Shunday qilib, siz HTML, CSS va JS-ni o’zlashtirgansiz, bir nechta veb-saytlar yaratdingiz va hatto kichik dasturchi sifatida ish topdingiz. Endi-chi? Qanday boshlash kerakligi haqida juda ko’p ma’lumotlar bor, lekin siz asosiy narsalarni o’zlashtirganingizdan so’ng, kelajak qorong’i bo’lib qoladi.
Ushbu maqola sizga boshlang’ichdan o’rta dasturchiga o’tishga yordam beradi.
1. Asosiy ma’lumotlarni o’rganing
Uchinchi tomon kodidan foydalanmaslik — boshida qanchalik qiyin bo’lmasin — ilovaning har bir elementi qanday ishlashini aniqlashga yordam beradi. Element tanlash, DOM manipulyatsiyasi va so’rovlarni qayta ishlash kabi narsalar uchun qayta foydalanish mumkin bo’lgan yordam dasturlarini yaratishga e’tibor qaratishingiz kerak bo’ladi. Rivojlanish sekin bo’ladi, lekin maqsad tez ishlash emas, balki “qurilish bloklari” vanil (asosiy) dasturiy ta’minot nimadan iboratligini tushunishdir.
2. DRY tamoyiliga amal qiling
DRY (Don’t Repeat Yourself) – dasturlashning asosiy tamoyillaridan biri.
Ushbu tamoyilga amal qilishni o’zlari uchun muhim qoidaga aylantiradigan dasturchilar vaqt va sifatdan yuqori samaradorlikka erishishlari aniq. Bu qoida sizga kodingizda bir xil vazifani bajaruvchi dastur tanalarini yagona dastur tanasiga birlashtirishni anglatadi. Bir so’z bilan aytganda bir xillliklardan xalos bo’lish demakdir.
3. RegEx andozalarini qo‘llashni o‘rganing
Regular expression (shuningdek, RegEx nomi bilan ham tanilgan) — dasturchining arsenalidagi kuchli vositalar boʻlib, matndagi mos shablonlarni topish uchun ishlatiladi. RegEx andozasi ko’p hollarda qo’llaniladi. Masalan, elektron pochtani tekshirish uchun:
const emailValidatorRegex =
/^[^@\s]+@[^@\s]+\.[^@\s\.]{2,}$/;
const isValid = (email) =>
emailValidatorRegex.test(email);
isValid(“dummyemail@gmail.com”); //
isValid(“dummyemail@email.co”); //
isValid(“dummyemail@gmail.co.in”); //
isValid(“dummyemail@gmail”); //
Matnni formatlash:
const normalFunction = `
function add(x, y) {
return x + y
}
`;
const formattedFunctionRegex =
/function\s*(\w+)\s*\(([^\)]+)\)/g;
const arrowFunction = normalFunction.replace(
formattedFunctionRegex,
“const $1 = ($2) =>”
);
console.log(arrowFunction);
Va hatto HTML tahlili:
const markup = `
<html>
<body>
<h1>Shopping List</h1>
<h2>Produce</h2>
<ul>
<li>Celery</li>
<li>Apples</li>
</ul>
<h2>Frozen</h2>
<ul>
<li>Ice Cream</li>
<li>Hot Pockets</li>
</ul>
</body>
</html>
`;
const listParser = /(?<=<li>)(\w|\s)+(?=<\/li>)/gm;
const shoppingList = markup.match(listParser);
console.log(shoppingList);
4. Yangi yondashuvlarni sinab ko’ring
Texnologiya doimo o’zgarib turadi. Oddiy bir haqiqatni qabul qilish kerak: bugungi kunda bitta usul ishonchli ko’rinsa ham (chunki siz undan ko’p marta foydalangansiz), ertaga yangi va samaraliroq yondashuv paydo bo’lishi mumkin. Hamkasblarning fikrlarini tinglash arziydi, lekin tan olish kerakki, ko’plab ishlab chiquvchilar o’zlarining usullari — eng yaxshisi ekanligiga ishonish tuzog’iga tushib qolishadi. Har bir usul o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Har bir loyihaning o’ziga xos texnik talablari bor va siz ularni faqat ma’lum bo’lgan yechimlarga rioya qilish emas, balki hisobga olishingiz kerak.
5. Belgilangan muddatga amal qiling
Qanday bo’lmasin, o’z vaqtida loyihani amalga oshirish kerak. Agar siz havaskor dasturchi bo’lmasangiz, albatta sizda mijozlar, muddatlar va byudjetlar bo’ladi !
Middle dasturchi bo’lish uchun sizga nafaqat ma’lum vakolatlar, balki mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga tayyorlik, shuningdek, ajratilgan vaqt ichida hamma narsani qilish ishtiyoqi kerak. Agar siz dunyo ko’rgan eng yaxshi veb-saytni yaratsangiz, lekin uni bir oyga kechiktirsangiz, bu sizning martabangizga yomon ta’sir qiladi.
Katta dasturchilar yaxshi pul topishadi, chunki ularga ishonish mumkin. Ular nafaqat muammolarni tezroq hal qilishadi va ko’p narsani bilishadi, balki loyihalarni o’z vaqtida yetkazib berishga qodir. Ular qanday texnologiyalar va yondashuvlar loyihaning texnik talablariga javob berishini tushunishadi va uni murakkablashtirmaydi.
6. Amaliyot
Texnologik landshaft doimo o’zgarib turadi, lekin har bir yangi chiqqan framework’ni (Framework – bu dasturiy ta’minot tizimining tuzilishini belgilaydigan dasturiy ta’minot platformasi) darrov o’rganishga kirishmang.
Asosiy ko’nikmalarni bilgan pand yemaydi. Aytaylik, siz React dasturchisi bo’lmoqchisiz. Ehtimol, hozir React-ni o’rganish ekotizimga tezroq kirishingizga yordam beradi, ammo JavaScript (React asoslari) ga e’tibor bermaslik kelajakda sizni cheklab qo’yishi mumkin. Barkamol dasturchi bo’lish uchun yillar kerak bo’ladi. Qanchalik ko’p bilsangiz, shunchalik ko’p narsa bilmasligingizni tushunasiz. Doim, lekin sabrli bo’ling. Mustahkam poydevor qo’ying va kelajakda muammolar bo’lmaydi!
7. Vaqtida dam oling.
Ish bilan ovvora bo’lib, o’zingiz uchun vaqt ajratishni ham unutmang. Ish yukiga qaramay, orzuingizdagi loyihani yaratishga vaqt ajratish muhimdir. Ko’pincha biz kundalik hayotga shunchalik sho’ng’ib ketamizki, bizni dasturlash bilan shug’ullanishga majbur qilib, yuragimizda aynan nima olov yoqqanini unutamiz. Bundan tashqari, siz vaqti-vaqti bilan tanaffus qilishingiz kerak. Agar siz kechayu kunduz kod yozsangiz, tezda zerikasiz va unumdorlik keskin pasayadi!
Eng ko’p o’qilgan maqolalar