Sun’iy neyron  tarmoqlar nima?

Neyron tarmoqlar sun’iy intellektning asosiy texnologiyalaridan biri hisoblanadi.

Ko’pchilikka tanish bo’lgan neyron tarmoqlarga qanday misollar mavjud?

Hozirda biz neyron tarmoqlarni hayotimizdagi ko’plab narsalarda ko’rishimiz mumkin. Eng mashhur misollardan biri bu sizning smartfoningizdagi kameraning yuzlarni tanib olish qobiliyatidir. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan haydovchisiz avtomobillar ham neyron tarmoqlardan foydalangan holda boshqa transport vositalarini, yo‘l belgilarini va piyodalarni tanib olishga hamda ularning tezligini aniqlab olishga harakat qiladigan bir nechta kameralar bilan jihozlangan. Neyron tarmoqlar matn va elektron pochta kabi xabarlarini yozish paytida ko’rinadigan takliflar orqasida va hatto Internetda mavjud bo’lgan tarjima qilish dasturlarida ham mavjud.

Tarmoq nimanidir tasniflash yoki tanib olishi uchun uni oldindan bilishi kerakmi?

Bu savolning javobi – ha.

Shuning uchun neyron tarmoqlarni oldindan o’qitishda ya’ni unga ma’lumot kiritishda katta ma’lumotlardan foydalanishga ehtiyoj bor. Ular narsalarni tanib olish, tasniflash va bashorat qilish uchun katta hajmdagi ma’lumotlarga o’rgatilganligi uchun ham ishlay oladi.

Haydovchisiz mashinalar misolida ko’radigan bo’lsak, ular ko’chadagi barcha narsalarning millionlab tasvirlari va videolarini ko’rib chiqishi hamda ularning har biri nima ekanligini aytib berishi kerak bo’ladi. Internetni foydalanayotganingizda robot emasligingizni isbotlash uchun piyodalar o‘tish joylari tasvirlarini bosganingizda, u neyron tarmoqni o‘rgatishda ham foydalanish mumkin.

Haydovchisiz harakatlanadigan mashinalar real hayotda piyodalar va piyodalar o’tish joylarini taniy olishlari uchun har xil ko’rinish va turli xil yorug’lik darajasidagi piyodalar o’tish joylarini oldindan ko’rgan hamda bu ularning maxsus xotirasida mavjud bo’lishi kerak. Murakkab neyron tarmoqlar hozirda hatto o’zlarini o’rgatishga ham qodir.

Ba’zi neyron tarmoqlar yangi narsalarni yaratish maqsadida birgalikda ishlashi mumkin. Masalan, ekranni yangilaganingizda tarmoqlar haqiqiy odamlarga tegishli bo’lmagan virtual yuzlarni yaratadi. Bir tarmoq yuz yaratishga harakat qiladi, ikkinchisi esa uning haqiqiy yoki soxta ekanligini aniqlashga harakat qiladi. Ikkinchisi birinchisi yaratgan yuzning soxta ekanligini ayta olmaguncha ular oldinga va orqaga borishadi.

Odamlar ham katta ma’lumotlardan foydalanadilar. Bir kishi soniyada 30 ga yaqin ko’rinish yoki tasvirni idrok etadi, bu esa daqiqa davomida 1800 ta tasvirni va yiliga 600 milliondan ortiq tasvirni anglashiga olib keladi. Shuning uchun ham biz neyron tarmoqlarga o’qitish uchun katta ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyatini berishimiz kerakdir.

Asosiy neyron tarmoq qanday ishlaydi?

Neyron tarmoq bu – dasturiy ta’minotda dasturlashtirilgan sun’iy neyronlar tarmog’idir. U inson miyasiga o’xshashga harakat qiladi, shuning uchun u bizning miyamizdagi neyronlar kabi ko’plab “neyronlar” qatlamlariga ega.

Neyronlarning birinchi qatlami tasvirlar, videolar, tovushlar, matnlar kabi ma’lumotlarni oladi. Ushbu ma’lumotlar barcha qatlamlardan o’tadi, chunki bir qatlamdan o’tgan ma’lumot keyingi qatlamga yuboriladi.

Ushbu tarmoqlar nihoyatda murakkab bo’ladi va olingan ma’lumotlarni tasniflash hamda tanib olish uchun millionlab parametrlardan iborat.

  Neyron tarmoqlarning ko’plab ilovalarini uchratayotganimiz sababi nimada?

Aslida neyron tarmoqlar uzoq vaqt oldin, 1943-yilda Warren McCulloch va Walter Pitts  algoritmlarga asoslangan neyron tarmoqlar uchun hisoblash modelini yaratganlarida ixtiro qilingan.

Keyin g’oya amalda qo’llanilishini uzoq kutishiga to’g’ri keldi, chunki neyron tarmoqlarni qurish uchun zarur bo’lgan ulkan hisoblash resurslari hali mavjud emas edi. So’nggi paytlarda esa bu g’oya grafik ishlov berish birliklari (GPU) kabi ilg’or hisoblash resurslari tufayli keng miqyosda rivojlandi.

Shuning uchun ham biz hozir neyron tarmoqlarning ko’payishini va tarqalishini ko’rmoqdamiz.

Foydalanilgan Manba:

 

Mavzuga oid maqolalar