Bulutli Arxitektura (Cloud architecture) Nima?

Ko’pincha biz Internet tarmoqlarida informatika yoki kompyuterlar to’g’risida qandaydir ma’lumotlar qidirayotganimizda ba’zan Cloud so’ziga duch kelamiz. Ammo u aslida qanday ma’noni bildirishi yoki qanday vazifani bajarishini bilmasligimiz mumkin. Bu maqola esa sizga “Bulut” ning tuzilishi va qaysi maqsadlarda ishlatish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot beradi.

Bulutli arxitektura – bu texnologiya komponentlarining bulutni yaratish uchun birlashtirish usuli bo’lib, unda resurslar virtualizatsiya texnologiyasi orqali birlashtiriladi va tarmoq bo’ylab taqsimlanadi.

Bulut arxitekturasining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

  • Frontend platformasi (bulutga kirish uchun foydalaniladigan mijoz yoki qurilma)
  • Back-end platformasi (serverlar va saqlash)
  • Bulutga asoslangan yetkazib berish modeli
  • Tarmoq

Bu texnologiyalar birgalikda bulutli hisoblash arxitekturasini yaratadi. Bu jarayonda ilovalar ishlay oladi va foydalanuvchilarga bulut resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Bulutli arxitektura qatlamlari

Bulutli arxitektura qanday ishlashini tushunishning eng sodda usuli bu barcha tarkibiy qismlarni bulutli platformani yaratish uchun mo’ljallangan va bir-birining ustiga joylashtirilgan turli qatlamlar deb tasavvur qilishdir.

Bulut arxitekturasining asosiy qatlamlari:

Uskuna: bulutni quvvatlaydigan serverlar, saqlash, tarmoq qurilmalari va boshqa jihozlar kiradi.

Virtualizatsiya: jismoniy hisoblash va saqlash resurslarining virtual ko’rinishini yaratadigan abstraktsiya qatlami. Bu bir nechta dasturlarga bir xil manbalardan foydalanishga imkon beradi.

Ilova va xizmat: ushbu qatlam frontend foydalanuvchi interfeysidan so’rovlarni muvofiqlashtiradi va qo’llab-quvvatlaydi, bulutli xizmat modeli asosida turli xil xizmatlarni taklif qiladi: resurslarni taqsimlashdan tortib dasturlarni ishlab chiqish vositalari va veb-dasturlarga qadar.

Bulut arxitekturasining afzalliklari nimada?

  • Bulutli hisoblash arxitekturasi ma’lum bir tashkilotlarda lokal server, saqlash va tarmoq infratuzilmalariga bo’lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin.
  • Bulut arxitekturasini qabul qiluvchi tashkilotlar ko’pincha IT resurslarini umumiy bulutga o’tkazadi, bu esa mahalliy serverlar va saqlashga bo’lgan ehtiyojni kamaytiradi.
  • Kapital xarajatlardan operatsion xarajatlarga o’tish bugungi kunda bulutli hisoblashning mashhurligining asosiy sababidir.

Tashkilotlarni Bulutdan foydalanishlariga sabab bo’luvchi Bulut arxitekturasining uchta asosiy modeli mavjud. Ularning har biri o’z afzalliklari va asosiy xususiyatlariga egadir:

  1. Xizmat sifatida dasturiy ta’minot (SaaS): SaaS arxitektura provayderlari ilovalar va dasturiy ta’minotni Internet orqali tashkilotlarga yetkazib beradi va ularga xizmat ko’rsatadi. Shu orqali oxirgi foydalanuvchilarning dasturiy ta’minotni mahalliy sifatida joylashtirish zaruriyatini yo’q qiladi. SaaS ilovalariga odatda turli xil qurilmalar va operatsion tizimlardan foydalanish mumkin bo’lgan veb-interfeys orqali kirish mumkin.
  2. Xizmat sifatida Platforma (PaaS): Ushbu bulut modelida xizmat ko’rsatuvchi provayder xizmat sifatida hisoblash platformasi va yechimlar to’plamini, ko’pincha o’rta dasturni o’z ichiga olgan holda taklif qiladi. Tashkilotlar ilova yoki xizmat yaratish uchun ushbu platformaga asoslanishlari mumkin. Bulutli xizmat ko’rsatuvchi provayder dasturni joylashtirish uchun zarur bo’lgan tarmoqlar, serverlar va xotirani yetkazib beradi, foydalanuvchi esa dasturiy ta’minotni joylashtirish va konfiguratsiya sozlamalarini nazorat qiladi.
  3. Xizmat sifatida Infratuzilma (IaaS): Bunda bulut eng oddiy shaklda, uchinchi tomon provayderi tashkilotlarga kerakli infratuzilmani taqdim etish orqali serverlar, tarmoqlar yoki saqlash moslamalarini sotib olish zaruratini yo’q qiladi. O’z navbatida, tashkilotlar o’zlarining dasturiy ta’minoti va ilovalarini boshqaradilar va faqat istalgan vaqtda kerakli quvvatni to’laydilar.

Bulutli arxitektura qanday ishlaydi?

