Android ilovalari va dasturlarni kompyuteringizdan turib yanada qulay boshqarishga muvaffaq bo’ling!
Bugungi texnologiyalar asrida Android emulyatorlari hayratlanarli darajada mashhurlikka erishgan. Kompyuteringiz orqali mobil dasturlardan foydalanish juda ko’p afzallik va qulayliklarga ega bo’lib bormoqda. Boshqarish uchun sichqoncha va klaviaturadan bemalol foydalanishingiz va telefoningiz batareyasini ko’p yo’qotmasdan ilovalaringizda bemalol ishlashingiz ham mumkin. Ko’pchilik uddaburon odamlar mobil ilovalardan aynan xuddi shu sababdan foydalanishyapti. Hozirda kompyuter va Mac uchun eng yaxshi Android emulyatorlarini juda ko’p va quyida siz ularning ba’zilari bilan tanishish imkoniga ega bo’lasiz. Ammo ularning ayni vaqtdagi ro’yxati avvalgi paytlardagidan biroz qisqaroq. Buning sababi esa ko’pgina yirik raqobatchilarning biznesdan chiqib ketishganidadir.
Kompyuter va Mac uchun eng yaxshi Android emulyatorlar
- BlueStacks
- MeMU Play
- Android Studio
- ARChon
- Bliss OS va yana boshqalar.
Nega odamlar emulyatordan foydalanadilar?
Bu savolning javobi juda oddiy. Android emulyatoridan odatda asosiy uchta sababga ko’ra foydalanishadi. Ulardan birinchisi – Kompyuterdagi mobil ilovalardan foydalanganingizda siz kattaroq ekrandan foydalanasiz va undagi narsalarni osonroq koʻrish imkoniga ega bo’lasiz. Bundan tashqari, sichqoncha va klaviaturadan foydalanish ko’p narsani biroz bo’lsa ham osonlashtiradi. Shuningdek sizning kompyuteringiz odatda elektr tarmog‘iga bog’langan bo’ladi va sizga turli xil ilovalardan foydalanayotganingizda cheksiz batareya quvvatini taqdim etadi, holbuki telefoningiz elektr tarmog‘iga ulangan holda Internet orqali ishlovchi dastur va ilovalarda ishlaganingizda qizib ketishi mumkin.
Ikkinchi eng ko’p uchraydigan foydalanish holatlari bu – ilovalarni rivojlantirishdir. Rivojlanishga yo’naltirilgan emulyatorlar odatda IDEni emulyator bilan birlashtiradi, shunda ishlab chiqaruvchilar o’z ilovalarini kodlashlari, uni emulyatorda ishga tushirishlari va kerak bo’lganda esa yuz berishi mumkin bo’lgan xatolarni tuzatishlari mumkin. Android Studio bu yerda barcha raqobatchilarni yengib chiqishi shubhasiz. U Android Virtual Device (AVD) vazifasidan foydalanadi va bu esa ishlab chiqaruvchilarga muayyan qurilmalarni emulyatsiya qilish imkonini beradi. Bu holat ishlab chiqaruvchilarga ishga tushirishdan oldin keng ko’lamli qurilmalarda test o’tkazishga yordam beradi va kamroq xatolar bo’lishiga ko’mak beradi.
Oxirgi uchinchi foydalanish – mahsuldorlikdir. Bu kamroq tarqalgan shakl hisoblanadi, chunki ko’pchilik mobil mahsuldorlik vositalari allaqachon kompyuter yoki Macda mavjud. Bundan tashqari, Chromebooklar emulyatorlarga qaraganda arzonroq va Android ilovalarini ishga tushirishda ancha yaxshiroq. Shuningdek ba’zi mobil ilovalardan foydalanish ularini shaxsiy kompyuterlarda foydalanishga qaraganda biroz osonroq.
BlueStacks
BlueStacks ko’plab foydalanuvchilar tomonidan bozordagi eng keng qamrovli Android ilovasi sifatida tanilgan va albatta, buning sababi mavjud. Windows va Macda ishlashdan tashqari, ushbu emulyator o’yinchining tajribasini yaxshilash uchun ko’plab jihatlarni o’z ichiga oladi. Uning eng ommabop xususiyatlariga moslashtirilgan maxsus boshqaruv sxemalarini yaratish uchun Keymapping Tool, emulyatorning bir nechta nusxalarini yaratish va bir vaqtning o’zida bir nechta o’yinlarni ishlatishingizga yordam berishi mumkin bo’lgan Instance Manager va resurslar sarfini kamaytirishga yordam beradigan Eco Mode kabi sifatni ancha yaxshilovchi xususiyatlari kiradi.
