi IT sohasiga oid nihoyatda dolzarb va qiziqarli texnologik yangiliklarni Ilmiy-texnologik maqolalar (texnokun.uz) sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

Foydalanilgan manbalar:

Mavzuga oid maqolalar