Odatda ikkita bir xil bulut bo’lmasa-da, bulutli arxitekturaning bir qancha umumiy modellari mavjud. Bularga ommaviy, xususiy, gibrid va koʻp bulutli arxitekturalar kiradi. Quyida ular o’rtasidagi tafovutlar bilan tanishishingiz mumkin:

Ommaviy bulut arxitekturasi: Ommaviy bulut arxitekturasida hisoblash resurslari bulut xizmatlari provayderiga tegishli bo’ladi. Ushbu resurslar Internet orqali bir nechta ijarachilarga taqsimlanadi. Ommaviy bulutning afzalliklari biroz kamaytirilgan operatsion xarajatlarini, oson kengaytirilishini va bir qancha texnik xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi.

Xususiy bulut arxitekturasi: Xususiy bulut odatda kompaniyaning shaxsiy maʼlumotlar markaziga tegishli boʻlgan va xususiy ravishda boshqariladigan bulutga ishora qiladi. Odatda u ommaviy bulutli yechimlarga qaraganda qimmatroq bo’lsa-da, xususiy bulut arxitekturasi ko’proq moslashuvchan hamda ma’lumotlar xavfsizligi va muvofiqligi uchun qat’iy variantlarni taklif qila oladi.

Gibrid bulutli arxitektura: Gibrid bulutli muhit ommaviy bulutning ishlash samaradorligini va shaxsiy bulutning maʼlumotlar xavfsizligi imkoniyatlarini o’zida birlashtiradi. Ham ommaviy, ham xususiy bulut arxitekturasidan foydalangan holda, gibrid bulutlar IT resurslarini birlashtirishga yordam beradi.

Ko’p bulutli arxitektura: Ko’p bulutli arxitektura – bu bir nechta ommaviy bulut xizmatlaridan foydalanadigan arxitekturadir. Ko’p bulutning afzalliklari orasidan turli xil tashkiliy talablarni qondirishga qaratilgan bulut xizmatlarini tanlash va joylashtirish uchun ko’proq moslashuvchanlikni misol keltirish mumkin. Yana bir afzallik – bu ko’proq xarajatlarni tejash va sotuvchini blokirovka qilish ehtimolini kamaytirishga mo’ljallangan harakatlar hisoblanadi.

Bulutli arxitekturaning eng foydali xususiyatlari nimalar?

Oldindan rejalashtirish: Birinchi navbatda bulut arxitekturasini loyihalashtirayotganingizda unga bo’lgan ehtiyojni tushunishga harkat qiling. Tashkilotlar arxitekturani yaratishni boshlaganingizda, ishlab chiqarishda kutilmagan nosozliklarni boshdan kechirmaslik uchun ishlashni doimiy ravishda sinovdan o’tkazing.

Birinchi navbatda xavfsizlik: Maʼlumotlarni shifrlash, maxsus qatlamlarni boshqarish va qatʼiy siyosatlar o’rnatish yordamida bulut infratuzilmasidagi barcha qatlamlarni himoya qilish orqali ularni hakerlar va ruxsatsiz foydalanuvchilardan himoya qiling.

Favqulodda vaziyatlarda tiklanishni ta’minlang: Kutilmagan uzilishlardan qochish va xizmat ko’rsatishdagi uzilishlar yuz berganda tezda tiklanishni ta’minlash uchun tiklash jarayonlarini avtomatlashtiring.

Ishlashni maksimal darajada oshiring: Biznes talablari va texnologiya ehtiyojlarini doimiy ravishda kuzatib borish orqali to’g’ri hisoblash resurslaridan foydalaning va boshqaring.

Xarajatlarni qisqartirish: Keraksiz bulutli hisoblash xarajatlarini bartaraf qilish uchun avtomatlashtirilgan jarayonlar, boshqarila olinadigan xizmat ko’rsatuvchi provayderlar va foydalanishni kuzatish imkoniyatlaridan foydalaning.

Tegishli mahsulotlar va xizmatlar

Bulutli arxitektura-bu bulutga ko’chishni rejalashtirayotganda muhokama qilinishi kerak bo’lgan muhim mavzu. Yaxshi ishlangan arxitektura bulutning haqiqiy biznes qiymatini ochishga yordam beradi, masalan, past operatsion xarajatlar, yuqori darajadagi dastur ishlashi va foydalanuvchilar tajribasi.

Muvaffaqiyatga erishish uchun siz arxitekturangizning turli xil elementlarini, shu jumladan tizim dizayni, operatsiyalar, ishonchlilik, xarajat va ishlashni optimallashtirishni, xavfsizlik, maxfiylik va muvofiqlik talablarini qondirishning eng yaxshi usullarini ko’rib chiqishingiz kerak.

Google Cloud sizning tashkilotingizning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qo’llab-quvvatlaydigan bulutli arxitekturalarni yaratish uchun kerak bo’lgan hamma narsani taqdim etadi: ochiq bulutli texnologiyalar va xizmatlardan tortib, tajribali mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan dizayn ko’rsatmalari va eng yaxshi amaliyotlarga qadar.

Foydalanilgan manba: What is Cloud Architecture? | VMware Glossary

Mavzuga oid maqolalar