Shuningdek ular GDPR muvofiqligi bilan sertifikatlangan eng xavfsiz emulyator hisoblanib, maʼlumotlaringiz ular bilan doimo xavfsiz bo’ladi. Eng so’nggi dastur sanaladigan BlueStacks 5 emulyatorning eng yengil va eng tezkor turi bo’lib, hatto past darajadagi qurilmalarda ham yuqori unumdorlikdagi dasturlarni taqdim etishi mumkin.
MeMU Play
MeMU Play – bu ro’yxatdagi unchalik ham yangi bo’lmagan eski emulyatorlardan biri hisoblanadi. Biroq shu yillar davomida jadal rivojlanish uni dolzarbligini saqlab qolishiga sabab bo’ldi va bu siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi Android emulyatorlaridan biridir. Sozlamalar menyusiga ko’ra Android 7.1.2 operatsion tizimida ishlaydi, shuning uchun ham u Androidning nisbatan yangi versiyasidir. O’rnatish ancha tez va muammosizligi MeMU Playning afzalliklaridan biri hisoblanadi.
Android Studio
Android Studio ilova ishlab chiqaruvchilari uchun eng yaxshi variant bo’la oladi. Texnik jihatdan Android Studio bu IDE hisoblanadi. U Android Virtual Device vazifasi orqali emulyator bilan birga bo’ladi. Siz odatda o’zingiz xohlagan har qanday qurilmani yaratishingiz va undan ilovangizni sinab ko’rish uchun foydalanishingiz mumkin. Oddiy odamlar ham bundan emulyatorlardan samarali foydalanishlari mumkin va uni sozlab olgandan keyin foydalanish unumdorligi deyarli yomon bo’lmaydi.
Avvaliga sozlash biroz murakkab bo’ladi va hamma narsani ishlatish bir yoki ikki hafta o’rganishni talab qilishi ham mumkin. Biroq, undan keyin bu mustahkam ishonchli jarayon bo’lib, ko’plab ishlab chiqaruvchilar undan har kuni foydalanadigan ilovalarni yaratish uchun foydalanishlari mumkin bo’ladi. Bu shuningdek Androidning so’nggi turlarini ishga tushirishga qodir bo’lgan kam sonli emulyatorlardan biri hisoblanadi. U Play Store bilan birga keladi, lekin undan foydalanish uchun siz Play Store belgisi bilan AVD yaratishingiz kerak bo’ladi.
ARChon
ARChon – bu Google Chrome brauzeri bilan birgalikda ishlaydigan qattiq psevdo-emulyator. Shubhasiz, bu ARChondan foydalanish uchun sizga Google Chrome kerak degan ma’noni bildiradi. ARChonni o’rnatish jarayoni asosan Chrome brauzerida ishlab chiquvchi sozlamalari yoqilgan kengaytmani o’rnatishdan iborat bo’ladi, ammo ilovalarni ishga tushirish biroz murakkabroq jarayon. Bunda foydalanish uchun APKlarni o’zgartirish uchun vositadan foydalanishingiz kerak. ARChonning yaxshi tomoni shundaki, u Google Chrome bilan har qanday operatsion tizimda, shu jumladan Linuxda ham ishlaydi.
Bliss OS
Bliss OS ushbu ro’yxatda birinchi marta paydo bo’lganidan buyon ancha uzoq yo’lni bosib o’tgan. U eng yaxshi emulyatorlardan biri hisoblanadi. Uni ishlatishning uch xil usuli mavjud. Birinchisi, flesh-diskdan yuklash uchun jonli yuklash turi bo’lib, ikkinchisi, siz uni shaxsiy kompyuteringizga bo’lim sifatida o’rnatishingiz va to’g’ridan-to’g’ri Bliss OSga yuklashingiz mumkin. Suningdek uni virtual mashina orqali ham o’rnatishingiz mumkin.
Blissning bir nechta foydali jihatlari mavjud, masalan, u roʻyxatdagi koʻpgina emulyatorlarga qaraganda yangiroq sanaladi. Bu sizga eng so’nggi formatdagi ilovalarning barchasini bo’lmasa ham, ko’pchiligidan foydalanishga imkon beradi.
Boshqacha qilib aytganda, agar siz bu dasturni o’rnatgan bo’lsangiz, Bliss juda ko’p qirrali variant ekanligiga amin bo’lasiz. U ko’p hollarda yaxshi ishlaydi, lekin ba’zan kichik nuqsonlar bo’lishi mumkin. U holda unda yetishmayotgan yagona narsa – bu Nox, Bluestacks va boshqalar kabi raqobatchilarning foydalanuvchilarga yo’naltirilgan xususiyatlari bo’ladi, ammo bu unchalik katta muammo emas. Agar xohlasangiz, u ixtiyoriy ravishda Google ilovalari bilan birga kelishi mumkin. Bliss bepul va ochiq manbadir va bu ko’pchilik foydalanuvchilarga juda yoqadi.
Foydalanilgan manba:
https://www.androidauthority.com/best-android-emulators-for-pc-655308/
Eng ko’p o’qilgan maqolalar